MANGʻIT DEHQON BOZORI HUDUDIDA YoNGʻIN XAVSIZLIGINI TAʼMINLASh YuZASIDAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI
Soʻnggi vaqtlarda mamlakatimizning turli hududlarida joylashgan bozor majmualarida, bozorlar hududlaridagi savdo shoxobchalarida tez-tez turli koʻrinishdagi yongʻin holatlari sodir boʻlayotgani hech kimga sir emas. Mutaxassis va ekspertlarning xulosalariga koʻra, yongʻinlar asosan yongʻin xavfsizligi qoidalariga eʼtiborsizlik, elektr energiyasi jihozlaridan notoʻgʻri foydalanish, koʻpchilik hollarda yosh bolalarning qarovsiz qoldirilishi, shuningdek, yongʻin sodir boʻlgan majmualar hududidagi koʻpchilik savdo shoxobchalarida elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy, taqiqlangan jihoz va uskunalar asosida ulanish orqali yuz bermoqda.
Xalqimiz bekorga yongʻin hodisasi bilan bogʻliq fojealar sodir boʻlganda “yongʻin – tilsiz yov iborasini yaratib, “oʻt – olov balosidan saqlasin”, deya iltijoli duolar qilishmaydi. Chunki, yongʻin keltirgan zarar, vayronagarchilik, hatto ayrim holatlarda kuzatilayotgan inson hayotiga boʻlgan tahdidni hech narsa bilan qoplab boʻlmaydi. Shu bois, yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish, yuz berishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarning oldini olish har birimizning zimmamizdagi burchimizdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tegishli topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar rejasiga koʻra, yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish yuzasidan aholi keng qatlamlarini jalb qilgan holda muntazam ravishda oʻtkazilib kelinayotgan targʻibot-tashviqot ishlari ham oʻz samarasini bermoqda.
Xususan, joriy yilning 31-yanvar sanasida Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari, tegishli soha vakillari, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, gaz taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat va targʻibot-tashviqot tadbirida ham Mangʻit Dehqon bozori hududidagi savdo shoxobchalarining yongʻinga qarshi zarur jihoz va uskunalar bilan taʼminlanganlik darajasi tekshiruvdan oʻtkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrildi.
Shuningdek, bozor hududida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subʼektlari, bozor rastalari oraligʻida yongʻin oʻchirish avtomobillarining erkin harakatlanishi uchun sharoitlarning mavjudligi, yongʻinga qarshi suv havzalarining sozligi koʻrib chiqilib, masʼullar ishtirokida alohida muhokama etildi va yongʻin bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha zarur takliflar, tushuncha va tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida bozor hududidagi savdo shoxobchalarida yongʻinga qarshi qalqonchalar mavjudligi, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan taʼminlanganligi, bundan tashqari, bozor hududida evakuatsiya yoʻlaklarining sozligi, sunʼiy toʻsiqlar bilan toʻsib qoʻyilmaganligi alohida nazoratdan oʻtkazilib, bozor hududida yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish boʻyicha bozor maʼmuriyati va masʼul xodimlarga kerakli tavsiyalar, takliflar bildirildi.
Boʻlib oʻtgan nazorat, targʻibot va tashviqot tadbiri Mangʻit Dehqon bozori majmuasi hududida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar, savdo shoxobchalari ishchilari uchun yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasidagi zaruriy bilim va tushunchalarini boyitgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Z.Ahmedov, Amudaryo tumani FVB boshligʻi, kapitan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶