30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 13:30
Jamiyat 👁 258

VATANPARVARLIK OYLIGI DOIRASIDA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

VATANPARVARLIK OYLIGI DOIRASIDA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabr kungi Farmoyishiga asosan 2023-yil 25-dekabr kuni Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi, Vatan himoyachilari kuni bayrami hamda Vatanparvarlik oyligi munosabati bilan turli tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Vatanparvarlik oyligi doirasidagi navbatdagi tadbir Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi binosida oʻtkazildi. Maʼlumki, mamlakatimiz boʻylab 2023-yil 15-dekabrdan 2024-yil 15-yanvargacha Vatanparvarlik oyligi oʻtkazilmoqda. Oylik doirasida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan himoyasidek sharafli kasbga yoʻnaltirish maqsadida Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyi rahbariyati bilan hamkorlikda oʻtkazilgan ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsal harbiy akademik litsey faoliyatini keng jamoatchilikka tanishtirish va 9-sinf bitiruvchilaridan iqtidorli oʻquvchilarni oʻqishga taklif qilishdan iborat boʻldi.

Mazkur targʻibot tadbiri davomida Jaloliddin Manguberdi harbiy akademik litseyi oʻqituvchilari Sherzod Roʻzmetov hamda Shaxzod Jumaniyozovlar seminar-trening oʻtkazishdi. Unda Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sherzod Murodov, Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Zokir Saʼdullayev, Oʻzbekiston Respublikasi "Veteran" jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi baynalmilal jangchilari Amudaryo tumanidagi vakili Bahodir Jumaniyozov va faxriy jangchilar, umumtaʼlim maktablarining chaqiriqqacha boʻlgan tayyorgarlik fani oʻqituvchilari va 9-sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tumandagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf oʻquvchilari Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyning amaliy va nazariy oʻquv mashgʻulotlari, mazkur litsey bitiruvchilarining Oliy Harbiy bilim yurtlariga oʻqishga kirishda qanday imtiyozlarga ega boʻlishlari, shuningdek, harbiy akademik litsey kursantlariga qoʻyiladigan asosiy talablar boʻyicha savollar bilan murojaat qildilar.

Aytish joizki, mazkur litseyning asosiy vazifasi oʻquvchilarda xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlariga, madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari insoniy fazilatlarni shakllantirish hisoblanadi.

Shuningdek, oʻquvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy hamda tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlangʻich bilimlarni singdirish, Qurolli Kuchlar va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash ham litseyning vazifalari sirasiga kiradi.

Litsey oʻrta maxsus taʼlim muassasasi hisoblanadi, litseyga qabul va oʻquv jarayoni 2023/2024 oʻquv yilidan boshlangan. Litseyda oʻquv jarayoni davomiyligi ikki yil boʻlib, yillik qabul kvotasi 150 nafarni tashkil etadi.

Targʻibot seminar-trening davomida masʼullar ishtirokchilarning barcha savollariga javob berdilar. Tadbir soʻngida videorolik namoyish etildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026