IT TIŞLAŞINING OĞIR OQIBATLARI
Qutiriş kasalligi odamga asosan qutirgan hayvonlarning tişlaşi, tirnaşi va sölaklari orqali yuqadi. Virus odamga jarohatlangan teri va şilliq qavatiga (oğzi, közi, burni) qutirgan hayvon sölagi tuşişi orqali ötişi mumkin. Qutirgan hayvonlar sölagi kasallikning yagona yuqiş yölidir. Kasallik odamdan-odamga, odamdan-hayvonga yuqmaydi.
Qutiriş virusi odam organizmiga tuşgandan keyin kasallik birdaniga boşlanmaydi. Dastlab virus periferik asablar atrofida böladigan perineval suyuqlik oqimi bilan orqa va boş miyaga yetib boradi va miya töqimasida köpaya boşlaydi hamda çuqur özgarişlar yuz berişiga sabab böladi. Ayniqsa, tomoq, til va tilosti asab yadrolari köp zararlanadi, yurak urişi va nafas muskullarining qisqarişi, talvasaga tuşib tirişiş, qattiq terlaş, sölak oqişi asablarning zararlanişi sababli böladi. Bu jarayon belgisiz keçadi va kasallikning yaşirin davri deyiladi. Bu davr bir haftadan bir yilgaça, baʼzida undan ham köproq bölişi mumkin. Kasallikning örtaça yaşirin davri 1-3 oyni taşkil etadi. Bu davrning çözilişi yoki qisqarişi jarohat yetkazgan hayvonga, jarohat xajmiga, çuqurligiga, joylaşgan joyiga boğliq. Masalan: boş, böyin, yuz, panja, qöl kafti barmoqlarida jarohat joylaşsa, yaşirin davr qisqa böladi. Kasallik klinik keçişiga qarab 3 davrga bölinadi. Boşlanğiç davr 1-3 kun davom etadi. Tişlangan joy örni qiçiydi, tortişib oğriydi. Bitgan jarohat va çandiq takroran yalliğlanişi mumkin. Bemor tuşkunlikka tuşadi, ğamgin bölib qoladi, uyqusi buziladi, iştahasi böğilib, unda qörquv hissi paydo böladi, kayfiyat özgarib turadi, atrofga loqayd bölib qoladi. Avj oliş davrida bemorning tana harorati kötariladi, yurak urişi tezlaşadi, suvni körganda, hatto suv töğrisida eşitganda ham yutiş muskullari tortişib, qisqarib, qattiq oğriydi, yutinişi qiyinlaşadi. Suvdan qörqiş holatiga havodan qörqiş ham qöşiladi va bemor böğiladi, talvasaga tuşadi. Xuruj zörayib, yoruğlikdan, baland ovoz va şovqindan qörqiş holati vujudga keladi.
Muskullar tortişişi nafas va yutiş muskullaridan boşlanib, keyinçalik hamma muskullarga tarqaladi, ovozi böğiladi, badani terlaydi, sölagi oqadi, hiqiçoq tutadi, köz qoraçiği kengayadi, oyoq-qöllari oğriydi, közlari bir narsadan qörqqandek körinadi. Nafas olişi yuzaki, tartibsiz böladi, vaqti-vaqti bilan bemor çuqur nafas oladi. Bemorning uyqusi buziladi, öz-özini tişlaydi, yonidagilarni urişi, kiyimlarini yirtişi, ğayritabiiy kuç paydo bölişi mumkin. Qözğaliş davri örtaça 2-3 kundan 5-6 kungaça davom etadi. Boşqa yuqumli kasalliklardan farqli ölaroq, qutiriş kasalligida bemor huşini yöqotmaydi.
Kasallikning falaj davrida qörquv alomatlari ança kamayib, bemor tinçlanadi, suyuqlik iça boşlaydi, ovqatlangisi keladi. Lekin tana harorati yuqoriligiça qoladi, bemor sözlarini aniq va tiniq ayta olmaydi. Şundan keyin, oyoqlarida falajlaniş boşlanadi. Oradan 15-20 soat vaqt ötgaç, tananing boşqa muskullari ham falaj böla boşlaydi. Bemordan köp suyuqlik oqişi davom etadi, tana harorati esa kötariladi. Şu holatlar davom etib, bemor yurak-qon tomir faoliyati yetişmovçiligi yoki tana falajlanişi oqibatida vafot etadi.
It tişlaganda dastlab jarohat iliq suvda va kir sovun bilan 2-3-marta yaxşilab yuvilib, jarohat atrofi, 70 foizli spirt yoki 3 foizli yod bilan işlov berilib, toza bint yoki doka bilan boğlanib, zudlik bilan quturişga qarşi yordam körsatiş punktiga yetkazilişi şart. Jabrlanganlarga körsatilgan bu birinçi yordam qançalik tez va sifatli amalga oşirilsa, jarohat yuzasi qutiriş virusi bilan ifloslangan sölakdan şunçalik tez xalos böladi.
It tişlaşi natijasida odamlar nafaqat jismoniy, moddiy va maʼnaviy zarar köradilar, balki ularga ölim muqarrar bölgan öta xavfli qutiriş kasalligi xavf soladi. Agar hayvonlardan jarohatlansangiz, zudlik bilan mutaxassis şifokorga murojaat qilsangiz, qutirişga qarşi öz vaqtida emlansangiz, bu xavfli kasallikdan özingizni saqlagan bölasiz!
(Foto - http://www.uzssgzt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶