30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:23
Jamiyat 👁 502

KUYuKKOʻPIRNING TINIB-TINChIMAS HOKIM YoRDAMChISI

KUYuKKOʻPIRNING TINIB-TINChIMAS HOKIM YoRDAMChISI

Mahalla institutining rivojlanishida va tobora xalqqa yaqinlashuvida mahallada faoliyat olib boruvchi hokim yordamchilarining tutgan oʻrni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buni ovul va mahallalarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarda yaqqol koʻrish mumkin. Chunki hokim yordamchilari bevosita xalq orasida, ular hayotiga doir yechimini kutayotgan muammolarni hal etishda aholi bilan hamjihatlikda ish yuritayotganlari bois, yillar davomida koʻplarni qiynab kelayotgan masalalar ijobiy yechim topmoqda.

Amudaryo tumanining Kuyukkoʻpir qishlogʻi azaldan mehnatkash va fidoyi dehqonlar, tadbirkorlar yurti. Surishtirib kelsangiz, bu qishloqdan nomdor  olimlar, shoir-u yozuvchilar, el ardogʻidagi ustoz-murabbiylar, shifokorlar yetishib chiqqan.

Nodirbek Norimbetov Kuyukkoʻpir OFYda hokim yordamchisi sifatida ilk faoliyatini boshlagan kunidanoq ovul ahlining oʻzaro mehr-oqibati, yoshlarning intiluvchanligini koʻrib, dadil ishga kirishdi. OFY raisi Tamara Karimova, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va nuroniylar masalasi boʻyicha OFY raisining maslahatchisi bilan hamkorlikda aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini oʻrgandi. Uyma-uy kirib borib, vaziyatni oʻrganarkan, ovulning ziyoli va ibratli oilalari aʼzolari, shuningdek, nuroniylarning yoshlar tarbiyasiga taʼsiri kuchli ekanligini his etdi. Chunki har bir yosh yo oʻqib, bilim olish, yo boʻlmasa tadbirkorlik bilan, dehqonchilik bilan shugʻullanishga intiladi. Qisqasi, hech qaysisi bekorchi boʻlib qolishni istamaydi.

Shundanmi, Nodirbek Norimbetov hududda ishsizlikka barham berish, ayniqsa, yoshlarning bandligini taʼminlashga asosiy eʼtiborini qaratdi. Bu borada alohida shaxsiy ish rejasini tuzib chiqdi. Oʻrganilgan har bir holatni kundalik ish yurituv daftariga qayd etib, navbati bilan muammolarni hal etishga kirishdi.

Birgina 2022-2023-yillar oraligʻida dehqonchilik qilish orqali oʻz daromad manbaini yaratish istagida boʻlgan 230 nafar fuqaroning roʻyxati shakllantirilib, ularning har biriga 30 sotixdan, jami 60 gektar yer  dehqonchilik qilish, bogʻ yaratishlari uchun ajratib berildi. 8 nafar fuqaroga esa subsidiya asosida ixcham issiqxonalar qurib berilib, ularning bandligi taʼminlandi.

Ovul xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan, binoyiday chevarlik kasblari bor-u, iqtisodiy ahvoli past  boʻlgan xotin-qizlardan 8 nafariga tikuv mashinalari olib berilib, ularning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishlariga koʻmaklashildi. Natijada kuyukkoʻpirliklar orasida tadbirkorlar safi soʻnggi ikki-uch yil ichida ancha oshdi.

Hokim yordamchisining koʻmagi bilan faqat 2022-2023-yillar oraligʻida 30tadan ziyod yangi tadbirkorlik subʼektlari davlat roʻyxatidan  oʻtkazildi. Xususan, 2022-yilda 89 nafar fuqaroga 2 mlrd. 200 mln. soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi. 2023-yilda esa 90 nafar fuqaroga 2 mlrd. 100 mln. soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilib, ularning yakka tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga, oʻz xonadonlari uchun zarur jihozlar, maishiy texnika uskunalari sotib olishlari uchun sharoitlar yaratildi.

Bugungi kunda hokim yordamchisi Nodirbek Norimbetovning oʻz ishiga fidoyiligi, ovul ahlining turmush sharoitini yanada yaxshilashga boʻlgan intilishlari tufayli oʻzini-oʻzi ish bilan band qilgan, shu orqali oilasi hayotida farovonlik muhitini yaratib, hayotdan rozi yashayotgan insonlar talaygina.

“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan Dilshoda Oʻrozboyeva qoʻli gul chevar, lekin bu hunaridan samarali foydalanish uchun oila byudjetidan mablagʻ ajratishning esa imkoni yoʻq. Dilshodaga bu borada hokim yordamchisi Nodirbek yaqin koʻmakdosh boʻldi. Unga tikuv mashinasi olib berilishida yordamlashdi. Ayni paytda Dilshoda Oʻrozboyeva hamqishloqlarining buyurtmalari asosida chevarlik faoliyati bilan shugʻullanib, doimiy daromad manbaiga ega boʻldi.

Yana bir ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol-qizlardan Aysafar Oʻrinboyevaning ham qiziqish va intilishlari inobatga olinib, 11,5 mln. soʻmga non pishirish pechi olishda koʻmaklashdi. Aysafar Oʻrinboyeva ayni paytda hamqishloqlarining buyurtmalari asosida issiq non pishirishni yoʻlga qoʻyganidan, bundan ham muhimi, doimiy ish, doimiy daromad manbaiga ega boʻlganidan xursand.

Nodirbek Norimbetovning kundalik ish rejalari qayd etilgan daftarda Dilfuza Allamberganovaning ham ism-sharifi paydo boʻldi. Kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj Dilfuza Allamberganovaga ham subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berilib, uning ham doimiy daromad manbaiga ega boʻlishi uchun sharoit yaratildi.

Hokim yordamchisining Kuyukkoʻpir OFY binosidagi xonasi deyarli har kuni gavjum. Kimdir farzandining oʻqishi uchun, yana kimdir safarbarlik chaqiruv rezervi shartnoma toʻlovi uchun yordam soʻrab keladi. Yana kimdir kelin tushirish, qiz uzatish toʻylarida yetishmovchilik boʻlayotganidan shikoyat qilsa, yana bir toifadagilar yer, suv, uy taʼmirida yordamga muhtoj. Hokim yordamchisining kundalik ish rejalar daftarida shu tariqa yangi-yangi qaydlar paydo boʻlaveradi. Nodirbek  Norimbetov uchun esa kuyukkoʻpirliklar hayotiga doir muammolarni hal etish  hamma narsadan muhim. Chunki oʻzi faoliyat yuritayotgan hudud aholisining oʻz hayotidan, davlatimizdan rozi yashashi uchun koʻmaklashish yuksak masʼuliyat. Ana shu masʼullik tuygʻusi Nodirbekka kuch, ruhiyatiga tetiklik bagʻishlaydi.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026