30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 14:48
Jamiyat 👁 327

“ZOʻRAVONLIKKA QARShI 16 KUNLIK” TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

“ZOʻRAVONLIKKA QARShI 16 KUNLIK” TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi raisining BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni munosabati bilan barcha hududlarda joriy yilning 2023-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha, “Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik” tadbirlarini oʻtkazish belgilangan. Shunga koʻra respublikamiz hududida ham ayollarga nisbatan turli koʻrinishdagi zoʻravonlikka barham berish mavzusidagi tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Maʼlumki, BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro Pakt, Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konventsiya, Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konventsiya va shu kabi boshqa hujjatlarda har bir insonning yashash, erkin boʻlish va shaxsiy daxlsizlik huquqlari kafolatlangan. Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, gʻayriinsoniy, qadr-qimmatni xoʻrlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi, ayniqsa, bolalar va ayollarning huquq va manfaatlari alohida eʼtirof etilgan. Ularning buzilgan huquqlarini himoya qilish, shu bilan birgalikda zoʻravonlikning har qanday koʻrinishiga samarali qarshi kurashish choralarini koʻrishga chaqirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish bilan birga insonga, ayniqsa, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka qarshi kurashish, bunday holatlarning oldini olish va zoʻravonlikka toʻqnash kelgan shaxsni huquqiy-ijtimoiy himoya qilish yuzasidan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlashning huquqiy negizini yaratish bilan birga mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarni oʻz ichiga oladi.

Ushbu Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori va Nizomi xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga oid normalar, shuningdek, zoʻravonlik tushunchasi, uning turlari, zoʻravonlikka qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat va jamoat tashkilotlarining vakolatlari, ular oʻrtasidagi hamkorlik mexanizmi, zoʻravonlikka toʻqnash kelgan shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-huquqiy reabilitatsiyasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Maʼlumki, dunyo boʻylab zoʻravonlik – eng dolzarb va keng tarqalgan ijtimoiy muammo hisoblanadi. Mazkur muammoga qarshi kurashish esa professional yondashuvni, hamjihatlikda harakat qilishni taqozo etadi. Bunday holatlarning oldini olishga, ayol-qizlar va bolalarni turli xil zoʻravonliklar qurboni boʻlishdan asrashga birgalikda harakat qilishimiz, befarq boʻlmasligimiz kerak.

S.Davletmuradov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining sudyasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026