“INFOLIB O’ZBEKISTON – 2023” XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGIGA START BERILDI
Shu yil 23-oktyabr kuni Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida “Yosh kutubxonachi: izlanuvchan, intiluvchan, iqtidorli” shiori ostida boʻlib oʻtgan haftalikning tantanali ochilish marosimida Amudaryo muhandislik texnikumining kutubxonashunoslik yoʻnalishida tahsil olayotgan 1-kurs talabalari faol ishtirok etishdi. Axborot-kutubxona haftaligi munosabati bilan “Har bir kitob bir dunyo” mavzusida ochiq eshiklar kuni kitoblar koʻrgazmasi tashkil qilindi.
Forum doirasida “Kitob ziyosidan yaralgan ilm” deb nomlangan ijodiy kecha oʻtkazildi. Kechada tumanimizda sheʼriyat yoʻnalishida ijod qilishni boshlagan yosh havaskor shoira Mashhura Rajabovaning ilk sheʼriy kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Yosh ijodkor Mashhura Rajabova kecha ishtirokchilariga oʻz sheʼrlaridan oʻqib berdi va “Koʻnglim” nomli kitobini kitobxonlarga taqdim qildi.
Tadbir davomida kitobxon yoshlarga kitob va kitobxonlik haqida ham maʼlumot berildi. Qiziquvchan kitobxonlar oʻzlari yod olgan sheʼr va maqollarni aytishdi. Kitob shunday katta qudratga egaki, insonning ruhiyatini tozalaydi, eshik ortidagi hayotni koʻrishga undaydi. Kitob oʻz mavqeyiga qarab qalbni tinchlantiruvchi, shuurni uygʻotuvchi, insonni tarbiya qiluvchi , jamiyatni poklovchi bir omildir.
Aziz kitobxonlar! Haftalik davomida kutubxonamizda rang-barang tadbirlar davom etadi. Barcha kitobxonlarni haftalik doirasida boʻlib oʻtadigan tadbirlarda ishtirok etishga chorlab qolamiz.
R. Romanova, tuman Axborot kutubxona markazi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶