Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Xonimjon Rajabovaning “Qalb qöşiği” nomli yangi kitobi naşrdan çiqdi
Hayotni dorilfununga qiyoslaymiz. Çunki inson umr böyi ana şu dorilfunun tahsilini oladi. Yaxşilardan ibrat, sinovlardan sabr-toqat, olim-u fuzalolar davrasidan intiluvçanlik xislatlarini “yuqtiradi” va ana şu yösinda toblanadi inson. Umrning oydin manzillari tomon intilib yaşaş esa inson uçun irsiyat. Köngliga tukkan yoruğ niyatlari röyobi uçun hayotini baxş etib yaşayveradi. Bu yoruğ niyatlar unga mangu hamroh. Agar inson yuragida ana şu yoruğ niyatlar bölmaganida edi, uning umri ham heç qanday maʼno-mazmunga ega bölmasdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, ayni paytda Amudaryo tumani maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabovaning qöliga qalam tutqazib, ijoddek maşaqqatli maydon sari undagan kuç ham ana şunday yoruğ niyatlar bölsa ne ajab!
Aslida Xonimjon Rajabova uçun ijod maşaqqatini his etmoq tuyğusi begona emas. Uning özi aytmoqçi, qöliga ilk qalam uşlab, qoğoz qoralay boşlaganida 12-13 yaşar qizaloq edi.
ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakulteti talabasi bölgan kezlari ayni paytda Özbekiston xalq şoiri, taniqli şoirlar bölib yetişgan Sirojiddin Sayyid, Mirzo Kenjabek kabi kursdoş döstlari bilan şeʼriy davralarda faol iştirokçi bölar edi.
Talabalikning oltinga teng yillarida şakllanib ulgurgan ijodkor Amudaryo tumanining ijtimoiy-siyosiy gazetasi “Amudaryo haqiqati” (hozirgi “Taraqqiyot közgusi”) sahifalari orqali özining lirik şeʼrlari, jöşqin publitsistik maqolalari, qatra va novellalari, tarjimalari bilan maşʼalday porladi göyo.
Tahririyat muharriri, keyinçalik Amudaryo tumani hokimining örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritiş asnosida maʼlum fursat qalbida alangalanib turgan ijod zavqini bir çetga surib, el-yurt, xalq manfaati yölida faoliyat yuritgan Xonimjon Rajabova hayotni, inson manzaralarini çuqur örgandi. Idrokidagi botiniy va zohiriy tuyğularini goh oşkor, goh pinhon asradi. Baʼzan jöşqin, baʼzan baxşiyona tarzda misralarga jo etdi u bu tuyğularini. Hayot deb atalgan dorilfunun saboqlaridan öziga xulosalar oldi, ajib hikmatlar topdi. Va özi bilgan, anglagan hayot hikmatlarini aziz xalqi bilan birga baham körişga intildi. Pirovardida köngillarni tebratuvçi, insonni öylaşga, fikrlaşga undovçi ajib bir şeʼriy guldasta yaraldi.
Men oyning qiziman,
Tunni yoritgan.
Men quyoş qiziman,
Tandir qizitgan.
Otaş bölib yondim
El dardi bilan.
Bariga guvoh u yillarim aytsin,
Yilning erkatoyi – kunlarim aytsin,
deb kuyladi u el-yurt manfaati yölida, fidoyi mehnatlar bilan keçgan damlari haqida.
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, taniqli şoir, tarjimon va publitsist Yangiboy Qöçqorov Xonimjon Rajabovaning 50 yoşlik yubiley tantanasida sözga çiqib:
– Butun vujudi bilan Tömaris, butun vujudidan xalqiga, ona Vataniga mehr-muhabbat yoğilib turgan mening qadrdon opam, ustozim Xonimjonning şeʼriyati, hayoti, qilayotgan işlari gözal...
Menga taniş döstim savol taşlaydi,
Qanday bölgan ekan gözal Tömaris.
Bilsang, Manğit elida yaşaydi asli,
Xonimjon ismli gözal bir voris.
deb öz tilaklarini bildirgan edi.
Haqiqatan ham Xonimjon Rajabova davlat işlari, oila taşvişlari, 6 nafar farzandlar tarbiyasidan ortib, baʼzan safarlarda, baʼzan xalq xizmatida, uzun tunlari beşik ustiga egilgan holatda biri-biridan hikmatli, jozibali aşʼorlar bitdi. Turmuşning zalvorli muştlariga, hayot sinovlariga jöşqin şeʼriyati bilan qalqon böldi u.
Boşimdan ne ötganin,
Közimdan yoş tökkanim.
Heç kimsa körmasa ham,
Yulduz kördi, oy kördi.
Dardlarim yukin ölçab,
Guvoh koinot aytsin.
Hayotda nolişni noşukurlik, deb bilgan şoira özi çekkan ğam-u hasratlarni ham baxşiyona, xalqona satrlar iforiga örab xalqiga hadya etayotir. Könglida ötayotgan umr lahzalaridan çeksiz qoniqiş hissini tuygan şoira hayot maşaqqatlaridan ham ajib maʼno-mazmunlar, mohiyatlar topib ijod etgani va ana şu ijod zavqi oğuşida yaşagani uçun ham öz boşidan keçgan dardli onlarni noliş ila tilga olişdan yiroq, matonatli. Baʼzi ijodkorlarga öxşab “men bunday azob çekdim, ğamlarim bunça toğ böldi”, qabilida köngil dardlarini tökib solayotgani yöq. Balki sabr-toqatga oşna yaşab ötgan umr yöllaridan çiqargan saboqlari tufayli yetgan baxtiyor damlari uçun “bugungi baxti xaqida haqqa ming sano aytgan kunlariga” ham şukronalar aytayotir.
Hayot sinovlarini mardona yengib yaşamoq baxti ham şoira opamizga xos. Payğambar yoşidan hatlab, uluğlikka yetişgan Xonimjon Rajabova özi aytmoqçi, inson “umrining kuzagida donolikka yuz tutajagini”, bu dam unga çinakam yetuklik va uluğvorlik baxş etganini taʼkidlarkan, yana şukronalar keltiradi. Şoiraning “Inson umri” şeʼrida şunday satrlar bor:
Umrin kuzi kelganida toliqdi u,
Bitta söz kam, ikkitasi oğir botdi.
“Qari” degan oğir dardga yöliqdi u,
Mehnatga yor damlarini ham yöqotdi.
Qiş qorlari yuzlarini çimçiladi,
Olib ketdi közlaridan ravşanni ham,
Sovuq zapti badanini qamçiladi,
Yomon körib qoldi yumşoq töşakni ham...
Şeʼrning har bir satrida sohir qalb iqrori bor. Qolaversa, ötkinçi bu dunyoda umrning bahori, yoz-u kuzidan ham qişi qattiq va sinovli ekanini har lahzada yodda tutib yaşaşga davʼat bor. Inson umriga fasllarga qiyosan taʼrif bergan şoiraning keksalik – donolik degan fikriga qöşilmay ilojingiz yöq.
Xonimjon Rajabova butun umr özi sevgan xalqqa intilib, xalq orasida yaşayotgan ijodkor sifatida özini özi tahrir qilişdan, kamçiliklarini qalban his etib, tahliliy xulosalar çiqarib yaşaşdan aslo çarçamaydilar. Ayniqsa, onaga ehtirom bobida şoiraning öz mardona sözi bor:
Uyqusiz ötkazgan bitta tunining,
Qarzini uzolmay yuribman hamon.
Boşimda parvona ötgan kunining,
Badali böynimda, bosadi armon.
Armon yuki oğir, bosar beayov,
Bedor bir tuningga yetmaydi umrim.
Hamon xotirangdan olib kuç, suyov,
Men yaşab yuribman uluğlab qadring.
Qarang, özi pir-u badavlat ona, qaynona, buvi, hoji ona bölgan şoira hamon dunyodan ötib ketgan aziz insoni – onasi xotirasidan quvvat olayotir.
Bu tuyğu umumning yuragidagi oğriqli ovunç, toğday suyanç, kuç va iroda. Odamzotga xos bu ajib tuyğu, agar inson 100 yoşga kirgan taqdirda ham uning tomirlarida oqqan qon kabi mangu barhayot. Bu onaga ehtiromning şoirona ifodasi.
Xonimjon Rajabova şeʼriyati öziga xos, muhimi, iforli, qalblarni tebratguday xuş nasimli şeʼriyat. Uning “Savob”, “Yurakkinam”, “Tuş”, “Kuz xayollari”, “Haq yöli”, “Farzandlarimga maktub”, “Farzandlarimdan maktub”, “Dunyo”, “Elning nomus-ori yigitlar”, “Omon bölsin yigitlar” kabi şeʼrlarida nafaqat şoiraning, balki umumning könglidagi yoruğ niyatlarga oşna bölasiz. Şeʼrdan şeʼrga ötganingiz sari könglingiz tozaradi, sizga taskin beruvçi bir ibora tilingizga köçadi:
– Töğri aytadilar, hammasi haqiqat, şunday yaşaş kerak aslida!.
Ha, azizlar, sohir qalbdan sizib çiqqan sohir satrlar misli hikmatlar xazinasi kabi könglingizga taskin, xotirjamlik baxş etadi. Bilmadim, men Xonimjon Rajabova samimiyat bilan qölimga tutqazgani – “Qalb qöşiği” kitobini öqib, qalbimda ana şunday xotirjamlikni his etdim. Opamizning “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati” naşriyotida çop etilgan köngil bitiklari kitob javoningizga ziynat va nur bağişlaydi. Zero, uluğ ustozimiz A.Oripov taʼkidlaganlariday: “qalblarni öz musiqiy ohangi bilan tebratmagan şeʼriyat yolğondir”. Xonimjon Rajabova şeʼriyatidagi musiqiy ohang har bir qalbni zabt etişiga işonaman.
Robiya YÖLDOŞEVA, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist, şoira.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶