30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 17:08
Salomatlik 👁 252

QANGLI OVULIDAGI TIBBIYoT MASKANIDA AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KOʻRSATILMOQDA

QANGLI OVULIDAGI TIBBIYoT MASKANIDA AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KOʻRSATILMOQDA

Yurtimizda tibbiyotning birlamchi boʻgʻinini kuchaytirish, ayniqsa, olis va chekka hududlarda aholining malakali tibbiy xizmat olishi uchun sharoit yaratishga jiddiy eʼtibor qaratilib, oilaviy poliklinika va qishloq shifokorlik punktlari tashkil etildi. Hozirgi kunda hududlarda faoliyat olib borayotgan ushbu tibbiyot maskanlari zaruriy jihozlar va bepul dori-darmonlar bilan taʼminlanganligi hamda ularda muolajalar olish uchun kunduzgi oʻrinlar mavjudligi bois fuqarolarning oddiy muolajalar uchun tuman markaziga sarson boʻlib borishlariga barham berildi.

Amudaryo tumanining chekka hududida joylashgan Qangli ovulida ham oilaviy shifokorlik punkti faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 8228 nafar aholi tuman markaziga borib yurmasdan, shu yerning oʻzida malakali tibbiyot xodimlari tomonidan koʻrsatilayotgan sifatli tibbiy xizmatdan foydalanmoqda. Ushbu maskanda turli kasalliklarni barvaqt aniqlash, maqsadli skrining tadbirlarini amalga oshirish, profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlash hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Qangli oilaviy shifokorlik punkti zarur tibbiy asbob-anjomlar, laboratoriya jihozlari, EKG apparati bilan taʼminlangan. Qolaversa, shifokorlarning samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Tibbiyot maskanidagi 5 nafar, shundan 3 nafari oliy toifali tajribali shifokorlar, 23 nafar, shundan 14 nafari oliy toifali oʻrta tibbiyot xodimlari aholi salomatligi yoʻlida xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Maskanda tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, alohida ehtiyojli oilalarga eʼtibor va gʻamxoʻrlikni kuchaytirish kabi vazifalarga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Hudud aholisining salomatligi muassasa xodimlarining doimiy nazoratida boʻlib, muntazam ravishda zarur tibbiy yordam koʻrsatib kelinmoqda.

Tibbiyot xodimlari tomonidan kalendar reja asosida oyning belgilangan kunlarida ovul hududidagi bolalarda 13 turdagi yuqumli kasalliklarning oldini olish boʻyicha ehtiyotdan emlash muolajalari olib borilmoqda. Shunga koʻra joriy yilning 6 oyi davomida 1164 nafar bolalar turli yuqumli kasalliklarga qrashi emlandi. Shuningdek, 2-10 yoshli bolalarni oʻrtasidagi kasalliklarni erta aniqlash maksadida oʻtgan 6 oy davomida jami 1278 nafar bola gijja kasalligiga qarshi tekshiruvdan oʻtkazildi. Ulardan 21 nafarida kasallik aniqlanib, ambulator sogʻlomlashtirildi. 3-18 yoshgacha boʻlgan 2081 nafar bolalardan 2058 nafari ankogematologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida ommaviy va selektiv skrinigdan oʻtkazildi va 2 nafari dispanser nazoratiga olinib, gematolog bilan hamkorlikda sogʻlomlashtirildi.

Undan tashqari, 40 yosh va undan yuqori boʻlgan 2525 nafar aholidan 2223 nafari yuqumli boʻlmagan kasalliklarni erta aniqlash maqsadida skrining tekshiruvidan oʻtkazildi. Ulardan 2 nafarida qandli diabet, 18 nafarida gipertoniya, 12 nafarida endokrin kasalligi aniqlangan boʻlsa, hozirgi kunda ushbu bemorlar nazoratga olinib sogʻlomlashtirilmoqda.

Bachadon boʻyni saratoni kasalligini erta aniqlash maqsadida 35-55 yoshdagi 1078 nafar ayol-qizlardan 635 nafari skrining tekshiruvidan oʻtkazildi va 2 nafar ayolda bachadon boʻyni saratoni aniqlandi. Koʻkrak saratoni kasalliklarini aniqlash maqsadida 866 nafar 45-65 yosh ayollardan 42 nafari mammografiya tekshiruvidan oʻtkazilgan boʻlsa, ulardan 1 nafarida saraton belgilari aniqlandi. Hozirda ushbu ayollar Respublika onkologiya dispanserida davolanishmoqda.

Ovul hududidagi 18-40 yoshgacha boʻlgan 3080 aholidan 2045 nafari profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganida esa 22 nafar fuqaroda kasallik aniqlandi va ularni ham sogʻlomlashtirish choralari koʻrildi. Tugʻish yoshidagi 2113 nafar ayol-qizlardan 2108 nafari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganida 444 nafarida ekstragenital kasalliklar aniqlandi. Ushbu ayollarning 51 nafari statsionar sharoitda, 360 nafari ambulatoriya sharoitida sogʻlomlashtirildi.

Qangli oilaviy shifokorlik punktida joriy yilning 6 oyi davomida homilador ayollarga va 1596 nafar tuqqan ayollarga, 3-15 yoshli 46386 nafar bolalarga antistrumin tabletkalari berilgan. Shuningdek, 18-35 yoshli 1154 nafar ayol-qizlarga foliy kislota tabletkasi tarqatilgan.

Ushbu tibbiyot maskanida umumiy amaliyot shifokori, patronaj hamshiralar sogʻligidan shikoyat qilib kelgan bemorlarga xizmat koʻrsatadi. Hududga biriktirilgan hamshiralar ham uyma-uy yurib, aholi salomatligini muntazam nazorat qiladi. Uning tavsiyasi asosida shifokor bevosita tegishli xonadonga borib, tibbiy muolajalar oʻtkazadi, ehtiyoj boʻlsa, shifoxonaga yotish uchun yoʻllanma beradi.

Ovul aholisi shu yerning oʻzida malakali va sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yaratilganidan mamnun va xonadonlariga kelib, holidan xabar olib, sogʻlom turmush kechirishiga koʻmaklashayotgan tibbiyot xodimlaridan juda minnatdor.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026