30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 14:50
Jamiyat 👁 202

SARANJOM-SARIShTA, YaShIL MASKANGA AYLANAYoTGAN MAKTAB

SARANJOM-SARIShTA, YaShIL MASKANGA AYLANAYoTGAN MAKTAB

Ayni kunlarda tumanimizning qaysi hududiga bormang, kuzgi koʻchat ekish, obodonlashtirish ishlariga guvoh boʻlasiz. Ayniqsa, “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlardan koʻzingiz quvonadi.

Darvoqe, koʻchat ekib, bogʻ yaratish xalqimiz uchun azaliy qadriyat. Shu bois, oilada farzand tugʻilsa, har bir yangi tugʻilgan chaqaloqqa atab mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtkaziladi. Buning oʻz ramziy maʼnosi bor, albatta. Bolada tabiatga mehr uygʻotish, oʻz bogʻi, chorbogʻini yaratishga oʻrgatish, qolaversa, unib-oʻsib, hovli-joyga koʻrk, fayz bagʻishlagan daraxt soyasi-yu mevasidan el-yurt bahra olsin, degan ezgu niyatlar mujassam bu bobomeros qadriyatda.

Kundan-kunga obod va farovon boʻlib borayotgan mahallalar, idora va tashkilotlar, umumtaʼlim muassasalari atrofida barpo etilayotgan yashil hududlar xalqimiz uchun bitmas-tuganmas musaffo havo – kislorod fabrikasidir. Musaffo havo esa sogʻlom hayot manbai, bu manbani yaratishga hissa qoʻshish har bir sogʻlom fikrli insonning zimmasidagi masʼuliyatli burchi hisoblanadi.

Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 56-sonli maktab atrofi ham yil sayin obodon va koʻklamzor hududga aylanib bormoqda. Orzigul Xudoyberganova rahbarligidagi mazkur pedagogik jamoa ayni kunlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida maktab hududidagi dov-daraxtlarni asrab-avaylash, gul urugʻlari va sovuqqa chidamsiz gul koʻchatlarini bahorgi ekish mavsumiga tayyorlab qoʻyish, mavjud mevali va manzarali daraxtlarga kuzgi shakl va ishlov berish bilan bir qatorda muassasa hududida yangidan bogʻ yaratish ishlariga alohida eʼtibor qaratishmoqda.

Avvalo maktabning texnik xodimlari tomonidan hududdagi ariqlar xas-xashaklardan tozalanib, koʻchat oʻtqaziladigan yer qondirib sugʻorib qoʻyildi. Tuman hokimligi va Durunki MFY tomonidan yetkazib berilgan 192 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari maktab bogʻboni Mansur Haytanov, texnik xodimlar Manzura Qodirova, Oltinoy Xoʻjamurodova, Manzura Kamolova, Gulmira Hayitboyeva, Mavluda Julanova, Jasur Haytanovlar tomonidan maktab bogʻiga va muassasa atrofidagi ariqlar boʻylariga sifatli qilib ekildi. Oʻtqazilgan har bir tup koʻchatning tuproqqa ildiz qoʻyib, toʻliq rivojlanib ketishini taʼminlash maqsadida maktab bogʻboni Mansur Haytanov boshchiligidagi texnik xodimlar koʻchatlarni oʻgʻitlab, suv quyib chiqdilar. Qishning sovuq va izhirinli kunlarida ekilgan koʻchatlarning ildizlari zararlanmasligi uchun tuplariga yaxshilab tuproq tortilib, zichlandi.

Ayni paytda esa maktab bogʻboni va texnik xodimlar avvalgi yillarda oʻtqazilgan daraxtlarning tuplarini oqlash, ortiqcha shox-shabbalardan tozalash, maktab bogʻidagi ekindan boʻshagan yerlardagi har xil begona oʻtlar chiqindilarini bogʻ hududidan chiqarib tashlash kabi kuzgi-qishgi yumushlarni ado etishmoqda. Muassasa atrofi esa kech kuz boʻlishiga qaramay, ozoda va sarishta. Xazonlardan tozalangan, yangi ekilgan koʻchatlar bir tekis saf tortgan, chiroyli shakl berilgan dov-darajtlar nafaqat mazkur taʼlim-tarbiya maskaniga, balki Durunki mahallasiga ham fayz bagʻishlab turibdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026