01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 15:50
Salomatlik 👁 396

“MAFTUNA MED MANGʻIT” KLINIKASINING FIDOYI ShIKOFORI

“MAFTUNA MED MANGʻIT” KLINIKASINING FIDOYI ShIKOFORI

Mangʻit shahri Navoiy nomli mahallasining tuman Tibbiyot birlashmasi joylashgan hududini tom maʼnoda shifokorlar shaharchasi deyish mumkin. Yildan-yilga xususiy shifokorlik obʼektlari qad rostlab, eng zamonaviy tibbiy tekshiruv va tashxis apparatlari bilan jihozlangan xususiy klinikalar, tibbiy maslahat markazlari xalqimizga beminnat xizmat koʻrsatayotganidan mijozlar mamnun. Ana shunday xususiy tibbiyot klinikalaridan biriga Ulugʻbek Abdurahmonov rahbarlik qiladi.

“Maftuna med Mangʻit” MChJ shaklidagi mazkur klinika oʻz faoliyatini boshlaganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. 2022-yilda oʻz faoliyatini boshlagan mazkur klinika zamonaviy UZI va EKG apparatlari bilan jihozlangan. Bundan ham muhimi, klinika bosh shifokori davolash ishlari boʻyicha koʻp yillik tajribaga ega oliy toifali shifokor Zulxumor Gaipova ultratovush tekshiruvi yoʻnalishi boʻyicha yuqori malaka va tajribaga ega. Qolaversa, bemorning holatini oʻrganish borasida oʻziga xos ish uslubiga ega mutaxassis sifatida tanilgan.

Asli Xitoy qishlogʻida, oddiy dehqon oilasida dunyoga kelgan Zulxumor oiladagi 10 nafar farzandning ikkinchisi edi. Butun umrini qishloq xoʻjaligi sohasiga bagʻishlagan oddiy traktorchi Jumaniyoz ota va kolxoz ishchisi Xoljon momoning 8 qiz, ikki oʻgʻil farzandi ichida Zulxumor oʻzining dadilligi, qatʼiyatliligi bilan opa-singillari va ukalaridan ajralib turardi. U bolaligidan yaqinlariga mehribon, sinchkov va qatʼiyatli, intiluvchanligi bilan ustozlarining eʼtiborini qozondi. Umumtaʼlim maktabini tugatib: “men shifokor boʻlaman”, deganida uning bu qaroridan birinchi quvongan ham, qoʻllab-quvvatlagan ham ota-onasi boʻldi.

- Shu qizimizning muomalasidan tabiblikka ixlosi maʼlum, - derdi otasi Jumaniyoz ota.

- Odamning yuziga qarab tan-jonining holatini biladi-ya, koʻz tegmasin, - deya ich-ichidan quvvatlardi onasi.

Farzandning ota-onasi nazariga tushib, ishonchiga sazovor boʻlishi uning kelajagini belgilaydi, deyishadi. Balki rostdir. Zuxumor ota-onasining oq fotihasini olib Andijon tibbiyot instituti talabasi boʻlganida, 1992-yilda mazkur tibbiyot institutini davolash ishi mutaxassisligi boʻyicha muvaffaqiyatli tugatganida, Jumaniyoz ota bilan Xoljon momo qizining shifokorlik diplomini koʻzlariga surib quvonganlarida ana shu mehribon insonlarining duolari uni qoʻllaganini yurak-yuragidan his qildi.

- Sen eling, yurting oldida qarzdorsan, bolam, - degandi oʻshanda Alloh rahmat qilsin onasi. – Axir davlat seni 16-yil davomida beminnat oʻqitdi, kasb-korli qildi. Endi sen ana shunga munosib xalqqa xizmat qilishing kerak.

Zulxumor 1992-1993-yillarda Nukus shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida internatura bosqichini oʻtaganida, keyinchalik 1993-2014-yillarda Amudaryo tumani markaziy shifoxonasining Tez tibbiy yordam boʻlimida navbatchi shifokor sifatida faoliyat olib borganida ham onasining “sen eling, yurting oldida qarzdorsan” – degan soʻzlarini aslo unutmadi. Faoliyatining har bir lahzasida shifo istab kelgan insonlarga chin dildan yordam berish, ularning dardlariga darmon boʻlishga intilib yashadi. 2014-yildan TTBning shoshilinch tibbiy yordam boʻlimida terapevt sifatida shifokorlik faoliyatini davom ettirgan Zulxumor Gaipova doimiy izlanishdan, tibbiyot sohasiga oid innovatsion loyihalar ustida ishlashdan toʻxtamadi. U boʻlimga davolanish uchun kelgan bemor holatini psixologik tahlil qilib, bemorga qoʻyilgan tashxisning toʻgʻriligiga ishonch hosil qilgandan keyingina muolaja choralarini belgiladi. Natijada Zulxumor Gaipova davolagan bemorlar tez shifo topib, u elga qoʻli yengil shifokor sifatida tanildi.

Zulxumor umr yoʻldoshi Ulugʻbek Abdurahmonov bilan maslahatlashib, tibbiyot sohasida tadbirkorlik faoliyatini boshlashga, mamlakatimizda tibbiyot sohasiga koʻrsatilayotgan eʼtibor va ragʻbatdan unumli foydalanish orqali xalqqa yanada samarali xizmat koʻrsatishga qaror qildi va umr yoʻldoshining qoʻllab-quvvatlashi, qolaversa, oʻz orzularini amalga oshirish niyatida 2022-yilda MChJ shaklidagi “Maftuna med Mangʻit” xususiy klinikasini ochishdi. 280 mln. soʻmlik oʻz mablagʻlari hisobidan zamonaviy tibbiy jihozlar sotib olib, tibbiy tashxislash faoliyatini yoʻlga qoʻydi.

Xususiy tibbiy klinika ochilishi munosabati bilan Zulxumor Gaipovaning oʻzidan tashqari 5 nafar oʻrta tibbiyot hamshiralarining doimiy ish bilan bandligi taʼminlandi. Klinikada 2022-yilda 260 nafar bemorga davolash-maslahat xizmatlari, koʻrsatilgan boʻlsa, 2023-yilning oʻtgan 10 oyi davomida 350 nafardan ziyod bemorga tibbiy xizmatlar koʻrsatildi. Shuningdek, klinikada 2023-yilda 130 nafar aholi vakillari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Bundan tashqari, klinika hududida istiqomat qiluvchi, shuningdek, tumanning turli hududlaridan shifo istab kelgan bemorlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, kasalligi aniqlangan bemorlarga malakali tibbiy xizmat koʻrsatilib, statsionar va ambulator sharoitlarda sogʻlomlashtirish ishlari amalga oshirilayotganidan aholi mamnun.

Zulxumor Gaipova xususiy klinikada bosh shifokor lavozimida faoliyat yuritishdan tashqari, tuman TTBning shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi terapevt shifokori sifatida bemorlar dardiga malham boʻlayotgan fidoyilardan. Oilada esa uning oʻz oʻrni, mavqei bor. Umr yoʻldoshi, taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi Kengashi raisi Ulugʻbek Abdurahmonov bilan ikki qiz bir oʻgʻilni oʻqimishli insonlar qilib voyaga yetazishmoqda. Uchala farzandlari ham oliygoh talabalari, Umidaxon boʻlgʻusi shifokor, Maftuna QDU, Bunyodbek esa Samarqand Veterinariya institutining Nukus filiali talabasi. Oilaviy hayotini, farzandlari tarbiyasini havasga munosib tarzda yoʻlga qoʻygan, kasbiy faoliyati jarayonida oʻzining xushmuomalaligi, bilimdonligi bilan el-yurt hurmatini qozongan Zulxumor Gaipovaning turmush tarzi koʻplarga ibrat. Hamma narsaga vaqt topa olgan, ayniqsa, bemorlar muolajasi, ularning tuzalib ketishi uchun fidoyi mehnat qilishdan aslo charchamaydigan Zulxumor Gaipovani hamisha band holatda uchratasiz. U huzuriga shifo istab kelgan insonlarning har biri bilan erinmay suhbatlashadi, xastalikdan asoratsiz sogʻayib ketishlari uchun jon kuydiradi. Shu bois, “Maftuna med Mangʻit” klinikasi mijozlari bu fidoyi, elparvar shifokordan mamnun Xalq hurmatiga sazovor boʻlish esa shifokor uchun baxt.

Biz Zulxumor Gaipovani kasb bayrami bilan muborakbod etamiz va aslo qoʻlingiz dard koʻrmasin, el-yurtga shifo ulashishdek ezgu ishingiz bardavom boʻlsin, deymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026