30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:06
Jamiyat 👁 281

Fuqarolarning koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlari eʼtirof etilmoqda

Fuqarolarning koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlari eʼtirof etilmoqda

Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 119-sonli Farmoni doirasida qator amaliy ishlar qilinmoqda. Mazkur hujjat ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda maxsus ishchi guruh tuzilib, belgilangan talablarga javob beradigan fuqarolarning uy-joyga boʻlgan egalik huquqini eʼtirof etish boʻyicha Xalq deputatlari tuman Kengashining tavsiyasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining qarori qabul qilinib, tegishli hujjatlar topshirilmoqda.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 2024-yil 22-may kungi 73-sessiyasi qarori bilan 501ta, 30-may kungi 74-sessiyasi qarori bilan 699ta hamda 2-iyul kungi 75-sessiyasi qarori bilan 1857ta turar joylar hamda yer uchastkalari roʻyxati tasdiqlangan boʻlib, endilikda Joʻqorgʻi Kenges Prezidiumining qarori asosida tegishli hujjatlar mulk egalariga topshiriladi.

Tuman hokimligining majlislar zalida oʻtkazilgan yigʻilishda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov 501 nafar uy-joy egalariga mulkka egalik huquqini rasmiylashtirish imkonini beruvchi qarorlarni tantanali ravishda topshirdi.

Tuman hokimi oʻz soʻzida davlatimiz rahbarining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Farmoni Qoraqalpogʻistn Respublikasini har tomonlama rivojlantirish uchun olib borilayotgan samarali islohotlaridan biri ekanligini alohida eʼtirof etdi va mazkur qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida soʻz yuritdi.

Taʼkidlash kerakki, mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholining uy-joyga boʻlgan huquqi amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratish, jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish orqali aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan.

Qarorda yer uchastkasiga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqini eʼtirof etish uchun fuqaro ushbu uy-joydan 2018-yil 1-maygacha boʻlgan davrdan boshlab oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan boʻlishi, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda soʻnggi besh yil uchun yer soligʻi va mol-mulk soligʻi toʻlanganligi bilan tasdiqlangan boʻlishi belgilangan.

Shuningdek, yer uchastkasi boʻsh boʻlmasligi, unda qurilgan uy-joy yashash uchun moʻljallangan boʻlishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasligi, yer uchastkasi sugʻoriladigan yerlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, transport, aloqa va mudofaa maqsadlariga moʻljallangan yerlar, kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlar toifasiga kirmasligi, suv obʼektlarining sanitariya muhofazasi zonalarida, yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalarida joylashmagan boʻlishi shartligi belgilab qoʻyilgan.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yilning 5-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining qarori qabul qilingan. Prezidium qaroriga asosan Qoraqalpogʻistonning barcha hududlarida ishchi guruhlar tuzilgan.

Davlat kadastrlar palatasi Amudaryo tumani filialida tuzilgan ishchi guruh tegishli hujjati boʻlmagan jami 4795 nafar jismoniy shaxslar tarafidan qurilgan turar joylarning manzilli roʻyxatini shakllantirgan. Shundan ishchi guruh aʼzolari tomonidan 2937ta turar joylarga ijobiy xulosa berilgan. Bugungi kunda tegishli xulosaga ega boʻlgan va Farmon talablarini bajargan fuqarolarning uy-joyga boʻlgan egalik huquqlarini eʼtirof etish boʻyicha amaliy ishlar davom etmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026