MAKTABLARDA "DAVOMAT" TADBIRI OʻTKAZILDI
Amudaryo tumanida umumtaʼlim maktablarda taʼlim-tarbiya olayotgan voyaga yetmagan oʻquvchilarning Oʻquvchi-yoshlarning nazoratsiz qolishi va sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida «Davomat» tadbiri oʻtkazildi. Ushbu nazorat tadbirlari davomida maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilar bilan dars jarayonida oʻqishga bormasdan bemaqsad yurgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, ularni oʻqishga qaytarish va davomatni yaxshilash masalalari yuzasidan suhbatlashildi.
Oʻrtaqalʼa ovulidagi 64-sonli maktab va Arnaboʻyi mahallasidagi 27-sonli maktablarda ham voyaga yetmaganlar bilan suhbatlar oʻtkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, maktab ichki tartib-qoidalari, uyali telefon, yaʼni ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish kabilar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida taʼlim muassasalarining 9-11-sinf oʻquvchilari dars mashgʻulotlariga qatnashish jarayonlari tekshirilib, maktabga kelmagan oʻquvchilarning sabablari oʻrganildi. Tegishli tartibda bir qator oʻquvchilarning smartfonlarida taqiqlangan materiallar, pornografik mazmunga oʻxshash foto va video lavhalar mavjud yoki mavjud emasligi tekshirildi.
Har bir maktabga shu hududga biriktirilgan inspektor-psixolog haqidagi maʼlumotlar qayd etilgan peshlavhalar, oʻquvchilarga esa vizitkalar tarqatildi.
N.Erdosheva, tuman IIB JXX HPB VEMB
inspektor-psixologi, leytenant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶