30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 14:48
Jamiyat 👁 403

Xizr eli mahallasining hokim yordamchisi aholining yaqin koʻmakchisiga aylanmoqda

Xizr eli mahallasining hokim yordamchisi aholining yaqin koʻmakchisiga aylanmoqda

Oʻzbekiston  Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabr kungi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilingan edi.

Qarorga muvofiq mahallalarda ish boshlagan  hokim yordamchilari  hududlardagi  ishsiz aholini ish bilan taʼminlab,  ularga doimiy daromad manbaini yaratishga koʻmaklashishmoqda. Mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subʼektlarining ish faoliyatini oʻrnak qilib koʻrsatish orqali barchani tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishga harakat qilishmoqda, oʻzlari xizmat olib borayotgan ovul va mahallalarda har bir xonadonga tashrif buyurib, mavjud holatni oʻrgangan holda aholiga amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib, aniqlangan muammolarni joyida hal qilish choralarini koʻrishmoqda.

Tumanning Xizr eli mahallasida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi Anvar Tojiboyev 2023-yil boshida   mahalla hududidagi mavjud  4126ta xonadonlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazdi.  Natijalarga koʻra, xonadonlar  3ta toifaga ajratib olindi. Shundan, birinchi toifaga  265ta, ikkinchi toifaga 387ta, uchinchi toifaga  246ta  xonadonlar kiritildi.

Xatlov oʻtkazilgan xonadonlarda 161 nafar mehnatga layoqatli, ishsizlar aniqlanib, imtiyozli kreditlar hamda subsidiyalar ajratish orqali ularning bandligi taʼminlandi.

Anvar Tojiboyev mahallada tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirib, ularga faoliyat boshlashlari uchun koʻmaklashish,  eskirgan elektr simyogʻochlarini yangisiga almashtirish, koʻchalarga  tuproq-shagʻal yotqizish, hunarmandchilik va tomorqachilikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish kabi yoʻnalishlarda reja asosida ish olib bormoqda.

Mahallada turli yoʻnalishlarda tadbirkorlik qilish uchun sharoit yetarli. Jumladan, issiqxona qurish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shugʻullanish istagini bildirganlar esa talaygina. Hokim yordamchisi ular bilan suhbatlashib, muammolarini oʻrganish natijasida 274 nafar fuqaroni domiy ish bilan taʼminlab, 163 nafar fuqarolarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratilishiga hamda 70 nafar fuqaroga “e-auksion” savdo platformasi orqali yer maydonlari ajratilishiga  amaliy yordam berdi.

Shuningdek, hokim yordamchisi koʻmagida mahalladagi 166 nafar  ishsiz fuqaroga subsidiya asosida asbob-uskunalar ajratilib, bandligi taʼminlandi,  76 nafar fuqaroga esa 6 mlrd. soʻmlik kreditlar ajratildi. Albatta, bundan maqsad mahallada  ishsizlikni kamaytirish, fuqarolarni tomorqachilik, tadbirkorlikka jalb qilish va ishlab chiqarish sohalarini, qolaversa, oilaviy tadbikorlikni rivojlantirish orqali ularning doimiy  daromad manbaiga ega boʻlishiga erishishdir.

Eng muhimi, hozirda bu fuqarolar  oʻzlarining faoliyatlarini yoʻlga qoʻyib olishdi. Kimdir oʻz tomorqasida asalarichilik, chorvachilik va parrandachilik bilan,  yana kimdir hunarmandchilik bilan shugʻullanmoqda.

Aholi turmush farovonligini oshirishning muhim sharti – bandlikdir. Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, Xizr eli mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha hokim yordamchisi Anvar Tojiboyevning olib borayotgan saʼy-harakatlari ham kelgusida oʻzining ijobiy natijalarini beradi, albatta.

 

Sevara ISMOILOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026