29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 22:19
Jamiyat 👁 206

NAVOIY NOMLI MAHALLA YoSh QIZLARI “BUVIJONLAR MAKTABI” AʼZOLARI SUHBATIDAN BAHRAMAND BOʻLDILAR

NAVOIY NOMLI MAHALLA YoSh QIZLARI “BUVIJONLAR MAKTABI” AʼZOLARI SUHBATIDAN BAHRAMAND BOʻLDILAR

Keksalar – xonadonlarimiz koʻrki, yurtimiz fayzi. Ularning uzoq yillik hayotiy tajribalari oʻsib kelayotgan yosh avlod uchun haqiqiy ibrat maktabidir. Shuning uchun ham keksalari bor xonadonlarning fayz-u tarovati oʻzgacha, mahallalarda esa nuroniy onaxon va otaxonlar nafaqat oʻz farzandlari, nevara-chevaralari, balki qoʻni-qoʻshnilar, mahalladoshlarining ham farzandlariga alohida mehr-muhabbat bilan pand-u nasihatlar berishadi, hayotda toʻgʻri yoʻlni tanlashlari uchun jon kuydirishadi. Shu bois, xalqimiz “bir bolaga yetti mahalla ota va ona” tamoyilini turmush tarzining, qolaversa, milliy-maʼnaviy tarbiyaning bir qismiga aylantirishgan.

Amudaryo televideniyesi ijodkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli davlat granti loyihasi doirasidagi tadbirlar ham yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular ongida Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini shakllantirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilning 16-oktyabr sanasida Mangʻit shahrining Navoiy nomli mahallasida boʻlib oʻtgan “Onalar oʻgiti” tadbiri ham oʻzining mazmun-mohiyatiga koʻra, mahallalarda va taʼlim muassasalarida yosh qizlarni turmushga tayyorlash, ayrim nizoli oilalar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgani bilan tadbir ishtirokchilariga manzur boʻldi.

Amudaryo televideniyesi, Navoiy nomli MFY masʼullari va 30-sonli umumtaʼlim maktabi maʼmuriyati hamkorligida oʻtkazilgan mazkur tadbirda MFY faollari “Buvijonlar maktabi” aʼzolari, nuroniy onaxonlar va mahallaning oʻsmir yoshidagi oʻquvchi-qizlari ishtirok etishdi.

“Onalar oʻgiti” tadbirini jurnalist Robiya Yoʻldosheva ochdi va Amudaryo televideniyesining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” grant-loyihasi doirasidagi tadbirlarning maqsadi hamda undan kutilayotgan natijalar xususida batafsil toʻxtalib, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda yoshlar tarbiyasi, ayniqsa, milliy-maʼnaviy tarbiya eng muhim, dolzarb masala ekanligini taʼkidladi. Bu borada har lahzada ogoh yashash, tarbiyaviy ishlarni qatʼiy intizom asosida yuritish har bir ongli insonning zimmasiga yuksak masʼuliyat yuklashini, nuroniy onaxonlarimizning oʻgit va nasihatlarini har bir yosh oʻziga hayotiy shior sifatida qabul qilishi zarurligini qayd etdi.

Shundan soʻng, Navoiy nomli mahalla xotin-qizlar faoli Gulbahor Xidirova oʻz faoliyati davomida mahallaning koʻpni koʻrgan, nuroniy onaxonlari bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari xususida soʻz yuritib, mahallada yosh qizlarni katta hayotga, turmushga tayyorlashda, eng avvalo ularni kasb-korli, odobli va hayoli qilib voyaga yetkazayotgan ibratli oilalar bekalariga minnatdorchilik bildirdi.

– Mahallamiz Mangʻit shahrining oʻzagi, – dedi nuroniy onaxonlardan Oʻgʻiljon opa Normatova. – Chunki Mangʻit shahrining barcha mahallalari bizning Navoiy nomli mahalladan bir ildiz sifatida rivojlangan. Shuning uchun ham biz mahallamizning yanada obod va koʻrkam, boshqa mahallalarga namuna boʻlishi uchun barcha ishlarda hamjihatlikka intilamiz.

Darvoqe, ayni paytda mahallada 751ta xonadon tarkibidagi oilalarda 4500 nafar aholi istiqomat qilishadi. Hudud aholisining farzandlari taʼlim-tarbiya olayotgan 1-sonli va 30-sonli umumtaʼlim maktabiga mahalladoshlar alohida eʼtibor qaratishadi. Ayniqsa, yosh qizlarni turmushga tayyorlash, erta va qarindoshlar nikohining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi “Qiz bola – oilaning koʻrki”, “Yaxshi, oqila qiz – mahalla faxri” mavzularidagi davra suhbatlari, nuroniy onaxonlar ishtirokidagi uchrashuvlarga balogʻatga yetgan va oʻsmir qizlar, yosh kelinlar kengroq qamrab olinayotgani, oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlarning taʼsir doirasi ortib borayotganidan mahalladoshlar mamnun.

“Onalar oʻgiti” tadbiri davomida 30-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Dilnoza Fayzullayeva, nuroniy onaxonlardan Bogʻdagul opa Ahmedova, Oʻgʻiljon opa Normatova, Tozagul momo Otajonova, 1-sonli maktab oʻqituvchisi Gulchehra Qurbonboyeva, MFY xotin-qizlar faoli Gulbahor Xidirovalar qizlarni turmushga tayyorlash, ularni kasb-korli qilish, mahallada ajrashish yoqasiga borib qolgan oilalarni yarashtirish va ularni sogʻlom hayotga qaytarish yuzasidan qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir davomida yosh qizlar oʻzlarining ota-onalari, mahallaning nuroniy onaxonlari bergan pand-nasihatlar, ularning oʻgitlari oʻzlari uchun yorqin hayot sahifalarini ochishda katta ahamiyat kasb etishini, inson hayotga bir marta kelishi va ana shu buyuk neʼmatni Allohning ulugʻ inʼomi sifatida qabul qilib, chiroyli tarzda yashash zarurligini mamnuniyat bilan taʼkidladilar.

“Onalar oʻgiti” tadbiri ishtirokchilari boʻlgan qizlar koʻpni koʻrgan nuroniy onaxonlar, “Buvijonlar maktabi” aʼzolari bilan dildan, samimiy muloqot muhitini yaratgani uchun Amudaryo televideniyesi ijodkorlariga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026