30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 17:37
Jamiyat 👁 4,262

BAXT OSTONASI

BAXT OSTONASI

Qiz bola palaxmonning toshi, taqdir otgan joyga tushadi, degan iboraning, garchi, 23 yoshga kirib, oliy maʼlumotli boʻlib, esxushingni yigʻib olgan boʻlsang-da, oʻz boshingga tushmaguncha magʻzini anglab yetmagan ekansan-ov, qizgina. Mana bugun sening toʻying: kim dasturxonning kam-koʻstini tuzatish bilan, kim mehmonlarni kutib olish bilan, kimdir sening sandigʻingga seplaringni joylashtirish bilan ovora. Sen... sen... sen xiyol kalovlanib, xiyol oʻz ota-onang bagʻridan uzilib ketayotganingga oʻksigannamo oʻn-oʻn besh chogʻli qizlar ichida oʻychan oʻtiribsan. Sening oʻrningga sochlaringni turmaklab, uzatib olib ketishga hozirlik koʻrayotgan yaqin dugonalaring mehmon qizlarga mulozamat qiladi:

- Qizlar, yeb-ichib oʻtiringlar, qani, dasturxonga qaranglar.

- Choylaringiz bormi? Issiq choy olib kelayinmi?

Bularning hech birining senga daxli yoʻqday, goʻyo tush koʻrayotganday jimsan.

Shu payt mehmonlarga xizmat qilib yurgan kelinchaklar tipirchilab qolishdi:

- Hoy kim bor, qudalar kelishyapti. Chiqinglar, qudalar kelishyapti.

Ularning xabari bilan ichkari uyda oʻtirgan ovulning uch-toʻrt katta yoshli ayollari darrov tashqariga yoʻnalishdi. Dasturxon koʻtarib kelayotgan ikki ayolga peshvoz chiqishdi.

- Kelinglar, xush kelibsizlar.

Ayollardan biri yarimlatib un, un ustiga qand-qurs solingan kosadan un olib quda tarafdan kelgan ayollarning manglayiga surdi. Taomil shunaqa – quda andachiligimizda murosa boʻlsin, kelin-kuyovning baxti ochilsin, turmushi unday oq, qandday shirin boʻlsin, degan niyatda qilinadi bu odat.

Quda tarafning vakil ayollari, erkaklari alohida-alohida xonalarda mehmon qilindi. Navbat qiz uzatib ketarga keldi.

Ovulning barcha oʻgʻil-qizlari joniday yaxshi koʻradigan, oddiy soʻzniyam maqol-matal qoʻshib qiziqarli qilib gapiradigan quvnoq va mehribon kayvoni momo qizlar xonasiga kirdi.

- Qani, qizjonlarim, tayyormisizlar? Borar joyga ertaroq borgan maʼqul. U yoqdagilar ham kelinimiz qachon kelarkan, deb mahtal boʻlib oʻtirishgandir, endi yoʻlga tushaqolaylik,- dedi.

Qizlar itoatkorona oʻrinlaridan turishdi. Onang, onaginang ne-ne orzu-umidlar bilan tikkan, quroqlar bilan bezatilgan, bir burchiga kishi sezmas koʻzmunchoq qadalgan chimildiqni olib kelib boshingga yopishdi.

Chimildiq ostiga kirib yelkalaringni silaganicha momo yor-yor boshladi:

Avval boshdan xudoni

Yod etayin yor-yor.

Paygʻambarlar ruhini

Shod etayin yor-yor.

Paygʻambarning bir qizin

Ali olgan yor-yor,

Qiz olib, qiz berishmak

Shundan qolgan yor-yor.

Bu ne sinoat? Momo yor-yor boshlashi bilan karaxtliging yoʻqolib, goʻyo uyqudan uygʻongan odamday sergak tortding. Nahot ajdodlar yoʻlini davom ettirish uchun oʻzga xonadonga yoʻlga chiqayapsan? Yetti yot begona xonadonga-ya? Qanday boʻlarkan? Oʻzi yemay yedirib, asrab-avaylab bir niholday ardoqlab voyaga yetkazgan otang-onangning oʻrnini u yerda kim bosa oladi?

Momoning yelkalaringni, sochlaringni silab aytayotgan aytimlari ham xuddi sening koʻngling kechinmalaridek:

Oʻz otangning eshigi

Oltin eshik yor-yor,

Kirsang, chiqsang boshingni

Siypar eshik yor-yor.

Qaynotangning eshigi

Sinovlidir yor-yor.

Soʻylaganda soʻzlaring

Sanovlidir yor-yor.

Endi momoning hazin ovozini eshitsang ham, nimalar deyotganini yana idrok etolmay qolding. Kipriklaringdan tomgan marjonday tomchilar qiz bolaning bunday yozugʻiga isyonmidi, qiz boʻlib tugʻilganingga, onang bagʻridan uzilib ketayotganingga alammidi? Buni oʻzing ham anglolmasding. Shu ovul adogʻida yakka-yu yolgʻiz oʻgʻlini oʻqitib, ilmli qilib, endi boshini ikkita qilib, qoʻsha farzandlar mehri ogʻushida ularning yaxshi kunlarini koʻrib yashash umidida murod etib, elga dasturxon yozib toʻy berayotgan, seni intiq kutayotgan, shodligidan oʻzlarini qoʻyarga joy topolmayotgan ota-ona holini ham bilmasding, yoʻlingga ilhaq boʻlib koʻz tikib turishganini oʻylamasding. Senga qolsa, momoning yor-yori tugamasa-da, sen oʻrningdan jilmasang...

Toʻyning sasi toʻrt tomonga

Taraladi yor-yor.

Qizni olib chiqonlari

Otlanadi yor-yor.

Qizni olib chiqonlari

Shoshmay tursin yor-yor.

Oq sut bergan onasi

Patya bersin (duo qilsin) yor-yor.

Momoning yoniga soyaday sassiz yurib, onang, onaizoring keldi. Tili kalimaga kelmay, jovdirab momoga qaradi. Momo qoʻllarini duoga ochdi:

- Qani ahli jamoat, iloyo omin deng!

Yigʻilganlar baravar qoʻllarini ochib "omin” dedi. Momo davom etdi:

- Shu qizimizning borgan joyida baxti boʻlsin, tangri qoʻshgani bilan qoʻsha qarisin, serfarzand, serdavlat boʻlsin, el-yurtda obroʻ-eʼtiborli, ahil oila boʻlsin, qaynyurtiga xizmatlari buyursin!

- Omin! – barcha joʻr boʻldi momoga.

Dugonalaring qoʻltigʻingdan tutib, yasatigʻlik mashina tomon yurdi. Endi oʻz uyingning ostonasidan hatlaganingda, butunlay yot boʻlib ketayotganingni yurak-yurakdan his qilding. Kechinmalaring boʻgʻzingdan yigʻi boʻlib otilib chiqdi. Yigʻilganlarning ham koʻzlarida yosh qalqib turardi.

- Qoʻy, yigʻlama, yangi oilangga yaxshi niyat bilan otlan, bolam. Ana, qara, chiroyli bezatilgan moʻgadak mashina seni kutib turibdi. Bizning davrimizda kelinlar eshak aravada olib borilardi. Toleingdan oʻrgilay, qizim.

Yor-yorchi momoning gapiga hamma koʻzida yoshi bilan kulib yubordi.

Ming talashib tortishsa ham jonini uzib berguday boʻladigan akang seni avaylabgina mashinaga oʻtqazdi. Bir soʻz demasa-da, senga mashina eshigini ochayotirib qattiq bagʻriga bosdi. Bu bilan ehtimol, baxtli boʻl, borgan joyingda tinib-tinchib ket, yaxshi beka boʻl, yuzimni yerga qaratma, demoqchi boʻlgandir balki?

Bir-birini soʻzsiz tushunishga oʻrgangan tugʻishganlarga ehtimol, soʻz ortiqchadek tuyulgandir? Axir or-nomusli yigitlar singillar tarbiyasiga, yaxshi turmush kechirishiga javobgar boʻlishini, elimiz oilalaridagi qadriyat darajasiga koʻtarilgan bu urfni akajoning juda-juda qadrlashini bilasan-ku!

Buni kelgusida bir lahzada unutmasligingni, borgan joyingda baxtli boʻlishingni men ham juda-juda xohlardim.

Oygul RAJABOVA.

(Foto: infocom.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026