30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 00:27
Siyosat 👁 338

Xalq deputatlari tuman Kengashining 75-sessiyaci toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari tuman Kengashining 75-sessiyaci toʻgʻrisida axborot

2024-yil 2-iyul kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining 75-sessiyaci boʻlib oʻtdi.

Sessiyada deputatlar, tuman hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Kengash raisining oʻrinbosari Gʻulomjon Yeshniyozov ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 18-Xitoy saylov okrugidan deputat Muzaffar Yeshchanov saylandi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Kamiljan Aytbayev hisobot berdi.

Hisobotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Javlonbek Jumamurodov hisobot berdi. Hisobotda bildirilgan tuman mahalliy byudjetining 2024-yilda iqtisod qilingan mablagʻlarini chegirib olish hamda birinchi va ikkinchi darajali toʻlovlarga qayta yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklif deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Sessiya kun tartibidagi keyingi masala yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali boshligʻi Sherzod Sultanov hisobot berdi. Hisobotlarni tinglab va muhokama qilib deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyul kungi farmonida keltirilgan talablarga javob beradigan va soliq organlaridan qarzdorligi boʻlmagan, belgilangan bir martalik yigʻimni toʻlagan jami 1857 nafar fuqarolarga tegishli boʻlgan yer uchastkalariga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha Kengash qarorini qabul qildilar. Shuningdek, Amudaryo tumanining maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash boʻyicha ishlarning yakuni ham koʻrib chiqilib, bu boʻyicha ham tegishli qaror qabul qilindi.

Sessiyada tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Ilxom Palvanovning taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pillachilik sohasida kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan yangi tutzorlarni barpo etish hamda yoshlarni ish bilan taʼminlash maqsadida Doʻrman ovulidagi tuman hokimligi zaxira yer fondi hisobidan umumiy maydoni 6,4 gektar boʻlgan ekin maydonini dehqon xoʻjaligi tashkil qilish uchun ochiq elektron tanlovga qoʻyish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Amudaryo tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Qudrat Abdikalikov hisobot berdi. Hisobotda tumandagi baʼzi fermer xoʻjaliklari tomonidan tegishli qaror talablari buzilib, suvni koʻp talab qiladigan, joylashtirishda koʻrsatilmagan sholi ekinini ekish holatlari kuzatilayotgani taʼkidlanib, Kengashdan bu boʻyicha tegishli chora koʻrish soʻraldi. Ushbu masala yuzasidan Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspektsiyasi tuman boʻlimi boshligʻi Sarvar Matyakubov va tuman Irrigatsiya boʻlimi boshligʻi Shukrullo Yusupovlar ham soʻzga chiqib, rejasiz ekilgan sholi suvning meʼyoridan ortiq isteʼmol qilinishiga, boshqa hududlarga suv yetib bormasligiga sabab boʻlayotganini taʼkidlashdi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Deputatlarning fikr va mulohazalari tinglanib, faol muhokamalardan keyin kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026