30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:38
Jamiyat 👁 289

Qilichboy ovulida huquq-tartibot organi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar uchun kontsert dasturi tashkil qilindi

Qilichboy ovulida huquq-tartibot organi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar uchun kontsert dasturi tashkil qilindi

Bugungi kunda mamlakatimiz boʻylab yoshlarda vatanparvarlik, jamiyat hayotiga daxldorlik va qonunlarga hurmat kabi tuygʻularni shakllantirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilning 12-yanvar kuni Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yigʻilishida hamda Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasining 2024-yil 29-yanvar kungi “Huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan 2024-yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash toʻgʻrisida”gi yigʻilish bayoniga koʻra, yoshlar bilan ishlash masalalari boʻyicha huquq-tartibot organlariga qator vazifalar yuklatilgan edi. Xususan, endilikda respublika miqyosida yoshlarni huquq-tartibot va mudofaa organlariga biriktirib, ularni otaliqqa olish tizimini joriy etish belgilangandi.

Ushbu yoʻnalishda Amudaryo tumanida ham qator amaliy ishlar qilinmoqda. 14-avgust kuni tumanning 2-sektori hududida joylashgan Qilichboy madaniyat markazi binosi hovlisida tashkil etilgan madaniy-maʼrifiy kontsert dasturi ham shular jumlasidandir. Tadbirda Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosari Nodir Kamolov, tuman prokurori, adliya maslahatchisi Abat Jumamuratov, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi boshligʻi Quanishbek Yesenbekov, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Muhammad Xoʻjamuratov va tuman prokurori yordamchisi Sanjar Abdullayevlar ishtirok etishdi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani natijasida ularning ijtimoiy faolligi, Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik hissi kuchayib, Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida munosib xizmat qilishmoqda.

Darhaqiqat, kelajak egalari boʻlgan yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini roʻyobga chiqarish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Mamlakatimizda xalqimizning haq-huquqlari va erkinliklari himoya qilinayotgani ertangi kunga ishonchimizni yanada oshirmoqda.

Ayniqsa, yoshlarimizning ezgu intilish va tashabbuslarini, innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularga mos boʻlgan zamonaviy ish oʻrinlarini koʻpaytirish, hayotiy muammolariga yanada koʻproq eʼtibor qaratish barcha darajadagi davlat idoralarining eng asosiy vazifasiga aylandi.

Mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlarga javoban yoshlarimiz ham munosib harakat qilishmoqda. Sportchilarimizning Parij Olimpiadasidagi ulkan tarixiy zafarlari qalbimizga cheksiz iftixor baxsh etmoqda. Musobaqada qahramonlarimiz yuksak matonat, mahorat va iroda koʻrsatib, dunyoda 13-oʻrin, Osiyoda 4-oʻrin, turkiy va MDH davlatlari orasida 1-oʻrinni egalladilar. Bir yoʻla 3 nafar sportchimiz “ikki karra Olimpiada chempioni” degan yuksak sharafli nomga sazovor boʻlishdi.

Tadbirida tuman Madaniyat boʻlimining xushovoz xonandalari ijrosida Vatan madhi, yurt mustaqilligi, xalqlar doʻstligi tarannum etilgan kuy-qoʻshiqlar qalblarga shukronalik tuygʻularini olib kirdi. Darhaqiqat, Vatan – yagona, Vatan – barchamizniki!

“Jayxun moʻʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk jamoasi badiiy rahbari Hayitboy Jumaniyozov ijrosidagi tsirk tomoshalari ham yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi. Tsirk ijodkorining sirli va nozik harakatlari barchani hayratlantirdi.

Qiziqarli oʻtgan tadbir butun ovul ahliga koʻtarinkilik baxsh etdi.

Sanjar Abdullayev, Amudaryo tuman prokurori yordamchisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026