YoNGʻIN VA IS GAZI – INSON HAYoTIGA ZOMIN BOʻLUVChI KULFAT
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan yongʻin va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish borasida bir qator profilaktik koʻriklar tashkil etilmoqda. Oʻrganishlar davomida qurilish ishlarining shaharsozlik meʼyor va qoidalari talablariga javob berishi, loyiha hujjatlarida binolar qutqaruv yoʻllari hamda chiqish eshiklarining tegishli elektr tablolar bilan taʼminlanishi, yongʻinga qarshi yerosti gidrantlari yoki suv hovuzi tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bundan koʻzlangan maqsad – qurilayotgan, rekonstruktsiya qilinayotgan yoki kapital taʼmirlanayotgan binolarning xalqimizga munosib xizmat qilishini taʼminlash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashdan iborat. Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, kuz-qish mavsumi kelishi bilan aholi yashash xonadonlarida yongʻin va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, elektr isitish hamda gaz moslamalaridan toʻgʻri foydalanish, qoʻlbola gaz soʻruvchi moslamalardan foydalanmaslik, isitish qozonlarini tashqariga chiqarib oʻrnatish, isitish tizimi moʻrikonlarini 90 gradus burchakda emas, vertikal holatda toʻgʻri oʻrnatish talablariga rioya etish lozim. Buning bilan oʻz xavfsizligimizni taʼminlab, oilamizning is gazidan zaharlanishining oldini olgan boʻlamiz.
Qurilish ishlarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga esa qurilish paytida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni, qurilayotgan obʼektning shift qismlarini plastik qoplamalar bilan qoplamaslik, maskanni birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan jihozlash, yongʻindan xabarlovchi avtomatik qurilmalarni oʻrnatishni tavsiya qilamiz.
Hurmatli fuqarolar! Yurtimizga Yangi yil bayrami yaqinlashayotgan shu kunlarda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi ogohlantiradi: Yangi yil archalarini toʻgʻri oʻrnating. Tez alangalanuvchi, yonuvchi materiallarni archa tagiga qoʻymang, elektr sim kabellariga eʼtiborli boʻling!
B.AllabergAnov,
tuman FVB Profilaktika va
Nazorat boʻlinmasi katta inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶