30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 17:09
Jamiyat 👁 274

«XAVFSIZ TUN» TEZKOR-PROFILAKTIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

«XAVFSIZ TUN» TEZKOR-PROFILAKTIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Amudaryo tumanida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida «Xavfsiz tun» tezkor va profilaktik tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.
9-oktyabrdan 10-oktyabrga oʻtar kechasi tungi vaqt davomida tuman hududida boʻlib oʻtgan navbatdagi tadbirda tuman Ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektorlari, Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi, prokuratura, Qoʻriqlash boʻlimi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi,  Tibbiyot birlashmasi xodimlari, fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari jalb etildi.
Tuman hokimligi binosi oldida dastlab tegishli topshiriqlarni belgilab olish va xizmat oldi yoʻriqnomasi  berish uchun oʻtkazilgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat katta prokurori Abdurahmon Abdullayev, tuman prokurori Aziz Roʻzmetov, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamoladdin Yusupov va boshqa masʼullar qatnashishdi. Yigʻilishni tuman Ichki ishlar boʻlim boshligʻi Jamoliddin Yusupov kirish soʻzi bilan ochib berdi va muhtaram Prezidentimizning 2021-yil 29-noyabr kungi “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha qisqacha toʻxtaldi. Ushbu Farmonning ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika miqyosida “Xavfsiz tun” tadbirlari oʻtkazilayotgani, barcha huquq-tartibot idoralarining jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi hamkorligi oʻz samarasini berishini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, fuqarolar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda tungi vaqtlarda jamoat joyi va turli koʻngilochar maskanlarda jamoat tartibini saqlash boʻyicha hamkorlikdagi yangi amaliyot uslublarining amaliy ijrosi samara berayotganligi taʼkidlanib, bu boradagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Reyd davomida tadbirga jalb etilgan xodimlar tomonidan tuman hududidagi jinoyat sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlar oʻrganildi. Jamoat joylarida piyodalar, avtotransport vositalarining harakat xavfsizligi qoidalariga amal qilishi nazorat qilindi, probatsiya nazoratidagi shaxslarning oʻrnatilgan cheklovlarga rioya etishi tekshirildi. Shuningdek, tungi vaqtdagi Ichki ishlar va Qoʻriqlash boʻlimlarining tezkor harakatlanuvchi guruhlarining shaylik holati, mahallalardagi tayanch punktlari faoliyati, ularda tungi navbatchilikni tashkil etilganligi, aholi murojaatlarining qabul qilinishi, tezkor chora-tadbirlar koʻrilishi, jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hamkorlikdagi ishlarning amaliy ijrosi oʻrganildi.
Undan tashqari, tungi vaqtlarda yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbat oʻtkazilib, ushbu fuqarolarni shaxsiga oydinlik kiritildi. Spirtli ichimlik isteʼmol qilgan, bemaqsad yurgan fuqarolar tuman Ichki ishlar boʻlimiga olib kelindi va ularning shaxsi aniqlanib, tezkor-profilaktik suhbatdan oʻtkazildi. Ular huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmasliklari toʻgʻrisida rasman ogohlantirildi.
Tadbir davomida umumiy ovqatlanish shoxobchalari, tumandagi istirohat bogʻi, korxona-tashkilotlar, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obʼektlari tekshirildi. Tungi vaqtlarda ishlayotgan turli obʼektlar va ularda faoliyat olib borayotgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.
Reyd tadbiriga jalb etilgan xodimlar tomonidan aniqlangan holatlar oʻrganilib, tegishli choralar koʻrildi. Tuman hududida huquqbuzarlik va jinoyatlar, transport yoʻllarida turli xavfli hodisalar sodir etilishining oldini olish, aholining tinchlik-osoyishtaligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etayotgan bu kabi tadbirlarni kelgusida kengroq miqyosda, hamkor tashkilotlarni jalb etgan holda oʻtkazishga kelishib olindi.


Ilhom Abutov, tuman IIB HPB boshligʻi, podpolkovnik.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026