30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:40
Jamiyat 👁 350

Nogironligi boʻlgan bolalar ishtirokida “Maftunkor ranglar jilosi” nomli tadbir oʻtkazildi

Nogironligi boʻlgan bolalar ishtirokida “Maftunkor ranglar jilosi” nomli tadbir oʻtkazildi

Bolalik – begʻuborlikdir. Bu davrda butun borliq koʻzlarimizga faqat yorqin ranglarda koʻrinadi. Bolalarning shoʻx-shodon kulgusi qalblarga quvonch bagʻishlaydi. Ularni sevish, bolajonlik fazilati xalqimizning qon-qoniga singib ketgan qadriyat, aslida. Murgʻak qalblarga shodlik baxsh etish har birimizni quvontiradi, shubhasiz. Gohida biz kattalar ham bolalardan begʻuborlikni, bir-birimizga qaynoq mehr ulashishni oʻrganamiz, goʻyo. Goʻzallik dunyoni qutqaradi, deydi allomalar. Mana shu kuch bolarning qalbida, koʻzlarida yashirin boʻlsa kerak.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bu sana serquyosh Oʻzbekistonimizda zoʻr tantanalar bilan nishonlanadi. Hech bir bola mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi. Bayram munosabati bilan mamlakatimizdagi koʻplab tashkilotlatlar tomonidan tashkil qilingan tadbirlarga bolalarning quvonchi oʻzgacha fayz bagʻishlaydi.

Oʻzbekiston nogironlar jamiyati Amudaryo tumani boʻlimi tamonidan “Arena” nomli umumiy ovqatlanish va aholiga xizmat koʻrsatish shoxobchasida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan nogironligi boʻlgan, alohida taʼlim olayotgan bolalar ishtirokida “Maftunkor ranglar jilosi” nomli tadbir ham unitilmas lahzalarga boy boʻldi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nogironlar jamiyati raisi Parshagul Dauletyarova, Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Ashirbay Kushayev, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlimi boshligʻi Ikrom Matkarimov, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Dusenbayev, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mutaxassisi Nurbek Seytbayev, tadbirkor Dildora Hayitbayeva hamda Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman boʻlimi raisi Nilufar Xolboyevalar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar bolarni bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda bolalarga, xususan, nogironligi boʻlgan shaxslarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar haqida, ularning davlat tamonidan kafolatlangan huquqlari, ijtimoiy muhofazasi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtishdi.

Darhaqiqat, Bosh Qomusimizning 50- va 57-moddalari hamda tegishli qonunchilik hujjatlarida nogironligi bor shaxslar uchun alohida normalar qayd etilgan. Jumladan, Konstitutsiyamizning 50-moddasida taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya bilan taʼminlanishi belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, bola huquqlari xalqaro qonunchilik hujjatlari va tashkilotlar tamonidan ham himoya qilinadi.

Bolalar qalbi kabi begubor oq qogʻozlarga surat solarkan, tasvirlarda doʻstlik, ona vatan manzaralari, qadrdon maktab binolari bilan birga ularning ruhiyati, ichki kechinmalari ham bolalarcha samimiy ifodalangan. Tadbir ishtirokchilari goʻzal tasvirlarni kuzatish bilan birga bolalarga rasm chizishlari uchun yaqindan yordam berib, qoʻllab-quvvatab turishdi. Tadbir bolalarga tengdoshlari bilan koʻrishib, yangi doʻstlar orttirish imkonini ham berdi.

Jarayon davomida shoʻx qoʻshiqlar yangrab, bolalarning sevimli multfilm qahramonlari musiqaga mos har hil harakatlar qilib, barchaga xush kayfiyat bagʻishladi. Tadbir yakunida tashkilotchilar va homiylar tamonidan bolalarga dasturxon yozilib, estalik uchun bayram sovgʻalari topshirildi.

Shuni qayd etish kerakki, bolalarni himoya qilish kunini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror 1925-yilda Jenevada bolalar faravonligiga bagʻishlab oʻtkazilgan konferentsiyada qabul qilingan. 1959-yilda maxsus Deklaratsiya qabul qilinib, unda bolalarning yashash, zoʻravonlikdan himoya qilinish huquqlari va ularning kelajagi haqida davlatning gʻamxoʻrlik qilish majburiyati belgilangan. 1979-yilda xalqaro bolalar yili deb eʼlon qilingan. 1989-yilda esa bolalarning huquqiy himoyasini, Yer yuzidagi barcha bolalarning teng va bir xil huquqlarini taʼminlaydigan bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konventsiya qabul qilindi.

Bolalar – naslimiz davomchilari, ertangi kun egalaridir. Har birimiz farzandlarimizning baxtli boʻlishini, toʻkis sharoitda voyaga yetishini va kelajakda farovon hayot kechirishini istaymiz. Fursatdan foydalanib, aziz bolajonlarni bayram bilan samimiy muborakbod etamiz hamda ularning sogʻ-salomat, bilimdon, baxtli va barkamol boʻlib ulgʻayishlariga tilakdoshmiz!

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026