30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 14:48
Jamiyat 👁 3,165

DAVR TALABIGA MOS IShLASh - BURChIMIZ

DAVR TALABIGA MOS IShLASh -  BURChIMIZ

Mustaqil davlatimizning strategik kelajagini bugungi davr yoshlarining kuch va salohiyati, bilim darajasi belgilaydi. Shu tufayli mamlakatimizda yoshlar hayotiga doir barcha masalalar davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Yoshlarning ijtimoiy-maʼnaviy hamda siyosiy-ijtimoiy jihatdan faolligini oshirish, ularning toʻlaqonli bilim olishlari, fan asoslarini chuqur egallashlari, oʻzlari xohlagan kasb-hunar yoʻnalishi boʻyicha tahsil olib, hayotga faol aralashuvini taʼminlash maqsadida keng qamrovli imkoniyatlar yaratib berilgan.

Bugungi kunda oʻrta umumtaʼlim maktablarini tugatgan yoshlarning barchasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga, uzluksiz taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq qamrab olingan. Oʻquvchi-yoshlarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun bu oʻquv maskanlarida barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Ayniqsa, oʻquvchi-yoshlarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida turli xil adabiy-badiiy tadbirlar, sport musobaqalari, har xil mavzudagi intellektual oʻyinlarning avval maktab, litsey va kollejlarda, keyinchalik hududiy va tuman bosqichlarida oʻtkazilishi, yoshlarimiz oʻrtasida yangi-yangi iqtidor va qobiliyat sohiblarini kashf etish imkonini bermoqda.

Hozirgi globallashuv jarayonida yoshlar bilan ishlashish, ularning intilishlarini oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlash, fikrlarini tinglab, yoʻl-yoʻriq va maslahatlar berish har birimizdan katta kuch va bilim talab qiladi. Ayniqsa, umumtaʼlim maktablaridagi "Kamalak” bolalar va oʻsmirlar tashkilotlari yetakchilari bilan "Kamolot” YoIH boshlangʻich tashkilotlari rahbarlarining hamkorlikdagi ishlari yoshlar hayotiga oid koʻpdan-koʻp muammolarni hal etish imkonini beradi. Chunki bugungi oʻsmir ertaga kollej va litsey oʻquvchisiga aylanadi. Shu bois, ayniqsa, "Kamalak” bolalar va oʻsmirlar tashkiloti yetakchilari oʻquvchi-yoshlarning kasb tanlashlarida, oʻzlari tanlagan kasb yoʻnalishlari boʻyicha taʼlimning keyingi bosqichiga yoʻllanma olishlarida eng yaqin maslahatgoʻy boʻlmoqlari lozim. Oʻquvchi-yoshlarni biron bir kasbga yoʻnaltirishda ularning orzu initilishlariga eʼtiborli boʻlish talab etiladi. Bunda maktablarda turli xil toʻgaraklar faoliyati muhim oʻrin tutadi. Toʻgaraklardagi mashgʻulotlar oʻquvchi-yoshlarning va oʻsmirlarning qiziqishlari hamda iqtidorini yuzaga chiqarishda eng muhim vosita hisoblanadi. Alohida qobiliyatli oʻsmir-yoshlarni har xil maqsadli tadbirlarga jalb etish, bellashuvlarga tayyorlash, ularning iqtidorini munosib ragʻbatlantirib borish – har bir toʻgarak rahbari, qolaversa, "Kamalak” yetakchilari va "Kamolot” YoIH boshlangʻich tashkilotlari rahbarlarining masʼuliyatli vazifasidir.

Maktablar, akademik litsey va kollej oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida giyohvandlik va uning ogʻir oqibatlari, huquqbuzarlikning oldini olish, yoshlar oʻrtasida "ommaviy madaniyat”ning har qanday koʻrinishlariga qarshi kurashish, salomatlik – sogʻlom turmush tarzi kabi mavzularda davlat hamda nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdekjamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikda seminarlar, davra suhbatlari uyushtirish, bunday uchrashuv-yigʻilishlarida yoshlarning ishtirokini taʼminlash bugungi davr yoshlarining ijtimoiy faolligini oshirishda eng muhim omil hisoblanadi.

Demak, umumtaʼlim maktablaridagi "Kamalak” oʻquvchi-oʻsmirlar tashkilotlari hamda "Kamolot” YoIH boshlangʻich tashkilotlari rahbarlari qogʻoz qoralash, ish stoliga yopishib oʻtirib har xil rasmiy xujjatlar tuzishdan amaliy faoliyatga oʻtmogʻi, hayotning har bir daqiqasidan unumli foydalanib, oʻsmir-yoshlar bilan hamnafas, hamqadam ish olib bormoqlari joiz.

"Kamalak” tashkiloti aʼzolari darsdan boʻsh vaqtlarida nima bilan mashgʻul? "Kamolot” YoIH aʼzolari-chi? Ularning orasida bir-biriga loqayd va beparvo kayfiyatli yoshlar yoʻqmi? Ularning qiziqishlari qanday? Muammolari boʻlsa, yoshlar yetakchilari ularni hal qilish uchun qanday tadbirlar, rejalar ishlab chiqayotir?

Bugungi oʻsmir-yoshlar yetakchilari ana shunday savollarga oʻz amaliy faoliyatlari bilan javob bera oladigan bilim va salohiyatga ega boʻlmoqlari shart va zarur! Bu – davr, zamon talabi.

Mansur OʻROZBOYeV, "Kamolot” YoIH tuman Kengashi raisi.

(Foto - http://tanlov.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026