30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 11:57
Jamiyat 👁 290

Aliment oluvchi oilalarning yashash sharoitlari oʻrganildi

Aliment oluvchi oilalarning yashash sharoitlari oʻrganildi

15-fevral kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi, Amudaryo tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi masʼullari hamkorlikda aliment oluvchi oilalar holidan xabar oldilar. Ishchi guruh ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlari, ularning muammo va qiyinchiliklarini yaqindan oʻrgandilar.

Ishchi guruh tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi xodimi Alisher Rahimov, tuman prokurori Aziz Roʻzmetov, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nodir Kamolov, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi boshligʻi Quvanish Esenbekov hamda qator mutaxassislar aliment oluvchi oilalar aʼzolari bilan yaqindan suhbat qurdilar. Oʻzaro suhbatlar chogʻida oilalarning kundalik ehtiyojlari oʻrganildi hamda ularga yordamlar koʻrsatildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, tumanimizda oilalarning mustahkamligini taʼminlash, ajrimlarning oldini olish borasida masʼullar tomonidan samarali ishlar qilinmoqda. Shuningdek, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi tomonidan alimentlarni oʻz vaqtida undirish borasida qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi ish yurituvida aliment undirish bilan bogʻliq jami 978 ta ijro hujjatlari mavjud boʻlib, shundan 327 ta qarzdor ishsizlik xisobidan Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan aliment pullarini toʻlab kelmoqda.

Shuningdek, 651 ta qarzdorning aliment pullari Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 64-moddasiga muvofiq ish haqlaridan undirilmoqda.

Byuroning Qoraqalpogʻiston Respublikaasi boshqarmasi boshligʻi tomonidan alimentdan qarzdorligi boʻlganlarni ishga joylashtirish boʻyicha 2024-yilning yanvar-iyun oylari uchun reja-grafik tasdiklangan boʻlib, mazkur reja grafik asosida, Amudaryo tuman prokuraturasi, tuman xokimligi, bandlikka koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda xar oyda aliment toʻlovchi ishsiz qarzdorlarni ish bilan taʼminlash joriy yilning yanvar, fevral oylarida ikki marotaba mehnat yaramarkasi oʻtkazilgan. Mazkur mehnat yarmarkalarida jami 36 nafar ishsizlar doimiy ish oʻrni bilan taʼminlangan, shundan, 4 nafari aliment toʻlovchi fuqarolar hisoblanadi.

Qolaversa, 10 mln. soʻmdan ortiq aliment qarzdorligi boʻlgan 147 ta qarzdorlarning ham sharoitlari oʻrganilgan. Fevral oyi holatiga 139,7 mln soʻm qarzorligi boʻlgan 16 ta xonadonlar oʻrganilib, shundan, 3 tasiga 11,1 mln soʻm pul mablagʻlari undirib berilgan.

Ishchi guruh vakillari aliment oluvchi oilalarning yashash sharoitlarini oʻrganish mobaynida ularning koʻplab kundalik ehtiyojlari mavjudligini aniqladilar. Ishchi guruh aʼzolari tomonidan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, farzandlariga kiyim-kechak va oʻquv qurollari berildi hamda 2 ta oila yarashtirildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026