30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:29
Jamiyat 👁 394

DARYoBOʻYI MAHALLASIDA YaNGI “LAYLO” OILAVIY MTT ISh BOShLADI

DARYoBOʻYI MAHALLASIDA YaNGI “LAYLO” OILAVIY MTT ISh BOShLADI

Amudaryo tumanining Daryoboʻyi mahallasi hududidagi Amudaryo MTPga qarashli bino kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan boʻldi. Qishloqda har qanday xabar shahardagiga qaraganda yashin tezligida tarqaladi. Chunki qishloqda hamma bir-birini yaxshi taniydi, birov-birovga begona emas. Tadbirkor Eldorbek Qodirov ham bu xabarni eng birinchilardan boʻlib eshitdi-yu, koʻnglida uzoq vaqtdan beri oʻylab yurgan rejasi – oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻyish haqida oʻylab qoldi. Oila aʼzolari bilan oʻylashib, kimoshdi savdosiga qoʻyilayotgan MTP binosining holatini borib koʻrdi. Jiddiy taʼmirtalab holatdagi binoni bolalar taʼlim-tarbiyasi uchun munosib holatga keltirish uchun anchagina mablagʻ zarurligini bilib tursa-da, ezgu niyatidan qaytmadi, kerakli hujjatlarini taxt qilib qoʻydi va kimoshdi savdosida ishtirok etib, gʻolib boʻldi.

Shu kundan boshlab Eldorbek Qodirov bino atrofini obodonlashtirish, joriy taʼmirlash ishlarini boshlab yubordi. Qarovsizlikdan suvoqlari koʻchib, namlik tufayli eshik va deraza romlari yaroqsiz holatga kelib qolgan bino taʼmiri uchun 400 mln. soʻm oʻz mablagʻini ajratgan tadbirkor to binoda soʻnggi pardozlash ishlari bitgunga qadar quruvchi-ustalarga koʻmakdosh boʻldi. Barcha qurilish-taʼmirlash ishlari nihoyasiga yetkazilgach, tadbirkor bino ichkarisidagi xonalarni zamonaviy mebellar bilan jihozladi. Bolalar ichki oʻyinxonasi, yotoqxona, hatto yuvinish xonasi va oshxona jihozlarigacha bolalar psixologiyasi, ularning oʻziga xos dunyosiga mos jihozlar bilan jihozlanishiga eʼtibor qaratdi.

Joriy yilning 10-fevral sanasida tadbirkor Eldorbek Qodirovning ezgu niyati amalga oshdi va 50-oʻrinli “Laylo” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Daryo boʻyi mahallasi bolajonlarini oʻz bagʻriga oldi.

Oilaviy nodavlat MTTning ochilish marosimida Amudaryo tuman hokimining oʻrinbosari Nodir Kamolov, tuman MMTB mudiri Yalgʻosh Shomurodov hamda Daryoboʻyi MFY masʼullari ishtirok etishdi. Marosimda soʻzga chiqqan tuman MMTB boʻlimi mudiri Yalgʻosh Shomurodov tadbirkor Eldorbek Qodirovga yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlidagi sharafli va xayrli ishlarida omad tiladi.

Barcha sharoitlarga ega “Laylo” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirilishi munosabati bilan 6 nafar fuqaroning doimiy ish bilan bandligi taʼminlandi.

Farzandlarimiz kamoloti yoʻlidagi har qanday ish ezgu va xayrlidir. Tadbirkor Eldorbek Qodirovning saʼy-harakatlari tufayli Daryoboʻyi mahallasining turli tashkilot va korxonalarda ishlovchi yosh onalari,shuningdek, farzandlarini zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotiga berishni xohlovchi uy bekalari va yosh oilalari uchun ayni muddao boʻldi. Mazkur oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotida bolajonlarning maktabgacha taʼlimi va tarbiyasi uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Tarbiyalanuvchilar turfa oʻyinchoqlar ularning fikrlash, nutqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan qiziqarli mashgʻulotlar bilan qamrab olingan.

- Xalqimizning oʻz hayotidan rozi yashashlariga koʻmaklashish burchimiz, - deydi Eldorbek Qodirov. – Eldoshlarimga ozmi-koʻpmi , nafim tegayotganidan xursandman.

Ayni paytda Daryoboʻyi mahallalik bolajonlarni oʻz bagʻriga olgan oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatidan ota-onalar ham mamnun.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026