30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:32
Jamiyat 👁 381

Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan 21 nafar fuqaro doimiy ish joyiga ega boʻldi

Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan 21 nafar fuqaro doimiy ish joyiga ega boʻldi

Mehnat yarmarkalari aholi, ayniqsa mehnat bozoriga endi kirib kelayotgan yoshlarni ish bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Bu kabi tadbirlar ish izlayotgan shaxslarga va ish beruvchilarga bir-birlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish imkonini beradi. Shu sababli ham mamlakatimizda aholini ish bilan taʼminlash, yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha davlat siyosati doirasida mehnat yarmarkalari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada Amudaryo muhandislik texnikumida oʻtkazilgan “Karera kuni” hamda “Mehnat yarmarkasi” ham nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ahamiyatli tadbir boʻldi.

Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari Fahriddin Yusupov, tuman prokurori yordamchisi Sanjar Abdullayev, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Rashid Salayev, mazkur boʻlim boshligʻining oʻrinbosari Bahodir Boltaboyev, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratov, Savdo-sanoat palatasi tuman boʻlimi boshligʻi Maqsud Rajabov va tumandagi muassasa, korxona hamda tashkilotlar masʼullari, faol tadbirkorlar, ishbilarmonlar ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi tuman hududida yashovchi ish izlovchi fuqarolar, ayniqsa yoshlarni, umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar taʼlimi maskanlari, oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarini mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan yaqindan tanishtirishdir.

Mehnat yarmarkasida taklif etilgan boʻsh ish oʻrinlari ish izlovchilarga keng tanlov imkoniyatlarini taqdim etdi. Jumladan, yarmarkada tumandagi turli korxona va tashkilotlar oʻzlarida mavjud boʻlgan 339ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi. Bundan tashqari, salohiyatli tadbirkorlar – “Rasulov Oybek taomlari” oilaviy korxonasi 50 ta, “JKB Energy Amudaryo group” MChJ 100ta, “Jumamurod usta” MChJ 10 ta, “Ravshanbek Yulduzxon” xususiy korxonasi 10 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdi.

Mehnat yarmarkasida aholining turli toifa qatlamlari, jumladan yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, nogironligi boʻlgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan, harbiy xizmatdan kelgan, mehnat migratsiyasidan qaytgan yurtdoshlarimiz, shuningdek aliment toʻlovchi fuqarolar, jami 145 nafar ish izlovchilar ishtirok etdi.

Ishtirokchilarning 21 nafari, shu jumladan 1 nafar nogironligi boʻlgan fuqaro doimiy ishga joylashtirilgan boʻlsa, 12 nafariga kasbga oʻqitish, qayta oʻqish kurslariga yoʻllanma berildi. 60 nafar fuqaro haq toʻlanadigan jamoat ishlariga joylashtirilib, mehnat qonunchiligiga oid masalalar boʻyicha 39 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-may kungi 252-sonli qaroriga asosan tuman hokim yordamchilari tomonidan 13 nafar ishsiz xotin-qizlarga bandligini taʼminlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.

Aytish kerakki, aholi bandligi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning muhim omili hisoblanadi. Ish bilan taʼminlangan aholi iqtisodiyotning barqarorligiga va oʻsishiga hissa qoʻshadi. Shu sababli mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash va ishsizlikni kamaytirish boʻyicha davlat siyosati doirasida koʻplab islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar orqali yangi ish oʻrinlari yaratish, aholining daromadlarini oshirish va kambagʻallikni qisqartirish maqsad qilingan.

Mehnat yarmarkasi, ayniqsa kasb-hunar maktablari va oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari uchun ajoyib imkoniyat boʻldi. Bunday tadbirlar tumanning iqtisodiy rivojlanishiga va aholining ish bilan taʼminlanishiga katta hissa qoʻshadi, bu esa oʻz navbatida kambagʻallikni qisqartirish hamda xalq farovonligini yanada oshirishga yordam beradi.

Bahodir Boltaboyev, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026