30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:34
Jamiyat 👁 240

“QADRING BOʻLSIN BALAND!” TADBIRI ORQALI OʻQUVChILAR QALBIDA ONA TILI VA VATANGA MUHABBAT TUYGʻUSI JOʻSh URDI

“QADRING BOʻLSIN BALAND!” TADBIRI ORQALI OʻQUVChILAR QALBIDA ONA TILI VA VATANGA MUHABBAT TUYGʻUSI JOʻSh URDI

Dunyoda millat va elatlar koʻp, shu barobarida turfa tillar ham mavjud. Millat va elatlarning urf-odat va anʼanalari, tarixi va orzu-niyatlari oʻsha millat va elatning tili orqali namoyon boʻladi. Yondosh xalqlar va millatlar bilan oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish imkoni ham tili orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ham til – xalqlar va millatlarni, mamlakatlarni bir-biriga bogʻlab turuvchi buyuk va qudratli maʼnaviy koʻprik hisoblanadi.

Mustaqillik tufayli ona tilimiz tom maʼnoda jahonga yuz tutdi 50 milliondan ziyod insonlar soʻzlashadigan oʻzbek tiliga jahonning nufuzli mamlakatlari – Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Germaniya, Hindiston, Xitoy, Eron, Iroq, Pokiston, Bangladesh, AQSh kabi davlatlarida qiziqish ortdi. Ayni paytda oʻzbek tilida oʻz ona tilidagidek soʻzlayotgan turli millat vakillari uchun tilimizning oʻziga xos jilvasi va jarangi, goʻzalligi havas uygʻotgan boʻlsa, ne ajab! Chunki gʻazal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomizning asarlari mehrigiyosini, buyuk maʼnaviy qudratini dunyo xalqlari ilk bora oʻzbek tilida anglab, his etdilar. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridagi vatanparvarlik, odamiylik tuygʻulari dunyo xalqlari qalblarini oʻzbaki soʻz ila mahv etdi!

Bu haqda 21-oktyabr – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan 30-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan adabiy-musiqiy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ishtirokchilari faxrlanib soʻz yuritdilar.

“Qadring boʻlsin baland!” mavzusida oʻtkazilgan mazkur tadbirda maktab sahnasi oʻzbek tilining buyukligini jahonga koʻz-koʻz qilgan ulugʻ salaflar tomonidan yaratilgan matematik, jugʻrofiy, tibbiy kashfiyotlar, badiiy asarlar va ona tilimiz taraqqiyotiga oid suratlar, hikmatli iboralar bilan bezatildi. Maktab oʻquvchilari ona tili va adabiyot oʻqituvchilari bilan birgalikda tayyorlagan kuy va qoʻshiqlarni ijro etishib, ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlarni ifodali aytib berdilar, biri-biridan dilrabo raqslari bilan tadbir ishtirokchilarini xursand qildilar.

Tadbir davomida 7 v-sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan milliylikni targʻib etuvchi, qalblarda ona tilimizga hurmat va mehr tuygʻusini uygʻotuvchi sahna koʻrinishini namoyish etishdi.

Sahna koʻrinishi orqali tadbir ishtirokchilari oʻzbek tilidagi iboralar, xalq ogʻzaki ijodining boy maʼnaviy merosi, arxaik soʻz va iboralarning, boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar, atamalarning maʼno-mazmunlari, nutqimizdagi ahamiyati haqidagi maʼlumotlarga ega boʻldilar.

“Qadring boʻlsin baland!” mavzusida oʻtkazilgan bayram tadbiri oʻquvchi-yoshlar qalbida ona tilimizga hurmat va mehr tuygʻularini yanada mustahkamladi. Oʻquvchi-yoshlar tadbirda shunchaki ishtirok etishmadi, balki qalblarida ona tilimizdan faxrlanish tuygʻulari yanada joʻsh urib, ona tili oʻzlari uchun hayot qadar muqaddasligini, ona tili orqali qalblarida Vatanga cheksiz muhabbat hissi manguligini izhor etdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026