30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 12:13
Salomatlik 👁 379

XITOY QIShLOGʻI YoShLARI TANIQLI YoZUVChI VA ShOIRLAR BILAN UChRAShDILAR

XITOY QIShLOGʻI YoShLARI TANIQLI YoZUVChI VA ShOIRLAR BILAN UChRAShDILAR

Har qanday xalqni va millatni dunyoga tanituvchi omillardan biri – bu uning maʼnaviyati, adabiyoti va joʻshqin sheʼriyatidir. Chunki adabiyot bor joyda, sheʼriyat hokim davralarda koʻngillar birlashadi, ulugʻ ustoz shoir, Oʻzbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov aytganlariday, “koʻngillar-koʻngillardan suv ichadi!” Bu – inson ruhiyatining tozarishiga, maʼnaviy barkamollikka ishora.

www.amunews.uz veb-sayti tahririyatining Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi ish rejasiga koʻra, Amudaryo tumanining Xitoy ovul fuqarolar yigʻini hududidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan yozuvchi va shoirlar bilan Xitoy qishlogʻi yoshlarining uchrashuvida ham yaxshi sheʼr, samimiy suhbat, oʻzaro fikr almashuvlardan ishtirokchilar maʼnaviy bahra oldilar.

Mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, ularning dunyoqarashini rivojlantirishga hissa qoʻshish maqsadida amalga oshirilayotgan “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi doirasidagi mazkur tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilari ijodiy Uyushmasi aʼzosi, shoir Tursunboy Abdullayev, Oʻzbekiston Yozuvchilari ijodiy Uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoira Robiya Yoʻldosheva, Oʻzbekiston jurnalistlari Uyushmasi aʼzosi, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi masʼul kotibasi Ozoda Xudoyberganova, 2-sonli umumtaʼlim maktabining yuqori sinf oʻquvchilari, oʻqituvchilari, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Oybek Otamurodov, Bahodir Shomurodovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv tadbirini taniqli yozuvchi va shoir Tursunboy salomchi Abdulluyev ochdi va www.amunews.uz veb-sayti ijodkorlari tomonidan “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi doirasida tumanning turli hududlarida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning yoshlar tarbiyasi, oilalarda barqaror maʼnaviy muhitni shakllantirishdagi ahamiyati haqida soʻz yuritdi. Shu bilan birga mamlakatimizda Uchinchi Renessansni barpo etishda yoshlar kitobxonligining tutgan oʻrni toʻgʻrisida qimmatli fikrlar bildirdi.

Shundan soʻng, shoira Robiya Yoʻldosheva ayni paytda balogʻat yoshi ostonasida turgan oʻquvchi-yoshlar bilan samimiy muloqot oʻtkazdi. Ularni yanada yaxshi oʻqishga davʼat etib, Xitoy qishlogʻidan yetishib chiqqan akademik-olimlar, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, ayni paytda dunyoning rivojlangan davlatlarida tahsil olib, ilmiy izlanishlar olib borayotgan boʻlgʻusi olim yoshlar xususida soʻzlab berdi, yoshlarni oʻqib-izlanishdan toʻxtamaslikka davʼat etdi.

Tadbir davomida navbatma-navbat Tursunboy Abdullayev, Robiya Yoʻldoshevalar yangi sheʼrlaridan oʻqib berdilar.

Oʻzbekiston Jurnalistlari Uyushmasi aʼzosi, iqtidorli jurnalist Ozoda Xudoyberganova ishtirokchilarga kitobxonlikning ahamiyati, turli buzgʻunchi oqimlardan himoyalanishdagi oʻrni, mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashda insonning kitobdan olgan bilimi mustahkam qalqon boʻlishi xususida hayotiy misollar orqali fikr yuritib, adabiyot va sheʼriyatning yuksak maʼnaviy qudrati toʻgʻrisida sermazmun maʼruza qildi.

Samimiy va dildan muloqot tarzida boʻlib oʻtgan uchrashuv tadbiri ishtirokchilar qalbida kitobxonlikka, adabiyot va sheʼriyatga mehr-muhabbat tuygʻusini mustahkamlagani bilan katta ahamiyat kasb etdi.

Muyassar Xalillayeva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026