30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:59
Jamiyat 👁 358

Daryo boʻyi mahallasida aholi turmush tarzi yaxshilanmoqda

Daryo boʻyi mahallasida aholi turmush tarzi yaxshilanmoqda

Maʼlumki, bugungi kunda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurt ravnaqi va farovonligi yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi ijrosi natijasida insonlarning turmush tarzi tobora yaxshilanib bormoqda. Bunda mahallalarda faoliyat yuritayotgan “yettilik” masʼullarining oʻrni va ahamiyati juda muhim.

Amudaryo tumanidagi Daryo boʻyi mahallasiga tashrif buyurar ekanmiz, mahalla “yettiligi”ning oʻzaro hamjihatligiga, aholining uyushqoqligiga, hududning obod va fayzli maskanga aylanganligiga, insonlarning koʻzlaridagi samimiyat, oʻzaro mehr-oqibatning kuchli ekanligiga guvoh boʻldik.

Daryo boʻyi MFY masʼullari hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar, yolgʻiz keksalar holidan xabar olib, ularning mavjud muammolarini hal qilishga, hayot sharoitlarini yaxshilashga amaliy yordam berib kelmoqdalar.

Jumladan, mahallada yashovchi Farhod Xolboyev 16-yildan buyon yolgʻiz yashab kelayotgan, yashash sharoitlari juda achinarli holga kelib qolgan, hatto xonadoni elektr energiyasidan uzilib qolganligi mahalla masʼullarini befarq qoldirmagan. Mahalla raisi Mahmud Toʻliboyev, hokim yordamchisi Botir Atabillayev, yoshlar yetakchisi Shahlo Oʻrazboyevalar Farhod aka xonadonida taʼmirlash va tozalash ishlarini tashkil qilishdi. Hashar yoʻli bilan hovlining uy devorlarini oqlab, deraza va eshiklar, xonalarni tozalanb, xonadon egasiga yangi kiyim-bosh, oshxonaga idish-tovoqlar olib berishdi. Shuningdek, xonadonga elektr liniyalari ham yangidan tortilib, elektr hisoblagich hamda televizor olib kelib oʻrnatildi. Qoʻlida hunari bor boʻlgan Farhod akaning bandligini taʼminlash boʻyicha ishar ham tashkil etilmoqda.

Taʼkidlash kerakki, muhtaram Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi har bir mahallaga ajratilgan 500 mln soʻm mablagʻ hisobidan mahallarda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Mana shu mablagʻ hisobidan amalga oshirilgan ishlar sababli mahalladagi 60ta xonadonning tomorqasiga suv yetib bormoqda. Mahallaga ajratilgan mablagʻni aholi farovonligi yoʻlida toʻgʻri yoʻnaltirishni koʻzlagan masʼullar hududda yashovchi aholi tomorqalariga oqar suvlarining yetib borishi hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida katta ariqlardan suv chiqaruvchi 4ta nasos oʻrnatish ishlarini tashkil etdilar.

Mahalla faollari bilan suhbatlashar ekanmiz, katta ariqdan suv chiqaruvchi nasos orqali Taraqqiyot, Taraqqiyot-3, Nurota koʻchalaridagi 60 ta xonadonga suv yetib borayotganini mamnuniyat bilan eʼtirof etishdi. Shuningdek, aholining uyushqoqligi orqali mahalladagi barcha ariqlar tozalanib, xonadonlardagi tomorqalarning sugʻorilishi boʻyicha muammolar ham barataraf qilindi. Tashrifimiz mobaynida mahalladoshlarning oʻzaro ahilligi, mehnatsevarligi natijasida hashar yoʻli bilan mahalladagi yana 19 ta xonadonlar tomorqalariga suv yetkazish maqsadida oʻzlarining hisobidan tuproq tashlanib, Tabiat-3 va Tabiat-4 koʻchalaridan ariq oʻtkazayotganlarining guvohi boʻldik.

Mahallada hokim yordamchisi koʻmagi bilan bandligi taʼminlanayotgan, oilasiga daromad olib kelayotgan, tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan fuqarolar safi ortib bormoqda. Biz hokim yordamchisi Botir Atabillayev yordamida kredit olib, asarichilik bilan shugʻullanayotgan Anvar Yangiboyev faoliyati bilan tanishdik.

Anvar Yangiboyev yosh oila boshligʻi boʻlib, ushbu faoliyat bilan 3-yildan buyon shugʻullanib kelmoqda. Bu yil 33 mln soʻm kredit mablagʻi hisobiga asalari qutilari sonini 30 taga yetkazdi. Anvar akaning taʼkidlashicha, asalarichilik eng daromadli faoliyat turlaridan biri. Koʻp mehnat talab qilmaydigan, har tomonlama foydali ish. U har bir qutidan kamida 30 kg.gacha asal olib, oilasiga yaxshi daromad keltiriyotganini qayd etib oʻtdi.

Hududda yoshlar bandligini taʼminlashda hokim yordamchisi Botir Atabillayev va yoshlar yetakchisi Shahlo Oʻrazboyevalarning oʻzaro hamjihatlikdagi ishlari natijasida Sherzod Bobojonov chorvachilik faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Sherzod bilan suhbatlashar ekanmiz, qishloq xoʻjaligining turli sohalariga qiziqishi yuqori ekanligini taʼkidlaydi. Yosh boʻlishiga qaramay, xonadonida chorvachilik, parrandachilik, biogumus yetishtirish kabi ishlar bilan cheklanib qolmasdan, tomorqasidan ham samarali foydalanib kelmoqda.

Hokim yordamchisi koʻmagi bilan olingan 33 mln soʻmlik kredit mablagʻi hisobiga 5 bosh qoramol sotib olib, hozirda qoramollari sonini 7 boshga yetkazgan. Tirishqoq va intiluvchan Sherzodning orzulari bisyor. Oʻziga oʻxshagan koʻplab yoshlarning bandligini taʼminlash, chorvachilikni rivojlantirib, katta fermer xoʻjaligini tashkil etishni maqsad qilgan.

Mahallaga tashrifimiz mobaynida oʻzi oʻqituvchi boʻlishiga qaramay, xonadonida turli oilaviy tadbirkorlik sohalarini hamda chorvachilikni yoʻlga qoʻygan, bu orqali 3 nafar yoshning bandligini taʼminlayotgan, shuningdek, tomorqasidan samarali foydalanayotgan Rustam Haytboyevning amalga oshirayotgan ishlari ham bizda katta taassurot qoldirdi.

Hududdagi 65-sonli umumtaʼlim maktabida psixolog lavozimida faoliyat olib borayotgan Rustam Haytboyev 2019-yilda oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan. Davlat ishidan boʻsh vaqtlarida eshik va deraza romlarini ishlab chiqarish orqali 2 nafar band boʻlmagan fuqarolarning bandligini taʼminlagan. Uning xonadonida paxta titish uskunasi ham mavjud boʻlib, mahalladoshlarining ogʻrini yengil, uzogʻini yaqin qilib kelmoqda. Paxta titish uskunasi orqali ham 1 nafar ishsiz yoshning bandligi taʼminlangan.

Qolaversa, Rustam aka tomorqasidan ham samarali foydalanib kelmoqda. Tomorqasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining deyarli barcha turidan ekilgan hamda yiliga kamida 2-martadan yaxshi hosil olinadi. Chorvachilik sirlarini bolaligidan oʻrganib kelayotgan Rustam Haytboyevning hozirda 10 boshga yaqin qoramollari mavjud. Hamyurtimizning ham kelgusidagi maqsad va rejalari bisyor. Katta un zavodini ochish orqali 20 nafarga yaqin ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash boʻyicha aniq rejalar tuzmoqda va ushbu maqsadiga yaqin 2-yil ichida erishishni rejalashtirmoqda.

Biz faol va tashabbuskor, fidoyi hamda mehnatsevar Daryo boʻyi mahallasi ahlining ishlariga rivoj, roʻzgʻoriga qut-baraka tilab, ular bilan xayrlashdik.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026