30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 00:47
Jamiyat 👁 331

“Dolzarb 30 kun” doirasida keng koʻlamli profilaktik tadbirlar tashkil qilinmoqda

“Dolzarb 30 kun” doirasida keng koʻlamli profilaktik tadbirlar tashkil qilinmoqda

Xabaringiz bor, mamlakatimizda eʼlon qilingan “Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha dolzarb 30 kun” doirasida joriy yilning 1-iyulidan boshlab Amudaryo tumanida ham profilaktik tadbirlar, taktik-amaliy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazib kelinmoqda. Shuningdek, masʼullar tomonidan choʻmilish mavsumi davomida suvga choʻkish bilan bogʻliq boʻlgan koʻngilsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari ham tashkil qilinyapti.

Yoz faslida havo haroratining koʻtarilishi va kunlarning isib borishi sabab aholi, asosan yoshlar suv havzalarida orom olib, hordiq chiqarishni xush koʻrishadi. Ayniqsa, bolalar taʼtil vaqtida kunning muayyan qismini suv hazalarida choʻmilish bilan oʻtkazadi. Biroq, taqiqlangan hududlarda choʻmilish inson hayoti uchun katta xavf tugʻdirishi mumkin. Amudaryo tumani hokimligida oʻtkazilgan oʻquv-mashgʻulotida shu kabi mavzulardagi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Mazkur tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, Ichki ishlar hamda Favqulodda vaziyatlar boʻlimi masʼullari, Milliy gvardiya xodimlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, hokimlik masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Dastlab tuman hokimi, fuqaro muhofazasi boshligʻi Sobir Xoʻjametov tomonidan choʻmilish taqiqlangan hududlarda xavfsizlik qoidalariga amal qilishni aholi orasida yanada keng targʻib etish xususida fikr-mulohazalar bildirilib, masʼullarga koʻngilsiz holatlarning oldini olish, shuningdek, insonlarning sogʻligʻi va hayotini muhofaza qilish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Belgilangan vazifalarga koʻra, choʻmilish taʼqiqlangan oʻrinlarda tuman Ichki ishlar boʻlimi, Milliy gvardiya, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlaridan iborat uzluksiz navbatchilikning yoʻlga qoʻyilishi, choʻmilish taʼqiqlangan suv havzalarida profilaktik va reyd tadbirlarini yanada kuchaytirish, shuningdek, choʻkish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar kuzatilayotgan joylarda mavsum davomida kuzatuv postlari va jamoatchilik nazoratini tashkil etish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Oʻquv mashgʻulotida soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼkidlanganidek, belgilangan tartiblarga amal qilmay, xavfsizlik taʼminlanmagan suv havzalarida choʻmilish va ehtiyotsizlik oqibatida koʻplab insonlar oʻz umriga zomin boʻlishyapti.

Suvga choʻkish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida masʼullar tomonidan daryo, kanallar, koʻl va boshqa choʻmilish taʼqiqlangan suv havzalarida aholining choʻmilishiga yoʻl qoʻymaslik borasida tizimli ravishda keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari va tegishli soha vakillari oʻzaro hamkorlikda tashkilotlar va aholi gavjum joylarda taktik-amaliy oʻquv mashgʻulotlari ham tashkil qilinyapti. Ovul va mahallarda aholi bilan uchrashib, tushuntirish-targʻibot ishlari kuchaytirilyapti, shuningdek, xonadonlardagi yongʻin xavfsizligi holati ham koʻzdan kechirilib, jarayonlar davomida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda.

Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har 10 kunda masʼul xodimlar ishtirokida oʻtkazilgan muhokamalarda mavjud vaziyat xulosalari tahlil qilib borilmoqda.

  Belgilangan ish rejaga koʻra, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan Doʻrman ovulidagi 84-sonli maktab binosida faoliyat koʻrsatayotgan “Qaldirgʻoch” bolalar yozgi dam olish oromgohida yongʻin xavfsizligiga doir koʻrgazmali profilaktik tadbirlari tashkil etildi. Bunda oromgoh xodimlari va bolalar ishtirok etishdi. Jarayon davomida mutaxassislar tomonidan yongʻin-qutqaruv texnikalari nomoyish qilindi va oromgoh bolalarining yongʻin xavfsizligiga doir bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Taʼkidlanganidek, xonadonlarda yongʻin holatlari kattalarning eʼtiborsizligi va bolalarning oʻyinqaroqligi sabab sodir boʻlyapti. Bolalarga gugurt oʻynash oqibatida yongʻin yuzaga kelishini tushuntirish lozim. Aks holda lahzalik beparvolik oqibatida yongʻin sodir boʻlib, inson hayoti va mol-mulki xavf ostida qolishi mumkin.

Mutaxassislar oromgohda yozgi taʼtilni oʻtkazayotgan bolalar bilan suhbatlashib, ularga yongʻin xavsizligiga doir tushunchalar berishdi. Savol-javoblar davomida koʻpchilik bolalar oʻt oʻchiruvchi kasbiga qiziqishi maʼlum boʻldi. Koʻrgazmali profilaktik tadbir vaqtida bolalar oʻt oʻchirish vositalari bilan yaqindan tanishtirildi. Taqdimot vaqtida yongʻinga qarshi uskunalarning turlari va ulardan qanday foydalanish lozimligi, sayoz havzalarda maxsus texnikalar yordamida suv olish usullari tushintirildi.     

Shu yerning oʻzida bolalar ishtirokida shartli yongʻin holatlari sodir etildi va yongʻinga qarshi birlamchi kurashish vositasi – oʻt oʻchirgichlar bilan yongʻin oʻchogʻi bartaraf etildi. Shuningdek, yongʻin oʻchirish mashinasining imkoniyatlari namoyish qilinib, maxsus texnikalar yordamida muayyan masofaga suv sepildi va shartli yongʻin oʻchogʻi oʻchirildi.

Maʼlumki, yoz faslining oʻrtalariga kelib kunlar juda isishi oqibatida oddiy boʻlib koʻringan uchqun sabab katta yongʻinlar kelib chiqishi mumkin. Oʻrmon yongʻinlarining aksariyati hududga yaqin oʻrinlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning va bu manzillarga hordiq chiqarish maqsadida kelgan mehmonlarning ehtiyotsizligi oqibatida yuzaga keladi. Maʼlumotlarga koʻra, oʻrmon yongʻinlari asosan gulxan choʻgʻlari, toʻla oʻchirilmagan sigareta va koʻmir qoldiqlari hamda olovni notoʻgʻri yoqishdan kelib chiqyapti.

“Dolzarb 30 kun” tadbirlari doirasida tumanimiz hududida joylashgan oʻrmonzorlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash yuzasidan oʻrmon atrofida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan profilaktik tushuntirish-targʻibot ishlari ham olib borildi.

Tadbir ishtirokchilariga yongʻin xavfsizligiga doir maʼlumotlar bayon qilingan varaqalar tarqatildi. Shuningdek, aholiga mavsum davomida yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilib, koʻngilsiz holatlarning oldi olinishida yanada sergak boʻlishi lozimligi taʼkidlandi. Aholi vakillari fikr-mulohazalarida yongʻin xavfsizligini taʼminlashda har bir fuqaroning faol ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega ekanligini bildirishdi. Chunki, yongʻinlarning oldini olish va bartaraf etish faqat soha xodimlarining majburiyati emas. Tilsiz yovning lahzalik tashrifi oqibatida nafaqat davlat byudjetiga, balki koʻplab fuqarolar sogʻligi va mol-mulkiga jiddiy zarar yetkaziladi.

Jarayon davomida masʼullar tomonidan oʻrmonlarda yongʻin sodir boʻlganida tilsiz yovni aholi bilan hamkorlikda bartaraf qilish boʻyicha tayyorgarlik holati koʻzdan kechirildi. Yongʻinga qarshi birlamchi asbob-uskunalarning favqulodda vaziyatlarga shayligi va mavjud suv zahiralarining oʻrni tekshirildi.

Takidlash joizki, oʻrmon yongʻinlarining oldini olishda birinchi navbatda olovni hech qachon qarovsiz qoldirmaslik kerak. Oʻrmon yongʻinlarining ekologik va iqtisodiy zararlari uzoq muddatli taʼsirga ega hisoblanadi. Atrof-muhitga eʼtiborli boʻlish, profilaktika choralarini koʻrish orqali yongʻinlarning halokatli taʼsiridan saqlanishimiz mumkin.

Oylik doirasidagi tushuntirish-targʻibot uchrashuvlari “Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻinining maʼmuriy binosida davom ettirildi. Tadbirda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari, “Mahalla yettiligi” va shu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab masʼullar tomonidan “Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “Dolzarb 30 kun” doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlarning maqsadi va ahamiyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, soha xodimlari va tegishli tashkilot vakillari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Muloqot davomida fuqarolarning yongʻin xavfsizligiga doir savollariga soha mutaxassislari tomonidan tegishli javob va tavsiyalar berildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga yongʻin xavsizligiga doir maʼlumotlar bayon qilingan varaqalar tarqatildi.

Takidlanganidek, joriy yilning 1-iyul kunidan 1-avgust kuniga qadar favqulodda holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq mamlakatimiz hududida “Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlarini oʻtkazish belgilangan.

Darhaqiqat, olov inson ehtiyojlari uchun xizmat qiladi. Biroq olovdan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanishimiz zarur. Ozgina ehtiyotsizlik koʻplab noxushliklarga sabab boʻlishi, moddiy boyliklarni kulga aylantirishi, eng xavflisi – inson hayotini xavf-xatarga qoʻyishi mumkin. Shuning uchun xonadonimizga oʻtkazilgan gaz tarmogʻi va oshxonamizdagi gaz plitalariga doim eʼtiborli boʻlishimiz lozim.

Yoz faslida kunlarning keskin isishi sabab obʼektlarni salqin qilish maqsadida elektr energiyasi bilan quvvatlanuvchi maishiy texnika vositalari – sovitgichlardan kun davomida foydalanamiz. Uzluksiz va yuqori kuchlanish ortidan talabga javob bermaydigan nosoz qurilmalar va elektr oʻtkazuvchi simlarda qisqa tutashuvlar sodir boʻlishi mumkin. Oqibatda xonadonlarda yongʻin sodir boʻlib, fuqarolar hayoti va mol-mulkiga zarar yetkaziladi.

“Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha dolzarb 30 kun” doirasida “Yangiobod” mahallasida oʻtkazilgan profilaktik tadbirlarda shu kabi boshqa mavzularda soha mutaxassisilari tomonidan aholiga qimmatli maʼlumotlar berildi. Bu kabi profilaktik tadbirlar, tushuntirish-targʻibot ishlari, taktik-amaliy oʻquv mashgʻulotlari mavsum davomida tumanimizning boshqa ovul va mahallalarida ham tashkil etiladi.

 Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026