15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 03:46
Jamiyat 👁 292

NURONIYLAR VA EHTIYoJMAND OILALAR UChUN IFTORLIK TAShKIL ETILDI

NURONIYLAR VA EHTIYoJMAND OILALAR UChUN IFTORLIK TAShKIL ETILDI

Ezgulik, saxovat, mehr-oqibat va shukronalik timsoli boʻlgan muborak Ramazon oyida kishilarning koʻnglini koʻtarish, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish azaliy qadriyatlarimizdan biridir. Shunday qutlugʻ kunlarda yurtimizning barcha hududlarida roʻzadorlar uchun iftorliklar tashkil etilib, xayr-saxovat tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Amudaryoda ham tuman hokimligi tomonidan iftorlik dasturxoni yozilib, eldagi yoshi ulugʻlar, mehnat faxriylari, ijtimoiy koʻmakka muhtoj aholi, roʻzadorlar taklif etildi. “Nurota” kafesida boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda “Hoji Eshon bobo” masjidi imom-xatibi Rajabboy Habibullayev, “Bobo Rustam bobo” jomʼe masjidi imom xatibi Hayitboy Aytekovlar qatnashishdi.

Iftorlik tadbirida tumandagi “Hoji Eshon bobo” masjidi imom-xatibi Rajabboy Habibullayev maʼruza qilib, ushbu fazilatli oyda amalga oshiriladigan savobli ishlar xususida keng toʻxtaldi. Shu kunlarda kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga xayr-saxovat koʻrsatish, nogironlar, bemorlar, yolgʻiz insonlar hamda nuroniylar holidan xabar olishdek ezgu amallar koʻproq bajarilayotganini aytib, ularning savobi haqida soʻzladi.

Bunday xayrli tadbirlarning tashkil etilishi Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam boʻlgan odamiylik, inson shaʼnini ulugʻlash, yaxshilik va saxovat, tinch va osoyishta hayotni qadrlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat, oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash kabi ezgu fazilatlarni oʻzida namoyon etadi.

Taʼkidlanganidek, muqaddas islom dinining asosiy ulugʻ ruknlaridan biri Ramazon oyidagi roʻza ibodatidir. Alloh taolo bandalari uchun har ikki dunyo saodatini koʻzlab, bu ibodatni islomning ulugʻ farzlari qatoriga qoʻshgan. Roʻza nafaqat Muhammad sallolohu alayhi vasallamning ummatlariga, balki avvalgi paygʻambarlarning ummatlariga ham buyurilgan. Ramazon roʻzasi Hazrati Paygʻambarimiz Muhammad sallolohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilganlaridan soʻng, hijratning ikkinchi yili shaʼbon oyida farz qilingan. Ramazon ochlik, tashnalik, nafsni qiynash bilan Alloh taologa qurbat, taqvo hosil qilinadigan buyuk oydir.

“Hoji Eshon bobo” masjidi imom-xatibi Rajabboy Habibullayev bu muborak oyda qilingan xayrli, savobli ishlarga boshqa oylardagidan koʻproq ajru-savoblar berilishini aytib, shu kunlarda ilm-maʼrifatni boyitish bilan shugʻullanish hamda yordamga muhtoj insonlarga xayru-ehson qilishni koʻpaytirish fazilatli ishlardan hisoblanishini taʼkidlab oʻtdi.

Ramazon oyi roʻzasini tutish Qurʼoni karim, Sunnati nabaviy va Ijmoi ummat bilan sobit boʻlgan. Rasululloh sallolohu alayhi vasallam, u zotning sahobalari, tobeinlar va solih insonlar Ramazon oyiga katta eʼtibor berishgan, bu oy kelganida nihoyatda xursand boʻlishgan. Bu oyda har qachongidan saxiylik va oliyhimmatlilik koʻrsatib, faqir va miskin odamlarga sadaqa, ehson, taom ulashishgan, roʻzadorlarga iftorliklar uyushtirishgan.

Iftorlik dasturxoni atrofida mamlakatimizdagi oʻzgarishlar, bunyodkorliklar, xalqimiz farovonligini taʼminlash yoʻlida koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar tilga olindi. Shuningdek, soʻnggi yillarda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, milliy qadriyat va anʼanalarimizning yosh avlod tarbiyasidagi oʻrni, ahamiyati singari mavzularda ham dildan suhbatlashildi.

Tadbir soʻngida keksalar duoga qoʻl ochib, yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovon hayot, ezgu va xayrli ishlarga bardavomlik, har bir xonadonga fayz-u barokat tilashdi hamda koʻrsatilgan hurmat-ehtirom uchun masʼullarga minnatdorlik bildirishdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019