30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:03
Jamiyat 👁 349

40-SONLI MAKTAB TAShKIL ETILGANINING 40 YILLIGI KENG NIShONLANDI

40-SONLI MAKTAB TAShKIL ETILGANINING 40 YILLIGI KENG NIShONLANDI

Maktab – bu ilm va maʼrifat oʻchogʻi, maʼnaviyat va ziyo maskanidir. Bu yerda bolalar nafaqat fanlarni oʻrganadilar, balki hayot uchun zarur boʻlgan muhim koʻnikmalar va qadriyatlarni ham egallaydilar. Maktabning asosiy vazifasi – shaxsni komil inson sifatida tarbiyalash, uning ijtimoiy va intellektual rivojlanishiga koʻmaklashishdir. Maktab bagʻrida bolalar oʻzlarining iqtidor va qobiliyatlarini namoyon qiladilar va hayotning turli sohalarida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur boʻlgan asoslarni yaratadilar. Maktab nafaqat taʼlim olish yillarida, balki insonning butun hayoti davomida uning rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadi va kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun poydevor yaratadi. Shu bois, kim qaysi yoshda, qanday lavozimda boʻlmasin, oʻzi tahsil olgan maktab sari hayajon bilan talpinadi.

Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1984-yilning 1-sentyabrida ish boshlagan boʻlib, minglab oʻquchilar uchun hayotbaxsh ziyo maskani vazifasini oʻtagan va oʻtab kelmoqda. Joriy yilda ushbu taʼlim maskani ish boshlaganiga 40-yil toʻlmoqda. Shu munosabat bilan Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida katta tadbir tashkil qilindi. Tadbirga uzoq yillar ushbu dorgohda yoshlarga taʼlim-tarbiya berib, ayni kunlarda nafaqada keksalik gashtini surayotgan faxriy oʻqituvchi va murabbiylar, ushbu muassasa ostonasidan uchirma boʻlib, xalq xoʻjaliginining turli sohalarida samarali mehnat qilib, el-yurt eʼtirofiga sazovor boʻlgan bitiruvchilar, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari taklif qilindi.

Ishtirokchilar maktab hovlisida tantanali tarzda kutib olindi.

Faollar zalida boʻlib oʻtgan uchrashuvda soʻzga chiqqanlar ushbu taʼlim muassasasining tumanimiz ijtimoiy hayotida tutgan oʻrni va bu maskanda faoliyat yuritgan davrlari haqida iliq taassurotlarini yodga oldilar.

Maktab tashkil qilinganidan buyon unga Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi Arslon Kamolovich Niyozov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq oʻqituvchisi va Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiy Qodirbergan hoji Jumamuratov, Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi Ahmad Masharipov va Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Oʻgʻiljon Yakubovalar rahbarlik qilishgan. 2004-yilning yanvar oyidan beri maktabni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq oʻqituvchisi Sanobar Xoʻjamurotova boshqarib kelmoqda.

Uning rahbarligida maktab nafaqat oʻquvchilar soni, balki taʼlim sifati va samaradorligi, kadrlar salohiyati, oʻquvchilar erishayotgan natijalar va bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichi boʻyicha tumanda yetakchi taʼlim dargohlaridan biri boʻlib kelmoqda.

Hozirda maktabda 1 ming 614 nafar oʻquvchi tahsil oladi va ularga 110 nafar oʻz kasbining ustalari boʻlgan malakali oʻqituvchilar dars berishadi. Ularning 26 nafari oliy  va 36 nafari 1-toifali, 13 nafar ingliz tili fani oʻqituvchilarining barchasi xorijiy tilni oʻqitish boʻyicha xalqaro va unga tenglashtirilgan sertifikatga ega yuqori malakali pedagoglardir. 2023-2024 oʻquv yilida mazkur maktabning 53 nafar oʻquvchilari chet tili fanidan xalqaro va unga tenglashtirilgan sertifikatga ega boʻlib, tumanda yetakchilik qildi. Prezident sovrini uchun oʻtkazib kelinayotgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovida ham 40-sonli maktab jamoasi 3-yildan buyon tumanda gʻoliblikni qoʻlga kiritib kelmoqda.

Oʻtgan oʻquv yilida 11-sinfni tamomlagan oʻquvchilarning 114 nafari oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirib, oʻrtacha 98,4 ball toʻpladilar va bu borada tumanda eng ilgʻor maktablar uchligidan joy oldilar.

Shuningdek maktab jamoasi va oʻquvchilari olimpiadalar va turli tanlov hamda bellashuvlarda, musobaqalarda gʻoliblar safidan joy olib, yuqori natijalarga erishmoqdalar. Jumladan, “Zukko kitobxon”, “Turon teatri”, “Besh tashabbus olipiadasi” kabi tanlovlarda erishilgan yuqori natijalar maktab reytingining yanada oshishida muhim omil boʻlmoqda.

Yaqindagina maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Iqbol Yusufova “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili fani oʻqituvchisi” tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida birinchi oʻrinni egallagani, shuningdek maktabning ikki nafar 4-sinf oʻquvchilari Prezident maktabiga qabul qilingani bilan maktab jamoasi haqli ravishda faxrlanishadi.

Bu kabi yutuqlar maktab oʻqituvchilari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhiti mavjudligi, rahbariyatning pedagoglar bilan ishlashish va ularni ragʻbatlantirish borasida toʻgʻri strategiyani yoʻlga qoʻygani hamda oʻquvchilarning bilim olishga chanqoqligi, jamiyat hayotida faol ishtirok etishga boʻlgan intilishlarining yorqin misolidir.

Faxriy oʻqituvchilar va sobiq oʻquvchilarning iliq dil izhorlari uchrashuvga tashrif burganlar koʻz oldida olis va yaqin oʻtmish manzaralarini qayta gavdalantirdi.

Chindan ham, maktabning inson kamolotidagi oʻrnini hech narsa bilan qiyoslab boʻlmaydi. U insonning shaxsiy va kasbiy rivojlanishida muhim vosita boʻlib, kelajakdagi muvaffaqiyatlariga yoʻl ochadi. Maktab – bu maʼrifat va bilimning chirogʻi, jamiyatning kelajagi uchun poydevor qoʻyladigan, yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va boshqa muhim fazilatlarga oʻrgatadigan maskandir. Bu maskanda ustoz va murabbiylar oʻz shogirdlariga bilim berish bilan birga ularni hayotga tayyorlaydilar va shaxs sifatida rivojlanishiga yordam beradilar. Shu sababli ham maktablarning davlat va jamiyat uchun ahamiyati beqiyos, oʻqituvchi va murabbiylarning esa el-yurt oldida hamisha qadri balanddir.

Amudaryo tumanidagi 40-sonli maktab ham mana shunday ziyo va maʼrifat oʻchogʻi, taʼlim va tarbiya maskanidir. Ishonamizki, yana yuz yillar, balki undan-da koʻproq vaqt mobaynida ushbu taʼlim maskanidan minglab, oʻn minglab bitiruvchilar uchirma boʻladilar va ular ham yurt tinchligi va taraqqiyoti, xalq farovonligi yoʻlida fidokorona mehnat qilib, ustozlarining yuzini yorugʻ qiladilar, taʼlim maskanlarining nomlarini yanada yuksaltiradilar.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026