30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 16:08
Jamiyat 👁 237

“BESh MUHIM TAShABBUS – YoShLARGA QANOT” GRANT LOYIHASI DOIRASIDA “KITOBLAR KARVONI” TADBIRI TAShKIL ETILDI

“BESh MUHIM TAShABBUS – YoShLARGA QANOT” GRANT LOYIHASI DOIRASIDA “KITOBLAR KARVONI” TADBIRI TAShKIL ETILDI

Mamlakatimizda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning alohida iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida Prezidentimiz belgilab bergan besh muhim tashabbus doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar tobora keng qamrov kasb etmoqda. Ayniqsa, nogironligi boʻlgan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan turli xil mavzulardagi koʻngilochar tadbirlar, uchrashuvlar, ijodiy koʻrik-tanlovlar, kitobxonlik kechalari joylarda koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda. “Mening oilam” gazetasi tahririyati tomonidan oʻtkazilayotgan “Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” mavzusidagi grant-loyihasi doirasidagi nogironligi boʻlgan yoshlarni qoʻllib-quvvatlash, yoshlar orasida “besh tashabbus” tamoyillarini keng joriy etish va ularni ijtimoiy-maʼnaviy yuksaltirishga xizmat qiluvchi tadbirlar oʻzining mazmun-mohiyati bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 11-oktyabr sanasida Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 31-sonli maktabda ham oʻtkazildi.

“Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” va “Besh tashabbus – besh imkoniyat” mavzularidagi grant loyihasi doirasida “Jayxun ilhomlari” NNT va “Mening oilam” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi hamkorligida tashkillashtirilgan “Kitoblar karvoni” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirida 31-sonli maktab oʻqituvchilari, kitobxon oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Dilbar Oʻrozaliyeva ochdi va “Kitoblar karvoni” tadbirini tashkil etib, oʻquvchi-yoshlarga maʼnaviy oziq ulashishni niyat qilgan loyiha ijodkorlariga minnatdorchilik bildirdi.

Mazkur taʼlim muassasasida ayni paytda 482 nafar oʻquvchi zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya olishadi. maktabda 1150ta kitob jamgʻarmasiga ega kutubxona mavjud boʻlib, oʻquvchilarning oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlar boʻyicha qoʻshimcha ilmiy-nazariy va badiiy adabiyotlarni tanlab oʻqishlarida 61 nafar pedagoglar jamoasi hamisha bosh-qosh, yaqin maslahatgoʻy.

“Kitoblar karvoni” tadbirida “Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” grant loyihasi ijodkorlaridan biri Robiya Yoʻldosheva yoshlar kitobxonligini rivojlantirish maqsadida “Mening oilam” gazetasi tahririyati tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar xususida batafsil toʻxtaldi. Shu bilan birga kitob mutolaasining yoshlar kamolotidagi oʻrni haqida soʻz yuritib, “Jayxun ilhomlari” NNT kutubxonasining boy kitob jamgʻarmasi, hozirgi zamon oʻzbek adabiyoti va mumtoz adabiyot namoyondalarining mashhur asarlaridan iqtiboslar keltirib, yoshlarni kitob oʻqishga, shu orqali maʼnaviy yetuklikka davʼat etdi.

Tadbir davomida “Kitoblar karvoni” tadbirining hamkori, “Besh tashabbus – besh imkoniyat” loyihasi koordinatori, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi, shoir Oʻrozali Reyimov yangi kitoblar koʻrgazmasini tashkil etdi va mustaqillik yillarida oʻzbek yozuvchi va shoirlari ijod qilgan asarlar taqdimotini oʻtkazdi. Oʻquvchi-yoshlar yangi asarlar taqdimotida katta qiziqish bilan ishtirok etdilar. Shu bilan birgalikda “Jayxun ilhomlari” NNT kutubxonasiga aʼzo boʻlish istagini bildirdilar.

Yangi kitoblar bilan tanishish orqali qalblarida ushbu asarlarni mutolaa qilish istagi uygʻongan oʻquvchi-yoshlar oʻzlari oʻqigan badiiy asarlar haqida bir-biri bilan fikr almashdilar, oʻqigan kitoblaridan olgan taassurotlari haqida soʻzlab berdilar, taniqli shoirlarning sheʼrlarini yoddan, ifodali aytishib, tadbir ishtirokchilarini xursand qildilar.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026