30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 14:50
Jamiyat 👁 192

Xalqaro nogironlar kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Xalqaro nogironlar kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida “Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoya mujassam. Mazkur jarayonlarda nogironligi boʻlgan yurtdoshlarimizga ham alohida eʼtibor qaratilib, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi faolligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida 3-dekabr ­ Xalqaro nogironlar kuni sifatida eʼlon qilingan boʻlib, bu sana respublikamiz boʻylab keng nishonlanib kelinmoqda.

Sana munosabati bilan 2-dekabr kuni Amudaryo tumanidagi “Xon” toʻyxonasida tashkil etilgan tadbir ham mazkur maqsadlarning amaliy ifodasi boʻldi, deyish mumkin.

Tadbirda tuman hokimining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Faxriddin Yusupov, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyev, Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman boʻlinmasi raisi Nilufar Xalboyeva hamda imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz ishtirok etdilar.

Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarga jamiyat va davlat tomonidan koʻmak va yordam koʻrsatish, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotga faol jalb etishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Eng muhimi, taqdir taqozosi bilan nogiron boʻlib qolgan bironta ham yurtdoshimiz xalqimizning, davlat idoralarining mehru eʼtiboridan chetda qolmasdan, oʻzining mehnati va qobiliyati bilan nafaqat hayotda oʻz oʻrnini egallab kelmoqda, balki azmu matonati, sabr-bardoshi va shukronalik fazilatlari bilan koʻpchilikka ibrat boʻlmoqda.

Tadbirda hokimining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Faxriddin Yusupov soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar ularning hayotdan rozi boʻlib yashashi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini alohida taʼkidlab, shu maqsadda uy-joylar, turli reabilitatsiya-texnik vositalari bilan taʼminlanayotgani, bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlanayotganini aytib oʻtdi.

Jamiyatda har bir inson oʻz oʻrniga ega. Jismonan toʻlaqonli sogʻlom boʻlmasa ham, imkoniyati cheklangan insonlar oʻzlarining hayotga boʻlgan ishonchi va umidini soʻndirmasdan, jamiyatning faol aʼzosiga aylanib, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

Tadbir davomida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyev mamlakatimizda imkoniyati cheklanganlar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, ularning bilim olishi, mehnat qilishi, malakali tibbiy xizmatlardan foydalanishi, oʻz isteʼdod va salohiyatini roʻyobga chiqarishi, oʻzlarini jamiyatimizning toʻlaqonli aʼzosi deb his etishlari uchun qulay sharoitlar yaratilganini taʼkidladi.

Shundan soʻng, bir guruh imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga esdalik sovgʻalari topshirildi. Undan tashqari, 2 nafar nogironligi boʻlgan bolalarga nogironlar aravachasi bilan oʻyinchoqlar, 8 nafar eshitishida nuqsoni boʻlgan keksa yoshdagi imkoniyati cheklanganlarga eshitish moslamalari, 14 nafar yurtdoshlarimizga esa koʻzi ojizlar xassasi berildi.

Tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan namoyish etilgan katta musiqiy dastur tadbirga yanada fayz kiritdi va barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.

Nogironlar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri shoʻx kuy-qoʻshiqlar va dilrabo raqslar bilan davom etdi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026