2023-yil 1-oktyabr holatiga tumanning doimiy aholisi 211 ming 120 nafar kishini tashkil qildi
2023-yil 1-oktyabr holatiga Amudaryo tumanining doimiy aholisi 211 ming 120 nafar kishini tashkil qilib, shundan 107 ming 80 nafari erkaklar, 104 ming 40 nafari esa ayollardir.
Aholining 25,7 foizi, yaʼni 54,3 ming nafari shaharda, 74,3 foizi, yaʼni 156,8 ming kishi qishloq joylarida yashaydi.
Amudaryo tumanida 2023-yilning 1-oktyabr holatiga tugʻilganlar soni 3 ming 770 nafarni, vafot etganlar soni esa 813 nafarni tashkil qildi.
2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida 1 ming 121 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, ajrashganlar soni – 119 ta.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida tuman hududiga koʻchib kelganlar soni 231 nafar, tumandan koʻchib ketganlar soni esa 640 nafarni tashkil qildi va yil boshiga nisbatan tuman aholisi 2 ming 548 nafarga koʻpaydi.
H.Haytimbetov, tuman statistika boʻlimi boshligʻi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶