30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:36
Jamiyat 👁 274

Amudaryo tumanida "Sogʻlom va osoyishta hayot" nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda

Amudaryo tumanida "Sogʻlom va osoyishta hayot" nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda

Aholi oʻrtasida sogʻlom va osoyishta hayot tarzini qaror toptirish, jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar, voyaga yetmagan oʻsmirlarning tungi vaqtlarda nazoratsiz koʻchada yurishlari, spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan holda fuqarolarning tinchini buzishlarining oldini olish hamda oʻzaro nizoli oilalar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining farmoyishiga asosan ikki bosqichli “Sogʻlom va osoyishta hayot” tadbirining ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 1-avgust sanasidan 15-avgustga qadar davom etadigan “Sogʻlom va osoyishta hayot” maxsus profilaktik reyd tadbirlari Amudaryo tumanining aholi eng gavjum hududlarida, xususan, Mangʻit Dehqon bozori atrofidagi tadbirkorlik subʼektlari, internet kafelar hamda avtoturargohlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari joylashgan oʻrinlarda, shuningdek, huquqbuzarlik holatlari yuz berish ehtimoli yuqori deb hisoblangan ovul va mahallalarda oʻtkazilmoqda.

Shunisi achinarliki, tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari, hududlar boʻyicha profilaktika inspektorlari ishtirokidagi tungi reyd tadbirlari davomida shaxsiy boylik orttirish maqsadida eng jirkanch ish – fohishabozlik bilan shugʻullanishga moyil shaxslar ham borligi aniqlandi.

Oʻzbekiston va Beshtom mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida yashovchi S. va I. ismli shaxslar jinsiy munosabatda boʻlib, fahsh ishlar bilan shugʻullanayotgan vaqtda hududiy profilaktika inspektori tomonidan qoʻlga olinib, ularga jamiyatda yurish-turish qoidalarini qoʻpol tarzda buzganliklari, yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xatti-harakatlarni sodir etganliklari uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Beshtom mahallasida istiqomat qiluvchi H. ismli shaxs esa maʼlum miqdordagi pul evaziga oʻz uyida ikki nafar fuqaroga jinsiy munosabatda boʻlishlari uchun sharoit yaratib berayotganida nazorat guruhi tomonidan qoʻlga olindi. Ayni paytda mazkur holat boʻyicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari davomida yoshlar oʻrtasida giyohvandlikdek jirkanch illatning oldini olish, kashandalikka qarshi kurashish, ijtimoiy tarmoqlar orqali zoʻr berib targʻib etilayotgan diniy ekstremizm gʻoyalaridan ularni himoya qilish, davrimizning global muammolaridan biri boʻlgan mafkuraviy xurujlar, pornografik tashviqot vositalarining oʻsib kelayotgan yosh avlod ongini zaharlashidan har lahzada ogoh boʻlish toʻgʻrisida zarur tavsiyalar berilmoqda.

Xalqimiz yildan-yilga farovonlashib, yashash sharoitlari yaxshilanib bormoqda. Buni koʻchalarni toʻldirib, istagan manzillariga shaxsiy avtomobillari bilan tez va oson yetib olishga intilayotgan yurtdoshlarimiz misolida ham koʻrishimiz mumkin. Lekin bu shahar koʻchalari boʻylab oʻzini koʻz-koʻz qilish, kimoʻzarga avtomobil poygasini qizitish degani emas.

Afsuslanarli tomoni shundaki, nazorat tadbirlari davomida ana shunday “uchar avtomobil” egalarining yoʻl harakati qoidalariga xilof ravishda tezlikni oshirish holatlari ham aniqlanib, ularga nisbatan maʼmuriy tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, internet kafelarda ota-onasi va ularning oʻrnini bosuvchi vasiylar hamrohligisiz yarim tungacha turli pornografik kanallarga kirib, mentalitetimizga yot boʻlgan videolavhalarni tomosha qilish orqali vaqtini oʻtkazayotgan ayrim tarbiyasi ogʻir oʻsmirlarga sharoit yaratib berayotgan internet kafelar rahbarlari ham aniqlanib, oʻsib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi, buzgʻunchi saytlar va Telegram kanallaridan foydalanishni cheklash, nazoratsiz oʻsmirlarning internet kafelarda tungi vaqtlarda shugʻullanishlariga chek qoʻyish zarurligi haqida ayrim tadbirkorlik subʼektlari vakillariga muhim tavsiyalar, tushuntirishlar berildi.

Inobat Oʻrozmatova, tuman Ichki ishlar boʻlimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026