30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:34
Jamiyat 👁 362

AHOLINING ISh BILAN BANDLIGINI TAʼMINLASh – XALQ FAROVONLIGINI TAʼMINLAShDIR

AHOLINING ISh BILAN BANDLIGINI TAʼMINLASh – XALQ FAROVONLIGINI TAʼMINLAShDIR

Mamlakatimizda aholining ish bilan bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli yil sayin ishsizlik darajasi kamayishiga erishilmoqda. Bu borada Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan rejali saʼy-harakatlar aholi bandligini taʼminlash bilan bogʻliq muammolar yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilning 23-avgust kuni Amudaryo muhandislik texnikumi binosida boʻlib oʻtgan mehnat yarmarkasida ham tumanning turli hududlarida yashovchi koʻplab fuqarolar ning ish bilan bandligi taʼminlandi. Ochiqlik va shaffoflik asosida boʻlib oʻtgan mehnat yarmarkasida Amudaryo tuman prokurori, adliya maslahatchisi Abat Jumamuratov, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman hokimi yordamchilari hamda boshqa hamkor tashkilotlar, tijorat banklari vakillari qatnashdilar.

Yarmarkada tumandagi 97 ta korxona va tashkilotlar vakillari 509 ta boʻsh (vakant) ish oʻrinlari bilan ishtirok etdilar. Mehnat yarmarkasida 63 nafar ishsiz fuqarolar, aliment toʻlovchilar, nogironligi boʻlgan shaxslar, bitiruvchi yoshlar korxona va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan boʻsh ish oʻrinlari bilan batafsil tanishdilar va oʻzlarining kasbiy koʻnikmalariga mutanosib ish oʻrinlarini tanlashlari uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Yarmarkani Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Rashid Salayev ochdi va olib bordi. Shuningdek, Rashid Salayev yarmarka orqali tavsiya etilayotgan boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berdi. Shundan soʻng, yarmarka ishtirokchilariga Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi xodimlari tomonidan boʻsh ish oʻrinlari va ularga aholini ishga joylashtirish, ishsiz aholini kasb-hunarga oʻqitish aholini xorijiy davlatlarga ishga joylashtirish hamda ularning mehnat huquqlari va mehnat muhofazasini taʼminlash masalalari boʻyicha huquqiy maslahat va maʼlumotlar olishlari uchun barcha sharoitlar, jumladan, videoroliklar, bannerlar, risolalar, bukletlar tarqatilib, yarmarkada taklif etilayotgan boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha suhbatlar tashkil qilindi.

Tadbirda 10 nafar ishsiz xotin-qizlarga hokim yordamchilari tavsiyalari asosida oʻzini-oʻzi band qilish orqali doimiy daromadga ega boʻlishi uchun subsidiya hisobidan tikuv mashinalari berildi hamda ularning bandligi taʼminlandi.

Shuningdek, Mangʻit shahrining Oybek nomli mahallasida joylashgan Axborot kutubxonasida 3 oylik oʻquv kursini bitirgan 10 nafar ishsiz xotin-qizlarga “kompyuter savodxonligi” yoʻnalishida sertifikatlar topshirildi va ularga ushbu yoʻnalishda faoliyat yuritishlari va subsidiya asosida tikuv mashinalari olishlari mumkinligi tushuntirildi.

Yarmarkada 28 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildilar, shundan 16 nafari xotin-qizlar, 10 nafari yoshlar, 7 nafari oliy taʼlim muassasasi bitiruvchilaridir. 7 nafar ishsiz fuqarolar esa kasb-hunarga oʻqitishga jalb qilindi.

Yarmarka davomida boʻlim xodimlari tomonidan boʻsh ish oʻrinlari, ularga aholini ishga joylashtirish boʻyicha 18 fuqaroga, ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha 21 fuqaroga, aholini xorijiy davlatlarda ishga joylashtirish boʻyicha 17 fuqaroga, aholining mehnat huquqlari va mehnat muhofazasini taʼminlash boʻyicha 14 fuqaroga huquqiy maslahatlar, kerakli maʼlumot va tavsiyalar, shuningdek, chet davlatlarda ishlash istagini bildirgan fuqarolarga ZOOM platformasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ish beruvchilar bilan suhbatlarda qatnashish imkoniyatlari mavjudligi toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berildi.

Rashid Salayev, Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026