15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 10:18
Jamiyat 👁 199

MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLINING ISh KUNLARI

MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLINING ISh KUNLARI

Sayyoraxon har kuni mahalla koʻchalarini oralab  ishga otlanarkan, Prezidentimizning: “...Mahalla xotin-qizlar faoli – mahallaning qosh-u koʻzlari, ayol-qizlarimizning suyanchigʻi boʻlishlari kerak”, degan soʻzlarini eslaydi. Qilayotgan ishlari, xotin-qizlar hayotiga qandaydir  yengillik olib kirish borasidagi intilishlari natijasi oʻlaroq, mahalla ayol-qizlari turmush tarzida yuz berayotgan oʻzgarishlarni bir-bir koʻz oldidan oʻtkazadi. Biridan koʻngli toʻlib, yana birlarining chala qolayotganidan bezovta, yangi rejalar tuzadi va dadillik bilan rejalari roʻyobi uchun ishga shoʻngʻiydi.

Asli kasbi oʻqituvchi boʻlgan Sayyora Qoraboyeva 2019-yilda Farovon mahalla fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar faoli sifatida faoliyatini boshlagunga qadar, 31-sonli maktabda oʻquvchilarga ona tili va adabiyot fanidan saboq berdi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan Sayyora Qoraboyeva uchun oʻquvchi-yoshlar, hamkasblari, ota-onalar bilan birga ishlashish ulkan hayotiy tajriba maktabi boʻldi. Shundanmi, Farovon mahallasi xotin-qizlar faoli sifatida ish boshlaganida xalq bilan muloqot borasida aslo qiynalmadi, mahoratli pedagog sifatidagi koʻp yillik tajribasi uning mahalla ahli bilan til topishib ketishida muhim omil boʻldi.

Mahallaning oʻziga xos ijtimoiy-maʼnaviy, madaniy-iqtisodiy hayoti bilan tanishish asnosida Sayyoraning yon daftarida har kuni yangi-yangi qaydlar paydo boʻldi. Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va MFY Kengashi aʼzolari bilan hamkorlikda oʻz faoliyatini xonadonbay ishlashdan boshlagan Sayyoraning  yon daftarida 1261 nafar ayol-qizlar, ularning turmush tarzlariga oid yechimini kutayotgan muammolar yuzasidan aniq maʼlumotlar shakllandi. Unga koʻra, eng avvalo maʼlum sabablar bilan uylarida oʻtirib qolgan, lekin ishlash istagida boʻlgan ayollarning bandligini taʼminlash maqsadida ular bilan alohida suhbatlar oʻtkazdi. Mahallada faoliyat olib boruvchi hokim yordamchisi Muqaddas Beknazarova bilan hamkorlikda ishsiz xotin-qizlarning oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun har birining imkoniyatlaridan kelib chiqib, imtiyozli kredit olishlari uchun zarur choralar koʻrildi.

Xususan, 18 nafar ayol-qizlarning turli yoʻnalishlarda tadbirkorlik bilan shugʻullanishlariga koʻmaklashish maqsadida biznes-gʻoyalari toʻliq oʻrganilib, imtiyozli kreditlar olib berildi. Bundan tashqari, 11 nafar  ishsiz ayollar jamoat ishlariga jalb etildi.

Agar oilada ayol-qizlar tinch va xotirjam  boʻlsa, jamiyat hayotida hamisha osoyishtalik va farovonlik boʻladi. Shuning uchun ham Sayyora Qoraboyeva xonadonma-xonadon yurib, xalq orasiga kirib borgan sari jamiyatda osoyishtalik hukm surishi uchun eng avvalo oila muhiti sogʻlom, ayol-qizlar koʻngli xotirjam, oʻz hayotidan rozi yashashi zarurligini, buning uchun har bir ayol-qizning  ijtimoiy faolligini oshirish bugungi davr talabi ekanligini chuqur  anglagan holda ish yuritdi.

Natijada 2023-yilda 4-bosqich “Ayollar daftari”ga 71 nafar xotin-qizlar kiritildi. Jiddiy oʻrganishlar natijasida 18 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar daftarning 1-toifasiga kiritilib, ularning barchasining bandligi taʼminlandi. Hokim yordamchisi bilan doimiy hamkorlik natijasida 3 nafar ishsiz, ehtiyojmand ayolga subsidiya asosida issiqxona qurib berildi.

Oddiy ish kunlarining birida xonadonbay yurib, ayol-qizlar bilan muloqotda boʻlgan Sayyora Qoraboyevaga umumtaʼlim maktabini tugatib, OTMga oʻqishga kira olmagan 3 nafar qiz murojaat qilishdi. Ularning murojaatlarini yon daftariga qayd qilib qoʻygan Sayyoraxon hokim yordamchisi bilan hamkorlikda uchala qizga ham tikuv mashinasi olib berilishida koʻmaklashdi. Natijada mahallaning uch nafar chevar qizi oʻzlarining chevarlik faoliyatini boshlab yuborishdi.

“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan 9 nafar xotin-qizlarning istak-xohishlari ham inobatga olinib, kasb-hunarga oʻqitildi, 5 nafar kasb-korga ega ayol-qizlar esa doimiy ishga joylashtirildi.

Mahalladagi nogironligi boʻlgan va boquvchisini yoʻqotgan ayollar holidan xabar olish, ular hayotiga oid muammolarni birinchi galda hal etish S.Qoraboyeva faoliyatidagi doimiy dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Shu bois, aynan ana shunday toifadagi ayol-qizlar Sayyoraxonning hamisha eʼtiborida. Ularning uy-joylarini taʼmirlab berish, ijtimoiy yordam koʻrsatish, farzandlarining taʼlim-tarbiyasi borasidagi muammolarini hal etishlarida mahalla masʼullari bilan birgalikda yaqin koʻmakdosh. Aynan ana shunday ayol-qizlarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida uy-joylari taʼmirlab berildi. Ijara uylarda yashovchi 3 nafar xotin-qizlarning  ijara toʻlovlari uchun kompensatsiya ajratildi.

Mahallada oila mustahkamligini taʼminlashga qaratilgan eʼtibor tufayli oilaviy nizolar keskin kamayishiga erishildi. Yigʻin Kengashi aʼzolari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli 7ta notinch oilalar yarashtirilib, ajrashib ketishlarining, mazkur oilalardagi murgʻak goʻdaklarning tirik yetim boʻlib qolishlarining oldi olindi. Bundan tashqari, mahalla hududidan boshqa ovul va mahallalarga turmushga chiqqan qizlarning kelin boʻlib tushgan oilalarida tinib-tinchib ketishlarini taʼminlashga qaratilgan maʼnaviy-tarbiyaviy ishlar, yosh qizlarni turmushga tayyorlash, yaqin qarindoshlar bilan, shuningdek, erta nikohning oldini olish maqsadida TTB shifokorlari, Amudaryo televideniyesi va “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatlari ijodkorlari bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori”, “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot”, “Buvijonlar oʻgiti” mavzularidagi oshkora va samimiy muloqot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Sayyoraxon Qoraboyevaning ish kunlari hamisha ana shunday, mahalladoshlari hayotiga yanada fayz, osoyishtalik baxsh etishga qaratilgan el-yurt manfaati yoʻlidagi xayrli tashvishlar bilan oʻtadi. U xonadonma-xonadon kirib borib, ayol-qizlar bilan muloqotda boʻlishdan, ularning muammolarini  oʻrganishdan, hayotlarida yengilliklar yaratishga intilishdan aslo charchamaydi.Yon daftaridagi sahifalar esa  biri-biridan xayrli ishlar toʻgʻrisidagi qaydlar bilan toʻlib boraveradi...

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019