30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 13:31
Jamiyat 👁 254

“Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” shiori ostida Arnaboʻyi mahallasida uchrashuv oʻtkazildi

“Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” shiori ostida Arnaboʻyi mahallasida uchrashuv oʻtkazildi

Inson zoti borki, bolam deb yashaydi va oʻz farzandining odobli, aqlli, bilimdon va sogʻlom boʻlib ulgʻayishini istaydi. Fan-texnika jadal taraqqiy etib borayotgan hozirgi davrda yosh avlod tarbiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ularning bilim saviyalari, kasb-u hunarlari bilan bir qatorda axloqiy fazilatlari ham oʻsib borishi zarur. Yosh avlod taʼlim-tarbiyasi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish nafaqat hukumatimizning yoki maktablarning vazifasi, balki, har bir ota-onaning, keng jamoatchilikning ham vazifasi hamdir. Mahallada istiqomat qiluvchi har bir fuqaro oʻsha mahallada ulgʻayayotgan barcha yoshlar uchun ham masʼuldir. Xalqimizning “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” degan naqli bejiz aytilmagan.

Yoshlar – barchamizning kelajagimiz. Ularga loqayd qarab, oʻz holiga tashlab qoʻyish – qanday koʻngilsizliklarga sabab boʻlishini hayot tajribalari koʻrsatdi.

“Amudaryo televideniyesi” tahririyati amalga oshirayotgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasida ham yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, ular ongida Vatanga muhabbat milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini shakllantirish, ularni mafkura maydonining turli xurujlaridan himoya qilish nazarda tutilgan.

Shu yilning 28-dekabrida tahririyat xodimlari “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” shiori ostida yosh avlodni har tomonlama yetuk, maʼnaviyatli insonlar qilib voyaga yetkazish, ularni yot gʻoyalardan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tumanimizning Arnaboʻyi mahallasida boʻldilar.

Mahallada 4350 nafar aholi istiqomat qiladi, shuning yarmidan ortigʻini yoshlar tashkil etadi. Hududda 2ta umumiy oʻrta taʼlim, 2ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yoshlarga taʼlim-tarbiya berilmoqda. Bu ishlar maktab, oila, mahalla hamkorligida asosida amalga oshirilayapti. Shuningdek, yoshlarning odobli, axloqli, maʼnaviy barkamol boʻlib voyaga yetishida keng jamoatchilik ulkan rol oʻynamoqda.

Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalar mahalla fuqarolari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda ham keng muhokama etildi.

Tadbirda grant loyihasi ijrochilaridan biri Oygul Rajabova, tuman Ichki ishlar boʻlimi voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhi inspektor-psixologi Nodira Erdosheva, profilaktika inspektori Davron Karimov, yigʻin masʼullari, faol fuqarolari, yoshlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda Oygul Rajabova, yigʻindagi hokim yordamchisi Siroj Oʻrozmatov, Davron Karimov, Nodira Erdoshevalar yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazishda qadimiy urf-odatlarimiz, anʼanalarimizning tarbiyaviy ahamiyatidan keng foydalanish, ularning tartib intizomini qattiq nazorat qilgan holda oilasiga, mahalladoshiga, yurtiga mehrli, munosib qilib voyaga yetkazish lozimligi xususida gapirdilar. Mahalla nuroniylari Yoʻldosh Chovdirboyev, Hamro Ismoilovlar ham bu boradagi oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Mahalla ham oila kabi. Uning tinch-totuvligi, osoyishtaligi, obodligi har bir fuqaroga bogʻliq. Demak, kelajagimiz egalari boʻlgan yosh avlod kamoli ham butun mahallaga daxldor vazifa boʻlib qolaveradi.

Sevara ISMOILOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026