30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 23:49
Sport 👁 516

Amudaryo tumani hokimi kubogi uchun kurash boʻyicha tuman ochiq birinchiligi oʻtkazildi

Amudaryo tumani hokimi kubogi uchun kurash boʻyicha tuman ochiq birinchiligi oʻtkazildi

Kurash – bu oʻzbek xalqining qadimiy milliy sport turi boʻlib, uning ildizlari kamida uch yarim ming yillik tarixga ega. Bu sport turi adolatli va halol yoʻl bilan maqsadga erishishni targʻib qiladi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan soʻng kurash milliy sport turi maqomini olib, uning rivojlanishi va xalqaro maydonga chiqishiga katta eʼtibor qaratila boshlandi. 1998-yilda Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi tashkil etilgan boʻlib, ushbu sport turining qoidalari standartlashtirildi hamda global miqyosda targʻib qilina boshlandi.

Kurashning texnikalari, anʼanalari, qoidalari va falsafasi avloddan-avlodga oʻtib kelmoqda. Mana shu ming yillik anʼanalarni saqlash va rivojlantirish maqsadida kurash boʻyicha turli sport musobaqalari, ochiq birinchiliklar, turnirlar oʻtkazib kelinmoqda. Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov tashabbusi bilan tuman hokimi kubogi uchun Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida oʻtkazilgan ochiq birinchilik ham shular jumlasidandir.

Tumanning Chordara mahallasi hududidagi sport maktabi filiali imoratida oʻtkazilgan tuman ochiq birinchiligi musobaqalari koʻplab yangi nomlarni kashf qilishda vosita boʻldi. Ikki kun davomida oʻtkazilgan musobaqalarda sportchilar turli vazn toifasida gʻoliblik uchun kurashdilar.

Hokim kubogi uchun oʻtkazilgan tuman ochiq birinchiligida amudaryolik polvonlardan tashqari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining turli hududlaridan kelgan sportchilar ham ishtirok etdi.

Musobaqalarning ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar taʼkidlaganlaridek, sport yoshlarning jismoniy va maʼnaviy rivojlanishida muhim rol oʻynaydi, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yot gʻoyalardan asrashda asosiy omil hisoblanadi. Sport orqali yoshlar oʻzlarining jismoniy kuchlarini oshirish bilan birga, jamoaviy ishlash, maqsad sari intilish va oʻz-oʻzini nazorat qilish kabi muhim koʻnikmalarni ham rivojlantiradilar. Shuningdek, sport yoshlarga oʻzlarining energiyalarini ijobiy yoʻnalishda sarflashga ham yordam beradi. Shu sababli ham mamlakatimizda yoshlarni sportga jalb qilish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun davlat tomonidan turli dasturlar amalga oshirilmoqda.

Aytish joizki, sportning yoshlar hayotidagi ahamiyati faqatgina ularning shaxsiy rivojlanishi bilan cheklanmay, balki ularning ijtimoiy munosabatlarini ham yaxshilashga xizmat qiladi. Sport musobaqalari va mashgʻulotlari orqali yoshlar boshqa tengdoshlari bilan tanishib, doʻstlashish va oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatlariga ega boʻladilar. Bu esa ularning ijtimoiy aloqalarini kengaytirish va jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlariga yordam beradi.

Bundan tashqari, sport yoshlarning jismoniy salomatligini mustahkamlash va ularni turli kasalliklardan himoya qilishda ham katta ahamiyatga ega. Jismoniy faollik yoshlarning immun tizimini kuchaytiradi va ularni stress va depressiya kabi ruhiy muammolardan saqlaydi. Eng muhimi, sport yoshlarga oʻzlarining maqsadlariga erishishda sabr-toqat va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Sportdagi muvaffaqiyatlari va magʻlubiyatlari orqali yoshlar hayotdagi muhim darslarni oʻrganadilar va bu tajribalar ularning kelajakdagi hayotlarida muhim rol oʻynaydi.

Tuman hokimi kubogi uchun oʻtkazilgan ochiq birinchilik ham mana shunday maqsadning roʻyobga chiqishini koʻzlab amalga oshirilgan ijtimoiy tadbirdir.

Ochiq birinchilik yakunlariga koʻra yoshlar oʻrtasidagi barcha vazn toifalarida Amudaryo tumani BOʻSM sportchilari gʻolib boʻldi. Jumladan, 55 kilogramm vazn toifasida Azamat Sobirov, 60 kilogramm vazn toifasida Javohir Bozorboyev, 71 kilogramm vazn toifasida Karomaddin Yoʻldoshevlarga teng keladigan polvon topilmadi. Kattalar oʻrtasida 60 kilogramm vazn toifasida nukuslik Paraxat Yerejepov, 66 kilogramm vazn toifasida amudaryolik Sardor Ogʻaboyev, 73 kilogramm vazn toifasida gurlanlik Siroj Saparimbetov, 81 kilogramm vazn toifasida ham gurlanlik Izzat Rahimboyev, 81 kilogrammdan ortiq vazndagi kurashchilar oʻrtasida esa amudaryolik Samir Nazarboyevlar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Umumjamoa hisobida amudaryolik polvonlar birinchi oʻrinni egallashdi. 2-oʻrin Nukus shahri jamoasiga, 3-oʻrin esa Gurlan tumani polvonlariga nasib etdi. Musobaqa gʻoliblari va faol ishtirokchilarga tuman hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Chorsham Tajimurodov, tuman BOʻSM direktori

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026