30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:34
Jamiyat 👁 319

IJTIMOIY SOHA OBʼEKTLARIDA ISITISh TIZIMLARI BARQAROR IShLAShIGA ERIShILADI

IJTIMOIY SOHA OBʼEKTLARIDA ISITISh TIZIMLARI BARQAROR IShLAShIGA ERIShILADI

Har yili kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha obʼektlarida gaz bosimi pasayib ketishi, isitish qozonxonalarining yaxshi ishlamasligi tufayli koʻpgina muammolar yuzaga kelar edi.

Joriy yildan boshlab mamlakatimizda ijtimoiy soha obʼektlarining isitish tizimlari bilan tadbirkorlar shugʻullanishi yoʻlga qoʻyildi. Bundan koʻzlangan maqsad isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash, ushbu obʼektlarga issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berish va energiya resurslaridan samarali foydalanish, sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilishdan iboratdir.

Bu borada joriy yilning aprel oyida Prezidentning “Ijtimoiy soha obʼektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilingan boʻlib, qaror ijrosi yuzasidan Amudaryo tumanida ham kuz-qish mavsumigacha muayyan ishlar olib borildi.

Tumandagi 38-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi majlislar xonasida tumanda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy soha obʼektlari rahbarlari va masʼul xodimlariga yigʻilish oʻtkazilib, ularga Prezident qaroriga muvofiq xususiy sheriklik asosida ijtimoiy soha obʼektlarining isitish tizimini yangilash va boshqarish borasida Andijon tajribasini Oʻzbekiston miqyosida joriy etilayotgani, isitish tizimlari tadbirkorga 10-yil muddatga berilishi va ularning xizmatlari davlat tomonidan sotib olinayotgani, bu boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilayotgani boʻyicha keng tushuntirish berilgan edi.

“JKB ENERGY NUKUS GROUP” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan tumanda 125ta ijtimoiy soha obʼektlarini isitish boʻyicha shartnoma imzolangan boʻlib, shundan 26ta ijtimoiy soha obʼektlarini joriy yilda modernizatsiya qilish muvaffaqiyatli tugallandi.

Shu kungacha tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Berdaq oilaviy shifokorlik punktiga 2 dona, shuningdek, maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridan jami 26ta obʼektga 89ta isitish qozonxonalari oʻrnatilib, ishga tushirildi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida isitish tizimlari yangilangan ijtimoiy soha obʼektlarida bugungi kunda normal harorat taʼminlanib, tizim uzluksiz ishlamoqda.

Xususan, Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Berdaq oilaviy shifokorlik punktiga oʻrnatilgan Turkiya davlatiga ishlab chiqarilgan 2ta isitish qozonlari mazkur obʼektda sifatli ishlab, zarur haroratni yaratib turganligi quvonarlidir.

Shuningdek, 43-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga oʻrnatilgan yangi isitish tizimi tufayli muassasada bolajonlar uchun qulay sharoit yaratilgan.

Mangʻit shahridagi 76-sonli, 55-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablari ham yangilangan isitish tizimi orqali isitilayapti. Ushbu taʼlim maskanlarida ham isitish tizimlari uzluksiz va bir maromda, kerakli haroratni taʼminlab bermoqda.

Kelgusida jami 125ta ijtimoiy soha obʼektlarida xuddi shunday yangilangan isitish tizimini joriy qilish koʻzda tutilgan. Xizmat qilish kafolati 15-yil boʻlgan Turkiyada ishlab chiqarilgan isitish qozonlari tumanimiz ijtimoiy soha obʼektlarida kuz-qish mavsumida uzluksiz va moʻʼtadil haroratni yaratib beradi.

Sevara ISMOILOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026