30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 17:40
Jamiyat 👁 2,820

TURMUSh ChORRAHALARIDA

TURMUSh ChORRAHALARIDA

JAZO

(boʻlgan voqea)

Bibisora ena kenja oʻgʻlini uylantirdi. Uch kelinning roʻzgʻorini boʻlaklab, kenja kelinni tushirgan enaning uyi ham, koʻngli ham toʻldi. Bir-biridan epchil, sarishta, ahil-inoq uchta kelin roʻzgʻori alohida boʻlishsa-da, tez-tez qaynota-qaynonalarining ahvolidan xabar olib turishni kanda qilishmaydi. Qoʻni-qoʻshnilarning havas bilan qarashlarini his etgan sari koʻngli togʻday boʻladi enaning.

- Bibi, -dedi bir kuni yon qoʻshnisi, ham yaqin dugonasi Jongil ena, - kenja keliningga boshqacharoqqaraysanmi yo Gulnozaning ota-onasi qiziga haddan ziyod kiyim qilishganmi? –deb qoldi dabdurustdan.

Bibisora ena hayron boʻldi. Chunki Jongil hech qachon birovning gʻiybatini qilmasdi. Koʻngli xijil boʻldi-yu, dugonasiga sir boy bermadi.

- Hozirgi yoshlar bir enlik matodan ham kiyim tikib olaverishadi, - dedi. Ovozi oʻziga ham noqulay eshitildi. Boshqa gap ortiqchaligini sezib, mol-holni bahona qildi-yu, uyiga oshiqdi.

Tushlikdan soʻng shundoq uylari yaqinidagi maktabda ishlaydigan kelini ishdan qaytdi. Hech qachon kelinlarining kiyim-boshiga sinchiklab qarashga oʻrganmagan Bibisora ena Gulnozani boshdan-oyoq kuzatdi. U egniga yap-yangi kurtka kiyib olgandi. Qaynonasining boshqacha nazarini sezgan Gulnoza:

- Yarashibdimi, ena, -dedi kulib. – Dadam Fargʻonadan olib kelgan ekan, oʻzimniki bor, desam ham kiydirib yuborishdi.

"Axir qudam Fargʻonadan kelganida bunday sovgʻa haqida hech narsa demagan edi-ku” -oʻyladi u va keliniga yarashib turgan yengil kurtkani silab qoʻydi:

- Yarashibdi, toʻylarga kiy, bolam, dadangga rahmat. – Axir sovgʻani rad etib boʻlmaydi-da, bolam.

Oradan ikki kun oʻtib, Gulnozaning onasi Gulposhsha qoʻngʻiroq qildi.

- Qudagʻay, bugun kechqurun rahmatli qaynotamni yod etib, Qurʼon tilovat qildirayapmiz, Gulnoza bilan keling,- dedi.

Kechqurun katta oʻgʻli Ismoilning mashinasida qudagʻayinikiga boradigan boʻlishdi. Negadir Gulnoza qaynonasi toʻyda qilgan paltosini kiyib chiqdi.

- Kurtkangni kiy, bolam, - dedi Bibisora ena keliniga, - Judayam yarashib turarkan, boʻlaqol, qizim.

Yangi kelin qaynonaga itoat etdi, kurtkasini kiyib chiqdi.

Qudagʻayi ularni ochilib-sochilib kutib oldi. Ayniqsa, Gulnozaning egnidagi kurtkasini koʻrib, yanada yashnab ketdi. Yarashganini, eng soʻnggi urfdagi kurtka ekanini aytib, qudagʻayiga, kuyovi Ilhomjongga rahmat aytishni ham unutmadi. Soʻng Gulnozaga yuzlanib:

- Ustki kiyimlaring bir nechta edi, qudagʻayimni anchagina chiqim qilibsan-da, bolam, - dedi biroz oʻngʻaysizlanib.

- Hech qisi yoʻq! – Qudagʻayining gapiga javoban dedi Bibisora ena. – Chiqimdor boʻlsak, oʻgʻirlik qilib emas, oʻz pulimiz hisobidan boʻldik, xijolat boʻlmang, qudagʻay, endi Gulnoza bizning qizimiz, uni qanday kiyintirishni oʻzimiz bilamiz.

Gulnozaning boshi egildi. Oylik maoshidan oʻgʻrincha pul yigʻib olgan yangi kurtkasi xuddi olovday badanini kuydirdi. Lovullab ketgan yuzini yashirgancha ichkariga yoʻnaldi.

Shu kundan boshlab yangi kurtkasini kiymay qoʻydi. Qaynonasining yuziga qaray olmay qoldi.

Bibisora ena oʻziga yarasha gʻururli, mard edi. Biron marta keliniga ham, qudagʻayiga va oʻgʻliga ham bu haqda soʻz ochmadi, kinoya-kesatiq qilmadi. Gulnoza uchun qaynonasining bu tutumi har qanday dashnomdan ham, kaltakdan ham ogʻir edi.

Bir kuni uylariga ota-onasi mehmonga kelishdi. Nima boʻldi-yu, gap orasida Gulposhsha ena qizidan yangi kurtkasini nega kiymayotganini soʻrab qoldi. Gulnozaning boshi egildi. Qanchalik qiynalib, ich-ichidan mulzam boʻlib tursa-da, keksalar oldida oʻz aybini tan oldi:

- Kurtkam, kurtkam ... oʻgʻirlab olgandim, - dedi-yu bu xonadonga kelin boʻlib tushganidan beri ilk marta yigʻlib yubordi.

Oraga jimlik choʻkdi. Ota-onasi ham hayron, ham noqulay holatda qiziga jim qarab qolishdi.

Bibisora ena choynakdagi choyni shopirib, piyolaga quyarkan kuldi:

- Shuni bilgan boʻlsang, yaxshi, qizim. Bundan bu yogʻiga oʻgʻirlik molni uyimizga hargiz olib kela koʻrma, oilangdan baraka ketadi-ya, - dedi sir boy bermay.

Qudasi ham, qudagʻayi ham gap nimadaligiga tushunmay, noqulay holatga tushib, yerga qarab oʻtirishar, ikkalasini ham: "Gulnoza oʻgʻrimi?” degan savol qiynardi. Bibisora ena esa maydalanib oʻtirishni oʻziga ep koʻrmadimi, yo yangi quda-qudagʻayini mulzam qilishni istamadimi, gapni kavlashtirib oʻtirmadi-da Gulnozaga yuzlanib:

- Bir yolgʻon ikkinchi yolgʻonni, qoʻshaloq yolgʻonlar janjalni, hatto buzgʻunchiliklarni boshlab keladi, - dedi bosiqlik bilan. – Koʻrdingmi, bolam, sening yolgʻoning ota-onangning dilini xira qildi, oʻgʻirlikka qoʻl urishingga sabab boʻldi. Bu qiligʻingni tashlamasang, ertaga bolalaringgayuqtirasan, jamiyatga zarar keltirasan. Axir oila yolgʻonlar ustiga qurilmaydi-ku, bolam. Oila – muqaddas. Uni biz jonimiz ustida qurib, asrab, obod etdik. Sen shu obodlikka bir marta qora chaplasang va uni el bilsa, umr boʻyi bu dogʻni yuvolmaysan. Bilib qoʻy, xato – bir marta kechiriladi. Ikkinchi marta qilingan xato bu – xato emas, dushmanlik boʻladi. Dushmanga esa hamma ham ayovsiz boʻladi.

Gulnoza turmushining ilk chorrahasidayoq oʻzi qilgan xato uchun ota-onasi oldida uyatdan boshini koʻtarolmay qoldi. 

Robiya YOʻLDOShEVA.

(Foto - http://new-kino-films.ru)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026