30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:02
Jamiyat 👁 330

Taʼlim sohasi ilgʻorlari “VETERAN” faxriy baynalmilal jangchilar Uyushmasi tomonidan mukofotlandi

Taʼlim sohasi ilgʻorlari “VETERAN” faxriy baynalmilal jangchilar Uyushmasi tomonidan mukofotlandi

Oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, mustaqillik gʻoyalari asosida tarbiyalash, ular ongida milliy-maʼnaviy immunitetni shakllantirishda nafaqat oʻqituvchi va murabbiylar, balki barcha sohalarda faoliyat olib borayotgan, ustoz-shogird anʼanalari asosida yoshlarning oʻz sohalari boʻyicha yetuk mutaxassislar boʻlib kamolga yetishishlarida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan barcha kasb egalarining xizmatlari katta. Ayniqsa, zaxiradagi harbiy zobitlar, taʼlim-tarbiya sohasi rahbarlari, sobiq baynalmilal jangchilar, kutubxonachilarning yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga qoʻshayotgan hissalari alohida eʼtibor va eʼtirofga munosib.

Oʻqituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami munosabati bilan Amudaryo tumanining turli sohalarida ishlayotgan, oʻz mehnat faoliyatlari davomida yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalashdek masʼuliyatli vazifani ado etishga munosib hissalarini qoʻshayotgan fidoyi insonlardan bir guruhi Oʻzbekiston Respublikasi “VETERAN” faxriy baynalmilal jangchilar Uyushmasi tomonidan taqdirlandilar. Mazkur Uyushma tomonidan taqdirlanganlar orasida Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shomurodov hamda ushbu boʻlim tasarrufidagi 12-sonli maktab kutubxonachisi Muborak Mahmudovalar ham bor.

Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi “VETERAN” faxriy baynalmilal jangchilar Uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tuman boʻlimi rahbari Bahodir Jumaniyozov hamda uyushma aʼzosi Hamro Safarboyevlar mukofotlarni oʻz egalariga topshirdilar.

Taqdirlash marosimida bir guruh sobiq faxriy baynalmilalchi jangchilar ham ishtirok etishib, Yalgʻashboy Shomurodovning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirayotgan katta xizmatlarini mamnuniyat bilan eʼtirof etishdi va unga “VETERAN” faxriy baynalmilal jangchilar Uyushmasi oldidagi sharafli xizmatlari uchun “VETERAN” medalini topshirishdi.

Shuningdek, 12-sonli umumtaʼlim maktabining kutubxonachisi Muborak Mahmudovaga ham Uyushma tomonidan “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali topshirildi.

Darvoqe, inson qaysi sohada ishlashidan qatʼiy nazar, oʻsib kelayotgan yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga masʼuliyat bilan yondashib, oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha zarur koʻnikmalarga ega boʻlishlari uchun oʻz bilim va tajribalarini oʻrgatsa, ularning el-yurt fidoyilari safidan joy olishlariga yaqin koʻmakdosh boʻlsa u haqiqiy ustozdir.

Shu bois, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami munosabati bilan oʻz sohalarining bilimdonlari va yoshlarni vatanparvarlik, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida, oʻz kasbining fidoyilari qilib tarbiyalashga qoʻshgan hissalari uchun barcha sohalarning fidoyilariga shogirdlari va davlatimiz tomonidan alohida hurmat va ehtirom koʻrsatiladi.

Yalgʻashboy Shomurodov va Muborak Mahmudovalar ana shunday hurmat, eʼtibor va ehtiromga munosib koʻrilgani mamlakatimizda ustozlik eʼtibor va eʼzozga, yuksak ehtiromga munosib koʻrilganining yaqqol isbotidir.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026