30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:29
Jamiyat 👁 485

“ENG NAMUNALI MAHALLA RAISI” TANLOVINING AMUDARYo TUMANI BOSQIChI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

“ENG NAMUNALI MAHALLA RAISI” TANLOVINING AMUDARYo TUMANI BOSQIChI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentinin 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahallani qoʻllab-quvvatlash Kengashining 2024-yil 12-fevraldagi bayoniga muvofiq, Amudaryo tumanida joriy yilning 19-25-fevral kunlari “Eng namunali mahalla raisi” Respublika tanlovining sektor bosqichi oʻtkazilib, unda toʻrtta sektor hududidagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirok qildilar.

Sektor bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari koʻrik-tanlovning tuman bosqichida oʻzaro kuch sinashdilar.

“Eng namunali mahalla” koʻrik-tanlovi Nizomi talablariga koʻra, har bir ovul va mahalla fuqarolar yigʻini raisi rahbarligida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligiga, ayniqsa infratuzilmalarining rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Koʻrik-tanlovining Amudaryo tumani bosqichi joriy yilning 28-fevral sanasida tumandagi 82-sonli umumtaʼlim maktabi faollar zalida boʻlib oʻtdi. Tanlovda sektor bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallagan jami 12ta mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirok etdilar va belgilangan Nizom talablariga koʻra, tanlov ochiqlik va shaffoflik asosida amalga oshirildi.

Koʻrik-tanlovda ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarining Kengashlari, jamoatchilik tuzilmalari, hududlarda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, xalqni ijitmoiy himoyalashga qaratilgan chora-tadbirlar va bu chora-tadbirlarning aholi hayotida tutgan oʻrni, yoshlar bandligini taʼminlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish borasidagi amaliy ishlarning natijadorligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Koʻrik-tanlov yakunida aholi punktlarida olib borilgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini, yuqori saviyada olib borgan ayniqsa, oʻzlari yashab turgan hududni bogʻ-rogʻlarga aylantirish, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini keskin kamaytirishga erishgan, yosh oilalar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar, ajrashish holatlari sodir boʻlmagan ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari gʻolib boʻldilar. Unga koʻra, koʻrik-tanlovning Nizomi talablariga toʻla mos keladigan Xitoy ovul fuqarolar yigʻini raisi Davlatboy Otajonov faxrli 1-oʻrinni egalladi.

Oʻzi rahbarlik qilayotgan mahalla fuqarolar yigʻini hududida xotirjam va osoyishta turmush tarzini yaratgan, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilishni zamon talablari darajasida amalga oshirayotgan, aholi muammolari bilan ishlashda oʻziga xos tajribaga ega deb topilgan Oʻzbekiston MFY raisi Akbarjon Boltaboyev faxrli 2-oʻrin sohibi boʻldi.

Amalga oshirayotgan ishlari koʻrik-tanlovning barcha shartlariga toʻla javob beradigan, rasmiy hujjatlar, ariza va shikoyatlar boʻyicha oʻziga xos tajribaga ega deb topilgan Choykul ovul fuqarolar yigʻinining raisi Begzod Aytekov 3-oʻringa loyiq koʻrildi.

Koʻrik-tanlov yakunida fuqarolar yigʻinlarining gʻolib raislari tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirildilar.

Xitoy ovul fuqarolar yigʻini raisi Davlatboy Otajonovga koʻrik-tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma berildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026