Mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tuman kengashining tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2024-yil 12-dekabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Amudaryo tuman kengashining tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda sektorlar rahbarlari, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Kamiljan Aytbayev, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazi boshligʻi Rashid Salayev, “Nuroniy” jamgʻarmasining tuman boʻlimi raisi Ashirboy Qoʻshayev, tashkilotlar rahbarlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, tegishli soha vakillari ishtirok etdilar.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroridan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar ijrosi muhokama etildi.
Mahalla azaldan hayotimizda muhim ahamiyatga ega boʻlib, tinchlik-osoyishtalik, ahillik va hamjihatlik, maʼrifat hamda tarbiya maskani boʻlib kelgan. Shunisi eʼtiborga molikki, bugungi kunda ham mahalla odamlar oʻrtasida mehr-oqibat bardavomligini taʼminlash, milliy qadriyatlarimizni mustahkamlash, odamlarga har tomonlama koʻmak berishda samarali faoliyat olib borayotgan tuzilmaga aylandi.
Aytish joizki, yuqoridagi Farmon va Qaror bilan mahallalarni qoʻllab-quvvatlashni yanada jadallashtirish, mahalla kesimida ishlashga masʼul boʻlgan shaxslarning faoliyatini samarali tashkil etish va ularning hamkorligini taʼminlash, mahallalarning oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularga qonunda belgilangan vakilliklarini amalga oshirishiga koʻmaklashishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berildi.
Yigʻilishda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Kamiljan Aytbayev soʻzga chiqib, Prezidentimizning yaqinda qabul qilgan “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muoammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni mahallalarni qoʻllab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga maʼsul boʻlgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va ularning hamkorligini taʼminlashga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatli boʻlganligini taʼkidlab oʻtdi.
Aytish joizki, ushbu hujjatga koʻra, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasini, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman boʻlimlarini tashkil etish nazarda tutilgan.
Mahallaning xalq bilan davlat oʻrtasida koʻprik vazifasini amalga oshiruvchi mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylanishiga koʻmaklashish, mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirish, uning jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, mahalla boshqaruvida aholining faol ishtirokini taʼminlash uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilangan.
Shuningdek, har bir fuqaro oʻzi va oilasining moliyaviy ahvoli va farovonligini taʼminlashda masʼuliyatini sezishi, boqimandalikka oʻrganmasligi boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish, fuqarolarni oʻz uyi va koʻchasini ozoda saqlashga milliy qadriyat va urf-odatlarni hurmat qilishga chaqirish kabi vazifalar ham koʻzda tutilgan.
Yigʻilish yakunida mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari soʻzga chiqib, Farmon va Qarordan kelib chiqadigan dolzarb vazifalarga oʻz munosabatlarini bildirishdi.
Shundan soʻng, ishtirokchilar orasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashining tashkiliy yigʻilishida qatnashish uchun 7 nafar delegatlar saylandi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶