15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 10:18
Jamiyat 👁 174

HARBIYLAR IShTIROKIDA VATANPARVARLIK OYLIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR OʻTKAZILDI

HARBIYLAR IShTIROKIDA VATANPARVARLIK OYLIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida ona Yurtga sadoqat va mehr-muhabbat tuygʻularini mustahkamlash, mard, jasur oʻgʻlonlar qilib kamolga yetkazish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism xizmatchilari va hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda chegara oldi hududlarda bu borada vatanparvarlik oyligi doirasida olib borilayotgan ishlar oʻz samarasini bermoqda.

Bu kabi tadbirlar Amudaryo tumanida ham boʻlib oʻtmoqda. Ayniqsa, tumanning chegara oldi hududlarida boʻlib oʻtayotgan ushbu tadbirlarga yoshlarimizni jalb etish qamrovi ortib, qatnashuvchilar safi kengayib bormoqda.

13-oktyabr kuni tumanning chegara oldi hududida joylashgan Qilichboy ovulidagi 83-sonli maktabda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism va mutasaddi tashkilotlar masʼullari hamda oʻquvchilar ishtirokida “Amir Temur izdoshlari” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbir davomida maktab oʻquvchilariga zamonaviy yoshlarga qurol-aslahalar, harbiy-texnikalar koʻrgazmasi namoyish etilib, ushbu vositalar va xizmat hayvonlaridan foydalanish toʻgʻrisida atroflicha tushunchalar berildi. Oʻquvchi-yoshlar harbiy qurol-aslahalar, texnikalar bilan tanishib, sohaga boʻlgan qiziqishlari yanada ortdi.

Undan tashqari, davlat mukofotiga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar bilan maktab oʻquvchilari oʻrtasida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda harbiy-siyosiy sohada amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida yurtimiz xavfsizligi va tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga har jihatdan qodir, zamonaviy, eng yangi qurol-yarogʻlar va harbiy texnika bilan taʼminlangan, mutlaqo yangi Milliy armiya vujudga kelgani haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, bugungi kunda davlatimiz tomonidan harbiylar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berildi. Oʻtkazilgan tadbir jarayonida maktab oʻquvchilari harbiy xizmat toʻgʻrisidagi oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbirda faol ishtirok etgan, iqtidorli va namunali oʻquvchilarga kitoblar sovgʻa qilindi.

Vatanparvarlik oyi doirasidagi tadbirlarda tumanning iqtidorli yoshlari rassomchilik, kasanachilik, robototexnika yoʻnalishlari boʻyicha koʻrgazmalari bilan qatnashishdi. Boʻlib oʻtgan kitoblar koʻrgazmasida ham harbiylar va yoshlar katta qiziqish bilan ishtirok etishdi.

Shu kuni harbiy xizmatchilar va yoshlar oʻrtasida sportning voleybol, shaxmat-shashka hamda stol tennisi yoʻnalishlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. Musobaqalarda ishtirok etgan ovul yoshlari oʻzlarining sport mahorati, chaqqonligi va epchilligini namoyish etib, gʻoliblik uchun intilishdi. Musobaqalar yakunida gʻoliblarga Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism tomonidan kitoblar jamlanmasi va diplomlar topshirildi.

Vatanparvarlik oyligi doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni aholiga yetkazish hamda yoshlar qalbida yurt kelajagi uchun daxldorlik tuygʻularini oshirish kabi maqsadlarni koʻzlab oʻtkazilgan ushbu tadbirlar qiziqarli lahzalarga boy boʻldi.

Vatanparvarlik oyligi doirasidagi bu kabi tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻylab davom etmoqda.

M.Habibullayev, harbiy xizmatchi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019