30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 19:05
Salomatlik 👁 358

Kompyuter va mobil telefonning inson salomatligiga taʼsiri qanday?

Kompyuter va mobil telefonning inson salomatligiga taʼsiri qanday?

Axborot almashuvi jarayonlarining takomillashuvi natijasida televideniye, radio, va matbuotdan tashqari yana bir mukammal tizim  - internet hayotimizga kirib keldi. Telekommunikatsiya sohasidagi qulay tezkor va zamonaviy usullardan biri boʻlgan bu tarmoq imkoniyatlarni yanada oshirdi. Undan istalgan maʼlumotni qisqa fursatda olishimiz, foydalanishimiz, bilimlarimizni mustahkamlashimiz va yangiliklardan xabardor boʻlishimiz mumkin. Chegara bilmas axborot manbaidan foydalanishda maʼlum meʼyorlarga amal qilish esa insonlarni turli ommaviy axborot “xuruj”lari, norasmiy manbalarning salbiy taʼsiridan saqlashda muhim oʻrin tutadi.

Tarmoq orqali milliy mentalitetimizga xos va mos boʻlmagan gʻarbona hayot tarzini targʻib etuvchi turli sayoz va jangari film, multfilm, shou dastur hamda videoroliklarni tomosha qilish, zoʻravonlik aks etgan kompyuter oʻyinlarini oʻynash, ayrim yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, turmush tarzi va madaniyatiga salbiy taʼsir qilayotgani hech birimizga sir emas. Bu kabi jamiyatimizga xos boʻlmagan illatlarning oldini olishda farzandlarimizning tashqi taʼsirlar, ayniqsa internet va xorijiy telekanallar orqali namoyish etilayotgan gʻarazgoʻylikni targʻib etuvchi vositalardan himoya qilish har birimizning burchimizdir.

Olimlarimizning bergan maʼlumotiga qoʻra, jangari kompyuter oʻyinlari, ayniqsa, bolalarda qiziqqonlik va murosasizlik, atrofdagilarga nisbatan befarq, shafqatsiz munosabatda boʻlish, oʻz hissiyotlarini ustun qoʻyish, oʻyindagi holatlarni real hayotda takrorlashga boʻlgan ishtiyoq kabi salbiy holatlar shakllanishiga olib keladi. Bu esa oʻz navbatida kundalik turmushda kutilmagan muammo va koʻngilsizliklarni keltirib chiqarmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Davlatimiz siyosatining ustuvor maqsadlaridan biri yosh avlodni jismonan va ruhan sogʻlom, aqlan barkamol qilib voyaga yetkazish, ularni kelajagimizning munosib vorislari etib tarbiyalashga koʻmaklashishdan iborat ekan, bu borada hammamiz farzandlarimiz tarbiyasi uchun birdek masʼul boʻlishimiz lozim.

Kompyuterdan foydalanayotganingizda quyidagilarga amal qiling:

  • kompyuter oldida bir soatdan ortiq oʻtirmang;
  • koʻz bilan monitor orasidagi oraliq masofa 50 santimetrdan kam boʻlmasin;
  • kompyuter turgan xonani tez-tez shamollatib turing;
  • kompyuterda ishlab boʻlganingizdan soʻng jismoniy mashqlar bilan shugʻullaning;
  • koʻz charchashining oldini olish uchun koʻzni yumib-ochish mashqlarini bajaring;
  • koʻzlaringiz dam olishi uchun choy shamasini xaltachalarga solib yarim soat davomida koʻzlaringizga qoʻyib yoting;
  • noutbukdan faqatgina stol ustiga qoʻyib foydalaning;
  • Mobil aloqa telefonlari oʻzidan elektromagnit toʻlqinlarini tarqatishini hisobga olib, oʻsib kelayotgan yosh avlod salomatligini muhofaza qilish maqsadida quyidagi tavsiyalarga eʼtibor qaratish lozim:
  • mobil telefonlarini 7 yoshgacha boʻlgan bolalarga berish mumkin emas;
  • mobil telefonlarni yurak atrofida olib yurmang;
  • mobil telefonlarni yotoqxonalarda boshga yaqin saqlash mumkin emas;
  • mobil telefonlardan uzoq muddat gaplashish mumkin emas, gaplashishlar orasidagi tanaffus kamida 15-20 daqiqa boʻlishi tavsiya etiladi;
  • mobil telefonlaringizdan chiqayotgan nurlar miya faoliyati, eshitish va  sezish  qobiliyatiga salbiy zarar yetkazadi.

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan axborot-texnologiyalari davrida texnik vositalardan oqilona va toʻgʻri foydalansak, oʻz sogʻligimizga zarar yetkazmagan boʻlamiz.

J. Yavkashev, Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi shifokori

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026