29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 12:57
Salomatlik 👁 339

ONALAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI TAʼMINLASh – KELAJAKKA MUSTAHKAM POYDEVOR

ONALAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI TAʼMINLASh –  KELAJAKKA MUSTAHKAM POYDEVOR

Mamlakatimizda aholi salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, maʼnan yetuk, jismonan sogʻlom yosh avlodni voyaga yetkazish alohida eʼtibordagi, davlat siyosati darajasidagi masala hisoblanadi. Ayniqsa, onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza etishga, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkazishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

Amudaryo tumanidagi tibbiyot tizimida ham xizmatlar sifati va qulayligini yanada yaxshilash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni kuchaytirish, sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish borasida belgilab berilgan vazifalar izchil amalga oshirilmoqda. 

Bugungi kunda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatilayotgan tuman Tibbiyot birlashmasining tugʻruq kompleksi 95-oʻringa moʻljallangan. Kompleksning tugʻruq boʻlimi 60-oʻrin, homiladorlar patologiyasi boʻlimi  35-oʻrindan iborat. Muassasada 5ta tugʻruq zali, 2ta operatsiya xonasi mavjud. Har bir palata 4-oʻrinli. 

Tugʻruq kompleksida ayni paytda 1 nafar boʻlim mudirasi  va navbatchi  akusher-ginekologlar, 10 nafar shifokor xizmat koʻrsatadi. Shifokorlarning 9 nafari oliy toifali, 1 nafari 1-toifali, 1 nafari 2-toifali. Shuningdek, 152 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari, 52 nafar kichik tibbiyot xodimlari, jami 225 nafar tibbiy xodimlar onalar va chaqaloqlar salomatligiga masʼul.

Tugʻruq boʻlimida joriy yilning 10 oyi davomida qabul qilish rejasi 2740ta boʻlib, amalda 4098 nafar homilador ayollarga tibbiy xizmat koʻrsatildi. Boʻlimda  homilador, tugʻadigan va tuqqan ayollar uchun  barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Aholi va tugʻruqlar sonining tabiiy koʻpayayotgani yangidan zamon talablariga mos tugʻruqxona kompleksini qurish zaruratini keltirib chiqardi. Bu masala Prezidentimizga Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida yetkazilganidan soʻng, taklif eʼtiborga olinib, tegishli dasturga kiritildi.

Shundan soʻng, Tibbiyot birlashmasida yangi – qiymati 14,4 mlrd. soʻmga teng boʻlgan 90-oʻrinli 4 qavatli tugʻruq kompleksi zamonaviy loyihasi tasdiqlandi va qurilish ishlari boshlab yuborildi. Hozirgi vaqtda davom etayotgan qurilish ishlari “Temir beton” MChJ tomonidan  olib borilmoqda. Ushbu obʼekt uchun 14,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, zamonaviy koʻrinishdagi bino qad rostladi. Katta hajmda olib borilgan qurilish ishlari davomida ushbu binoda barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Endilikda yangi majmuada ayollarni tugʻruqqa tayyorlash, kutilmagan homiladorlikning oldini olish borasida malakali shifokorlar maslahatxonalari, homiladorlarni qabul qilish, alohida koʻrik, bogʻlov xonalari tashkil etiladi. Eng asosiysi, dunyoga yangi kelgan chaqaloqlarni parvarishlash, sogʻligʻini qatʼiy nazorat ostiga olish, zarur hollarda kerakli muolajalarni oʻtkazish uchun yanada yaxshi sharoitlar, imkoniyatlar yaratiladi. Shuningdek, yangi loyiha asosida qurilgan mazkur zamonaviy imoratdagi isitish va sovutish tarmoqlari ilgʻor texnologiyalar asosida takomillashtirilib, eng zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.

Tumanimizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, koʻrsatilayotgan perinatal xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan bu kabi keng koʻlamli ishlar tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Onalar sogʻligiga gʻamxoʻrlik koʻrsatib kelayotgan, ertamiz egalarining sogʻlom tugʻilishiga masʼul boʻlgan tibbiyot xodimlariga kasb bayrami muborak boʻlsin!

Ozoda Xudoyberganova.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026