30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 16:07
Jamiyat 👁 2,136

YuZ BILAN YuZLAShAYoTGAN MOMOLAR

YuZ BILAN YuZLAShAYoTGAN MOMOLAR

Biz koʻp narsalarni uzoq-uzoqlardan izlashga odatlanib qolganmiz. Lekin yonginamizda moʻʼjizalar yaratgan, bugungi dorilomon davrimizning mustahkam asosini qurgan, oʻtmishning ogʻir yukini yelkasida tutgan fidoyi insonlar biz bilan yonma-yon yashayotganiga eʼtibor bermaymiz. Hayotda hech narsa tayyor holda osmondan tushmaydi. Bugungi dorilomon zamon ham osmondan tushgan emas. Bu oʻtgan davrdagi millionlab jafokash, fidoyi insonlarning ogʻir zahmatlarining mevasidir.

Ana shunday tabarruk insonlardan Xadicha momo Bovbek qizi va Qizlargul momo Abdullayevalar ayni kunda 98 yoshni toʻldirib, toʻqson toʻqqizinchi bahorni qarshi olishmoqda. Ular soʻnggi 86-yildan buyon tengqur dugona boʻlib, hozirgi "Choykoʻl” ovuli hududidagi "Qoraqipchoq” va "Shagʻal ovul” aholi punktlarida istiqomat qilishadi. 1929-1930-yillarda mana shu aholi punktlari hududida ilk jamoa xoʻjaligi tashkil etilgan. Xadicha momo va Qizlargul momolar oʻsha paytda 12-13 yoshda boʻlib, mazkur jamoa xoʻjaligi paxta maydonlarida erta tongdan qosh qorayguncha mehnat qilishgan.

– U davrlarda yerlar ketmon va belkurak bilan agʻdarilib, chigit ekilardi. Yer haydash uchun qoʻsh hoʻkiz yoki ot, tuya yoxud eshak qoʻsh qoʻshilardi. Ogʻir qoʻl mehnati tinkamadorimizni quritardi. Qosh qorayganda zoʻrgʻa uyimizga yetib borardik. 1933-1934-yillarda roʻy bergan qahatchilik va ocharchilik hammasidan oshib tushdi. Juda koʻp bolalar, keksalar va kasalmand kishilar nobud boʻldi. Ommaviy ravishda yopirilib kelgan terlatma kasalligi ham koʻplarning yostigʻini quritdi, bu kasallik yosh-u qarini ayab oʻtirmadi. Eng sara el-yurt oʻgʻlonlari qatagʻon qurbonlari boʻlishdi. Diniy savodli, bilimdon kishilar qamoqxonalarda oʻlib ketdi. 1929-1930-yillarda yer-mulk egalari quloq qilinib, ularning butun yer-mulki tortib olindi. Xullas, oʻn-oʻn bir yil davomida surunkasiga biron bir quvonchli voqea yoki hodisa roʻy bermadi. 1941-yil 22-iyunda boshlangan ikkinchi jahon urushi biz koʻrgan koʻrgiliklarning hammasidan yomoni boʻldi. Qurol-yarogʻ koʻtarishga qurbi yetadiganbarcha erkak kishilar ketma-ket urushga safarbar qilindilar. Qishloqlarimizda nuqul xotin-xalajlar, keksalar va bolalar qoldi. Endilikda ular urushga ketgan kishilar oʻrnida ham ishlashlari shart edi. "Hamma narsa front uchun, gʻalaba uchun!” degan shior front orqasida mehnat qilayotgan bizlar uchun urush yillari hayotning tub mazmuni boʻlib, biz oʻzlarimizning fidoyi mehnatlarimiz bilan urushda gʻalaba qozonishga munosib hissa qoʻshdik. Urushdan keyingi yillar ham oson boʻlmadi. 1950-yillardan boshlab sal qaddimizni koʻtarib yashay boshladik. Bugungi mustaqillik davriga toʻxtaladigan boʻlsak, bunday tinch, obod, farovon hayotni biz faqat orzu qilganmiz. Dasturxonimiz nonga toʻla, turli noz-neʼmatlar bisyor. Nevara, chevara va evaralarimiz maktablarda, kollej va akademik litseylarda, oliy oʻquv yurtlarida bilim olishmoqda, yetuk mutaxassislar boʻlib yetishishmoqda. Mana shu kamolga yetayotgan yangi avlod bizning porloq kelajagimiz. Ular Oʻzbekistonimizni butun dunyoga tanitishadi.

Xadicha momo Bovbek qizi bilan Qizlargul momo Abdullayevalarning hikoyalarini maroq bilan tinglarkanman, men xalqimizning soʻnggi bir asrlik tarixi haqida aniq bir tasavvurga ega boʻldim.

Ha, bu tabarruk momolarimiz soʻnggi bir asrlik tariximizning tirik guvohlari va mazkur tarixiy voqealarning bevosita ishtirokchilaridir. Biz ularni va ular siymosidagi muhtaram va aziz keksalarimizni yanada qadrlab, eʼzozlashimiz zarur. Bu bizning insoniylik va fuqarolik burchimizdir.

Qobul ShOMURODOV.

Suratda: ikki dugona momolarimiz - oʻngda Xadicha momo Bovbek qizi va Qizlargul momo Abdullayevalar.

Muallif olgan surat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026