30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 13:31
Jamiyat 👁 235

BOYOVUL MAHALLASINING NURONIY ONAXONLARI IShTIROKIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

BOYOVUL MAHALLASINING NURONIY ONAXONLARI IShTIROKIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

Yoshi ulugʻ insonlarni qadrlash, ularning hayot tajribasini oʻrganish, pand-u nasihatlariga doimo amal qilish xalqimizga xos qadriyat hisoblanadi. Ushbu qadriyatlarni davom ettirish hamda yurtimizda katta avlod vakillarining tinchlik, osoyishtalikni mustahkamlashdagi ishtirokini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda ularning boy hayotiy tajribasidan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Amudaryo televideniyesining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida ham “Keksalar – xonadonlarimiz fayzi va farishtasi” shiori ostida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Keksalarni eʼzozlash, ularning pand-nasihatlarini yoshlarga yetkazish orqali jamiyatda oʻzaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va maʼnaviy muhitni shakllantirish borasida hududlarda “Buvijonlar maktabi” aʼzolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tanishtirib borilmoqda.

22-dekabr kuni 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida mazkur grant loyihasi ish rejasiga koʻra Boyovul mahallasida “Buvijonlar maktabi” aʼzolari, nuroniy onaxonlar, mehnat faxriylari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirda loyiha ijrochilari, tahririyat xodimlari va fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli Husnida Abdurahmonova, mahalla qizlari ishtirok etishdi.

Tadbirda dastlab Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi ish rejasiga muvofiq oʻtkazilayotgan tadbirlar, tanlovlar xususida maʼlumotlar berildi. Ushbu tadbirlarning yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarida, ularni kitobxonlikka jalb etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlab oʻtildi. 

Tadbir davomida faxriy oʻqituvchi Hayitgul Allaqova xonadonlar koʻrki boʻlgan bobo va buvijonlar qanoti ostida farzandlarning ulgʻayib, kamol topishida koʻp hikmat mujassamligi, bu hikmatlar ulugʻ yoshdagi keksalarning oʻzbekona tutumlari, oila aʼzolarining xulq-atvoridagi goʻzal sifat va fazilatlarda namoyon boʻlishini eʼtirof etdi.

Shuningdek, qiz bolaning odobi, kiyinish madaniyati, milliy liboslar haqida ham soʻz yuritib, qadimda buvilar, onalar kiygan liboslarga taʼrif berdi. Hayotiy tajribalaridan misollar keltirib, qizlarni ibo-hayoli, odob-ikromli, kasb-hunarli boʻlishga undab, oʻz oilasining koʻrki, ota-onasining faxri, jamiyatga kerakli insonlar boʻlib ulgʻayishlariga tilak bildirdi.

Mahalladagi faol onaxonlar libos har bir xalq milliy madaniyatini, milliy qadriyatlarini oʻzida aks ettiruvchi eng muhim belgi ekanligini alohida taʼkidlab, milliy qadriyatlarimizga, momolarimizning umrboqiy udum va anʼanalariga hurmat bilan qarash lozimligini aytib oʻtishdi.

Boyovul mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli Husnida Abdurahmonova ham libos nafaqat insonning tashqi koʻrinishi bezagi, balki undagi axloq-odob, maʼnaviyat va madaniyatning belgisi ekanligin, momo va buvijonlarimiz kiygan milliy liboslar oʻzbek xalqining qadimiy va oʻchmas maʼnaviyati va boy qadriyatlari oʻz ifodasini topganligini taʼkidlab, mahalla hududida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻzlab oʻtdi.

Nuroniy onaxonlar “Mutaassiblik va yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik”, “Milliy urf-odatlar va anʼanalar”, “Qiz bola odobi”, “Sarishtalik uy – farishtalik uy”, “Ozodalik va poklik – sogʻlik garovi”, “Oilalarda sogʻlom turmush tarzini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish”, “Toʻgʻri ovqatlanish – salomatlik garovi” mavzularida qizlar bilan dildan suhbat qurishdi.

Amudaryo televideniyesining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan tadbir baprchaga manzur boʻldi.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026