30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:06
Jamiyat 👁 379

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov Choykoʻl ovulidagi “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov Choykoʻl ovulidagi “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kungi “Maʼmuriy islohotlar doirasida Adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash, ularga koʻrsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar koʻlamini kengaytirishda adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish va hujjatda belgilangan shu kabi boshqa vazifalar ijrosi davlat ijtimoiy siyosatida yangi bosqichga koʻtarilgan edi.

Joriy yilning 3-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov mazkur Farmonning hududlardagi ijrosini koʻzdan kechirish va adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklari taʼminlanishi yuzasidan bajarilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida Qoraqalpogʻistonga qilingan xizmat safari chogʻida Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi va Choykoʻl ovulida boʻlib, u yerdagi “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi Farrux Saliyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri Elmurod Tursunov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Mansur Sadikov, Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashev, Choykoʻl ovuldagi “Mahalla yettiligi” va boshqalar ishtirok etishdi.

Dastlab tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Mansur Sadikov tomonidan joylarda uyma-uy yurib oʻrganishlar davomida aholining huquqiy muammolarini aniqlash va ularni hal etish, shuningdek, manzilli huquqiy targʻibot tadbirlarini yanada kuchaytirish hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari va davlat organlarining quyi tizimlari faoliyatiga metodik yordam koʻrsatish masalalariga doir yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida taqdimot qilindi.

Keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Choykoʻl ovulida 7123 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Shundan 3962 nafarini yoshlar tashkil qiladi. Ovul xotin-qizlaridan 129 nafari “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Kam taʼminlangan oilalar sifatida 12ta oila roʻyxatga olingan. Aholining huquqiy muammolarini aniqlab hal etish va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan adliya-mahalla hamkorligida bir qator ishlar amalga oshirilyapti. Jumladan, huquqiy axborotni tarqatish yoʻnalishida haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy targʻibot kuni” oʻtkazilmoqda, qonunchilik bazasini mustahkamlash maqsadida “Mahalla yettiligi”ga 30ta qonunchilik hujjatlari yetkazildi, uchrashuvlar davomida aholiga 450dan ortiq huquqiy targʻibot materiallari tarqatildi, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj 136 nafar fuqaroga imtiyozlar boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatishni yanada soddalashtirish maqsadida mahalla binosiga interaktiv kiosk oʻrnatildi, u orqali fuqarolar shu kunga qadar 297ta davlat xizmatidan foydalandi. Shuningdek, fuqarolarning 130 nafariga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Sayyor qabullar davomida 34 nafar fuqaroning muammolari oʻrganilib, qonuniy tartibda hal qilindi. Aholining murojaatlari yuzasidan 12 nafar fuqaroga birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatildi.

Taqdimot davomida tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Mansur Sadikov tomonidan adliya-mahalla hamkorligida amalga oshirilayotgan shu kabi boshqa ishlar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berildi.

Shundan keyin, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov tadbir ishtirokchilariga ovul-mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish orqali ularni qoʻllab-quvvatlash, ajrim va oilaviy zoʻravonlikning oldini olish yuzasidan zarur tavsiyalar berib oʻtdi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, soʻngi yillarda mamlakatimizda sohalar rivoji yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar sabab adliya organlari va muassasalarining ovul-mahallalar bilan hamkorligi yanada kuchaydi. Buning natijasida aholining huquqiy madaniyati oshib, qabul qilinayotgan qonuniy hujjatlarning ijrosi taʼminlanayapti.

Shavkat Vaisniyazov, Amudaryo tumani Adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026