30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:38
Jamiyat 👁 223

Korruptsiyaga qarshi kurashish: qonunchilik va amaliyot

Korruptsiyaga qarshi kurashish: qonunchilik va amaliyot

Davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillar koʻp. Am­mo mamlakat taraqqiyo­tiga korruptsiyachalik zarar keltiradigan boshqa illat boʻlmasa kerak. Shu bois, Oʻzbekistonda korruptsiyaga qarshi qatʼiy kurash olib borilmoqda. Amudaryo tumani prokurori, adliya maslahatchisi Abat Reimbergenovich Djumamuratov bilan suhbatimiz shu jarayon haqida boʻldi.
– Assalomu alaykum, Abat Reimberganovich! Korruptsiya va tamagirlik, afsuski, jamiyat va davlat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatuvchi global muammolardan biri hisoblanadi. Shuningdek, bu illat fuqarolarda ijtimoiy adolatga, haqiqatga va davlat organlariga nisbatan ishonchning yoʻqolishiga sabab boʻladi. Huquq-tartibot organi xodimi sifatida ayting-chi, korruptsiya oʻzi nima va uning qanday belgilari mavjud?
– Oʻzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasiga koʻra, shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab, moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish hisoblanadi. Korruptsiyaning belgilari firibgarlik, tovlamachilik. poraxoʻrlikda nomoyon boʻladi. Korruptsiyaga oid huquq­buzarlik korruptsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmishdir.
– OAV xabarlarida "manfaatlar toʻqnashuvi" degan atama ham uchrab turadi. Ayting-chi, manfaatlar toʻqnashuvi nima?
– Manfaatlar toʻqnashuvi deganda ushbu qonunga koʻra, shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning oʻz lavozim yoki xizmat majbu­riyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat tushuniladi.
– Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining kor­rup­­tsiyaga qarshi kurashish so­ha­sida vakolatlari nimalardan iborat?
 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi oʻz vakolatlari doirasida qator vazifalarni amalga oshiradi. Xususan, korruptsiya­ga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi, korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Shuningdek, korruptsiya­ga qarshi kurashish sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Bundan tashqari, Bosh prokuratura korruptsiya holati va korruptsiyaga qarshi kurashish natijalari toʻgʻrisidagi axborotni tahlil qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning korruptsiya faktlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish ularning buzilgan huquqlarini tiklash hamda qonuniy mafaatlarini himoya qilish choralarini koʻradi.
– Korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxs­lar qonunga muvofiq qanday huquqlardan mahrum etiladi. Shu haqda fikr-mulohazalaringizni bildirsangiz!
– Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslar sud qaroriga koʻra, muayyan huquqlardan, shu jumladan, muayyan lavozimlarni egallash huquqidan qonunga muvofiq mahrum etilishi mumkin. Yuridik shaxslar korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
– Korruptsiyaga oid huquq­buzarliklar toʻgʻrisidagi axborotni xabar qiluvchi shaxs­larni va ularning yaqin qarindoshlarini himoya qilish tartibi haqida ham toʻxtalib oʻtsangiz.
– Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qiluvchi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xizmat siri hisoblanadi hamda faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va shaxsning oʻzining, shuningdek, korruptsiya­ga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi organ rahbarining yozma ruxsati asosida oshkor etiladi. Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi axborotni xabar qiluvchi shaxs­larning va ularning yaqin qarindoshlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilishga, shuningdek, ish beruvchi tomonidan ularning mehnatga oid huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qiluvchi shaxslarning hamda ularning yaqin qarindosh­larining hayotiga va sogʻligiga haqiqiy tahdidni, ularga nisbatan zoʻrlik ishlatilganligini, mol-mulki yoʻq qilinganligi yoki shikastlanganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, korruptsiyaga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ularni himoya qilish boʻyicha zarur choralar koʻriladi.
– Abat Reimberganovich, mazmunli suhbat va savollarimizga batafsil javoblaringiz uchun rahmat! El-yurt va davlat manfaati yoʻlidagi fao­liyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Izoh: Korruptsiyaga qarshi kurashish faqat davlatning vazifasi emas, balki har bir fuqaroning inson sifatida zimmasidagi burch va masʼuliyati, desak adashmagan boʻlamiz. Biz bu illatga qarshi samarali kurashmas ekanmiz, mamlakatimizdagi barcha sohalar izdan chiqib boraveradi. Masʼuliyatni oʻz zimmamizga olib, pora bermaslik va olmaslikka, haqiqat uchun kurashishga harakat qilishimiz orqali koʻzlangan yuqori maqsadlarimizga erishamiz.

Shohzod Qurbonboyev suhbatlashdi.

Suhbat “Jayxun ilhomlari” NNTning Qoraqalpogʻiston Res­pu­b­likasi Joʻqorgʻi Kengesi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Taʼmagirlik – davr dar­di” nomli grant loyihasi doi­­rasida tayyorlandi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026